D.B.elkonin fikricha, bolalarda keng ko’lamli va ko’p miqdordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o’zgartirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishi mayli, tuyg’usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo’lsada, bu muammo bola shaxsiy o’yin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko’rsatadi. - D.B.elkonin fikricha, bolalarda keng ko’lamli va ko’p miqdordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o’zgartirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishi mayli, tuyg’usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo’lsada, bu muammo bola shaxsiy o’yin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko’rsatadi.
- Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o’yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko’zlagan ishni bajarishdagi noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg’u va hisni vujudga keltiradi. Shuningdek, o’z faoliyatida uchraydigan ko’ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish-aks ettirishning yangi shakli ta‘sirlanish (reaktsiyaga kirishish) ni tarkib toptiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |