Uchinchi qoida: Antivirus o`rnatilgan bo`lishi kerak.
Internet kerakli va keraksiz ma`lumot, o`z navbatida esa zararli dastur va viruslar
bilan to`lib borayotgani sabab, foydalanuvchilarda kompyuter ni himoya qilish
zarurat to`g`iladi. Bunday ma`lumotlarni ko`pchilikda o`qib o`tirish uchun vaqt
yo`q, shu sabab, bunday holatlardan himoyalanish uchun, kompyuter da “antivirus”
dasturi o`rnatilgan bo`lishi shart. Eslatib o`tamiz, “antivirus” faqatgina bir qism
muammoni hal etish mumkin, agar siz to`qtovsiz tarzda xavfli internet saxifalarga
tashrif buyurishni davom etsangiz, xech qaysi bir “antivirus” sizning kompyuter
ingizni himoya qilaolmaydi.
To`rtinchi qoida: Dasturlarni to`g`ri o`rnatish.
Dasturlarni va o`yinlarni to`g`ri o`rnatishni o`rganing. Ya`ni, ularni kerakli joyga
o`rnating. “Windows” dasturi foydalanuvchiga dastur va o`yinlarni istalgan joyga
o`rnatish imkonini beradi, lekin shunday tartib borki, unga amal qilsangiz,
kompyuter ingizni tezda ishdan chiqishidan saqlaysiz. Dasturlar S: diskda “Program
Files” papkasiga o`rnatiladi. Xar bir dastur uchun alohida papka yaratiladi. Xuddi
shu narsa o`yinlargayam tegishla, lekin ular D: diskda “Igri” yoki “Games”
papkalariga o`rnatiladi. Xar bir o`yin uchun shu o`yin nomi bilan alohida papka
yaratilib, shu papka ichiga o`rnatilish tavsiya etiladi.
Beshinchi qoida: Fayllar tartibi.
O`zingizni kompyuter da tartib olib borishga o`rgating. Kerakli bo`lgan
ma`lumotlaringiz uchun D: yoki (S: diskdan tashqari) boshqa disk bo`limlarida
papkalar yaratib, shu papkalar ichida saqlang. Sababi S: disk – bu tizim diski
hisoblanadi, agar kompyuter ingiz tizimini yangidan yuklashga to`g`ri kelgan
paytda, oldin S: diskni formatlash tavsiya etiladi. S: diskni formatlanganidan keyin
esa, unda xech qanday fayl qolmaydi. Agar misol uchun sizda juda katta kino
kollektsiyangiz bo`lsa, uni janrlari, yoki yillariga qarab ajratib papkalarga saqlab
qo`ying. Bu esa ham sizga, ham kompyuter ingizga foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |