Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

 


Mavzu-_15_: Profilaktika zaruriyati. ShK profilaktikasi uchun kerakli asboblar 
Reja: 
1.Profilaktika zaruriyati.
2.ShK profilaktikasi uchun kerakli asboblar 
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari 
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim 
nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo’qotish usullariga doimo‘katta 
e’tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis 
qilish va sozlash bo’yicha axborotlarni umumlashtirib, o’rganish katta ahamiyatga 
ega. 
a’lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning 
noto’g’ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo’lishi mumkin. Agar kompyuter umuman 
ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi 
aniq bo’lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday 
imkoniyat bo’lmasa, tekshirmoqchi bo’lgan barcha detallarini olib, do’stingiz yoki 
qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o’z 
detallaringizni navbat bilan almashtirib ko’rib, buzilgan detalni osongina topish 
mumkin. To’xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo’ladi. Shunday 
holatlarda kompyuter o’zidan-o’zi «to’xtab qolishi», yuklanishi yoki ekrani moviy 
rangli bo’lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar sabablarini qanday aniqlash 
to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. 
Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter qotib 
qolishi, BSOD, o’z-o’zidan qayta yuklanishi va o’z-o’zidan o’chib qolishi kabi 
guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi 
dasturlar bilan ularni «davolash» kerakligini batafsil o’rganib chiqamiz. 
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning 
asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir 
yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion 
tizim, drayverlar, qo’shimchalarda) xato‘yuz bergan bo’lishi mumkin. 
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring 
dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib 
qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda 
nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish 
to’g’risida o’ylang. Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf 
etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda
quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari 
kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini 


ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan 
tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham 
o’rganib qo’ygan ma’quldir. 
O’rnatilgan dasturiy ta’minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi 
sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim 
drayverlari, qo’shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o’rnatilgandan so’ng qotib 
qoladigan bo’lib qolsa, unda avvaliga uni o’chirib tashlab sinab ko’rish kerak. Juda 
bo’lmaganida tizimni qayta o’rnatish zarur bo’ladi. Bundan tashqari, barcha 
shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib 
chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo’lishi kerak. Ba’zida sistemani 
oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o’ylab, yaxshilab qayta yig’ish ham 
yordam beradi. Juda og’ir holatlarda unchalik zarur bo’lmagan barcha 
komponentlarni — tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo’shimcha 
qurilmalarini o’chirib qo’yish ham juda foydali bo’ladi. Agar shunday holatda ShK 
yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o’z joyiga qaytarib, qotib qolishga 
sababchi aybdorni topish mumkin. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling