Shaxsiy sug’urtaning nazariy asoslari rejA: Shaxsiy sug’urta va uning turlari


Download 42.83 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi42.83 Kb.
#1012835
  1   2
Bog'liq
Shaxsiy sug\'urtaning nazariy asoslari12


Shaxsiy sug’urtaning nazariy asoslari
REjA:

  1. Shaxsiy sug’urta va uning turlari.

  2. Fuqorolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning huquqiy asoslari .

SHaxsiy sug‘urta – baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi 
oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga shikast etkazilishi bilan bog‘liqularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil 
tarmog‘i.  SHaxsiy sug‘urta – bu inson  hayotiga, uning  mehnat qobiliyati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavfxatarlardan himoyalanishning muhim 
shakli. SHaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. SHu ma’noda, 
shaxsiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli 
shaklidir. SHaxsiy sug‘urtaning, xususan uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan fuqarolarni 
baxtsiz hodisalardan sug‘urtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 
yilda Evropada mavjud bo‘lgan dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu 
kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan. 1699 yil Angliyada shaxsiy sug‘urta bilan shug‘ullanadigan dastlabki sug‘urta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda etim bolalarni sug‘urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi “Ekvatebl” deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash bo‘yicha o‘zaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849- yili Angliyada temir yo‘llarda baxtsiz 
hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki «Railway Death Rassengers 
Company» nomli sug‘urta kompaniyasi tuzildi.
SHaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. 
SHaxsiy sug‘urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham ma’lum bo‘lgan. Sug’urta o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijtimoiy himoyaning muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro’y berishi natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud umrbod yo’qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urtalangan bo’lsa, u holda sug’urta tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro’y berishi oqibatida kulfat tushganda unga moddiy ko’mak beradi, shu fuqaroni oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug’urtaning fuqarolarni ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Hozirgi paytda shaxsiy sug‘urta sug‘urta faoliyatining yirik tarmog‘i 
sifatida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda 
shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari boshqa

sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga nisbatan yuqori 


salmoqqa ega. Masalan, AQSHda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmida 
shaxsiy sug‘urtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir. 
O‘tgan asrning boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududida Rossiya sug‘urta 
tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatgan va ular aholiga shaxsiy 
sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishgan.
1917-yildan 1990-yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sug‘urtalash ishlari 
davlat sug‘urta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga oshirilgan. Ana shu davrda 
sug‘urta shartlari, qoidalari va tariflari markazda-Moskvada ishlab chiqilar va 
aksariyat hollarda mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinmas edi.
1991-yilda O‘zbekistonning o‘z siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qo‘lga 
kiritishi hayotimizning barcha jabhalari qatorida sug‘urta sohasini ham bozor 
munosabatlari tamoyillariga mos ravishda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. 
To‘g‘ri, mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotda ro‘y bergan keskin 
o‘zgarishlar qisqa muddat bo‘lsada pulning qadrsizlanishiga, pirovardida, aholiturmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. SHubhasiz, bu holat shaxsiy sug‘urtaning aholi o‘rtasidagi ommaviyligiga putur etkazdi. Natijada, bu sug‘urta 
turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari soni va sug‘urta mukofotlari miqdori kamaydi.Bunday salbiy vaziyatni oldini olish va aholining shaxsiy sug‘urtaga 
bo‘lgan ishonchini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Aholining omonotlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini 
indeksatsiya qilish to‘g‘risida” 1995 yilning 20 dekabrida PF № 1327son Farmoni 
qabul qilindi.  Fuqaro kasallikka duchor bo’lganda tibbiy sug’urta shartnomasi bo’yicha davolanish, dori- darmon sotib olish bilan bog’liq xarajatlar sug’urta tashkiloti tomonidan to’lab beriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi qator sug’urta takshilotlari tibbiy sug’urta turlarini amalga oshirmoqdalar. Shaxsiy sug’urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash bilan bog’liq manfaatlar sug’urta ob’yekti bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urta tashkiloti o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim:

  • sug’urtalangan shaxs to’g’risida;

  • sug’urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida;

  • sug’urta puli miqdori to’g’risida;

  • sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati (muddatlari) to’g’risida;

  • shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.

Shaxsiy sug’urta deganda insonning sog’ligi, hayotini saqlash bilan bog’liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug’urta turlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urta qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug’urta qilish” shaxsiy sug’urta tarmog’iga mansub. Shuningdek, hayotni sug’urta qilish sohasining barcha klasslari doirasida amalga oshiriladigan sug’urta turlari ham shaxsiy sug’urta tarkibiga kiradi. Shaxsiy sug’urtaga oid eng ommaviy sug’urta turlariga quyidagilar kiradi:

  • fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish;

  • xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish;

  • tibbiy sug’urta;

  • bonus to’lovli hayot sug’urtasi;

  • ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug’urtalash;

  • nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish.

Shaxsiy sug’urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini umumiy sug’urta sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari ham, hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari ham o’tkazishlari mumkin. Ammo, so’ngi uchta sug’urta turi hayotni sug’urta qilish sohasiga oid bo’lib, ularni faqat shusohada faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega sug’urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida hayotni sug’urta qilishga ixtisoslashgan 6 ta sug’urta tashkiloti (“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot”, “Apex life insurance” sug’urta kompaniyalari) faoliyat ko’rsatmoqda.Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib aytganda baxtsiz hodisa sodir bo’lganda u har doim moddiy ehtiyojlik sezadi. Hayot sug’urtasi fuqarolarning ma’lum bir yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog’liq xarajatlarni qoplash imokniyatini beradi.
Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug’urtasi ijtimoiy himoyaning samarali vositasidir. Aslida, sug’urta qildiruvchi shaxsning sug’urta muddati tamom bo’lgungacha yoki sug’urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi, sug’urta qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug’urta summalarini to’lash bo’yicha sug’urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi va sug’urta muddati bir yildan ortiq bo’lgan sug’urta turlariga hayot sug’urtasi deyiladi.
Hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta shartnomalari sug’urta tashkiloti va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladi. O‘zbekistonda hayot sug’urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni jamg’arib boriladigan tarzda sug’urtalash hisoblanadi. Bu sug’urta turi sug’urta qildirgan shaxsni sug’urta holati yuz bergan taqdirda moddiy yordam bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz berishi sug’urta hodisalari deb hisoblanadi: sug’urta qildirgan shaxsning (shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi yoki vafot etishi. Sug’urtalash shartlari: sug’urta qildirgan shaxs har oyda (har chorakda) cyg’ypta mukofotlari to’laydi. Ularning miqdori belgilangan tariflarga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita ko’rsatkichga: sug’urta qildirgan shaxsning yoshiga va sug’urtalash davriga bog’liq bo’ladi. Bunda jamg’arilgan resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda bonus yozib boriladi.
Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo’lgan bank depoziti bu sug’urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir. Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg’arib boriladigan usulda cyg’yptalashda sug’urta shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab mijoz sug’urta davrida o’z mablag’larining bir qismini olish huquqiga ega bo’lmaydi. U shartnoma amal qilish muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin.
Hayotni jamg’arib boriladigan usulda sug’urtalashning bank depozitiga nisbatan afzalligi ham bor. Fuqaroning hayoti sug’urtalanganida sug’urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug’urta to’lovlari amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo’yicha bunday to’lovlar yo’q. Merosxo’rlar sug’urta tashkilotidan butun sug’urta summasini, ya’ni sug’urta qildiruvchi sug’urtalsh davri oxirida olishi kerak bo’lgan summani oladilar.
O‘zbekistonda amalda bo’lgan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid jami 4 ta klass mavjud bo’lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug’urta kompaniyalari o’z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil etadilar. Quyidagi hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid klasslarning tasnifi keltirilgan:


Download 42.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling