Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga
Download 169.08 Kb.
|
sh.k asbob kompyuter
SHAXSIY KOMPYUTER ARXITEKTURASI VA UNGA XIZMAT KO`RSATISH MAVZU: 1-§. Shaxsiy kompyuterda ishlatiladigan texnik jihozlar. Reja:
1. Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari 2. Kompyuterlarning ishlash prinsiplari va tarkibiy qismi. 3. Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning asosiy qurilmalari 4. Kompyuterning (sistema bloki) ichki qurilmali. 5. Axborotlarni kiritish-chiqarish qo’shimcha qurilmalar
Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlaydigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi. Xizmat ko`rsatish ishlarining ko`pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo`yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan foydalanish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini etiborga olsak, eng maqul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasli-gi ma’lum bo`ladi. Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko`p maqsadlarda qo`llanadigan qilib yaratishga harakat qiladilar.Odatda, bunday asbob ozining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir necha qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham bajarish mumkin. Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda hafsalaning pir bo`lishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning yetarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko`rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. so`ngraelektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga bogliqdir. Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo`lmagan ro`yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus vazifalari haqida malumotlar keltirilgan. Ularga:
1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami. 2. Yassi jag`li omburlar va h.k. 3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko`chiruvchi) qaychilar. 4. Qirquvchi omburlar. 5. Siquvchi asbob. 6. Izolyatsiyalovchi material. 1. Shurup burovchi asbob. Kabel tarmog'iga va uning vositalariga texnik xizmat ko'rsatish - bu uskunaning ishlashi va yaxshi holatini saqlash uchun bajariladigan ishlar majmui. Uskunaga texnik xizmat ko'rsatishning maqsadi uning muddatidan oldin ishdan chiqishini oldini olish, uning xavfsizligi va ishonchli ishlashini ta'minlashdir. Profilaktik choralarning ikki turi mavjud: faol va passiv. Faol profilaktika ishlari bilan, kompyuterning ish vaqtini uzaytirishdan iborat bo'lgan operatsiyalar amalga oshiriladi. Ular butun tizimni va uning tarkibiy qismlarini vaqti-vaqti bilan tozalash uchun qaynatiladi. Intensiv fayllar almashinuvi bilan ko'p sonli fayllar turli xil vositalardan kompyuterga ko'chirilganda, har kuni kamida yangi fayllarni antivirus dasturlari bilan tekshirish kerak. Haftada bir marta butun qattiq diskni tekshirish tavsiya etiladi. Passiv profilaktika deganda kompyuterni tashqi salbiy ta'sirlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Bu elektr ta'minoti tarmog'iga himoya vositalarini o'rnatish, kompyuter o'rnatilgan xonada chastota va maqbul haroratni saqlab turish va boshqalar. Profilaktika ishlarining jadvali: Server operatsion tizimlariga kamida oyda bir marta xizmat ko'rsatish kerak; Ish stantsiyalarining ishlaydigan tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak; Serverlar va ish stantsiyalarini viruslarni tekshirish haftasiga kamida bir marta o'tkazilishi kerak; Download 169.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling