Shaxsiy va oilaviy mansublikning shakllantirishning dolzarb masalalari Kirish Reja


Download 44.44 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1344719
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Saxlovoldiyev Xayrulla


Mavzu: Shaxsiy va oilaviy mansublikning shakllantirishning dolzarb masalalari
Kirish
Reja

  1. Oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi

  2. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov asarlarida yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish to’g’risidagi qarashlari.

  3. Yosh avlodni huquqiy madaniyati va ongini shakllantirishning tarixiy ildizlari

  4. Yoshlarga huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishda fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq kuchli demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asosiy vazifa etib belgilab berildi. O’tgan yigirma yildan ziyod vaqt davomida yurtimizda huquqiy davlat qurish yo’lida muayyan natijalarga erishilganini e’tirof etgan holda, bu borada hali oldimizda juda ko’p ishlar turganini ham qayd etish joiz.
Davlatimiz rahbari bu yo’lda qo’yilgan dastlabki qadamlarga to’xtalar ekan, “Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo’nalishlari belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o’zgartirdik”, deb qayd etadi. 
Biz qachonki “demokratik davlat” degan iborani aytadigan bo’lsak, albatta, “huquqiy” degan so’zni ham qo’shib ishlatamiz. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongi oshishi bilan “huquq” degan so’z va unga bog’liq bo’lgan “huquqiy davlat”, “huquqiy ong”, “huquqiy madaniyat”, “inson huquqlari madaniyati” kabi istiqlol davri uchun yangilik bo’lgan muhim tushunchalar o’zida ifoda qiladigan maqsadni teran anglash, bu tushunchalarning mohiyatiga yanada chuqur yetib borish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, huquq – davlat irodasini ifodalaydigan va uni kuch bilan himoya qiladigan umumiy majburiy normalar majmui (tizimi). Huquq avvalo fe’l-atvor normalari yoki qoidalari majmuasi, aniqroq qilib aytganda tuzilmasidir. SHu ma’noda, huquq erkinlik me’yorini belgilab yoki chegaralab, majburiyat yuklab va aniqlab, kishilar faoliyatini ijobiy yo’naltirish uchun ularning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi.

Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak nasl qanday boʻlib yetishishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini oʻtaydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yigʻilishida 1994 yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini oʻzi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat gʻamxoʻrligi oilalarning mustahkamligi va tinchligiga asos boʻlgan. Shu bois mamlakatimizda 1998 yil “Oila yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2016 yil “Sogʻlom bola va ona yili” deb eʼlon qilinganligi hamda Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanishi davlatimizdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi saʼy-harakatlarning yaqqol naʼmunasidir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Biz uchun muqaddas boʻlgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va oʻzaro hurmat muhitini yaratish, maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʻldirishdan iborat boʻlmogʻi zarur”.
Darhaqiqat, asrlar davomida oʻz eʼtirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi.
Inson farzandi ota-onadan genetik meros oladi. Unga ajdodlari genofonidan ham ulush tegadi, albatta. Buni hayotshunoslar irsiyat, deyishadi. Yorugʻ olamga koʻz ochgan dilbandlar dastlab oliy darajadagi moddiy qadriyatlar hisoblanmish havo, ona suti, suvdan bahramand boʻladilar. Soʻngra shaxs kamolotini roʻyobga chiqishiga asos boʻladigan hamda uni taʼminlaydigan muhim omillardan biri oilaviy tarbiya omili boshlanadi.
Oila “millat sharafini” yuqori martabaga koʻtaradigan zaminu vosita hisoblanadi. Oilada farzandlar tugʻiladi, oʻziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari vujudga keladi, shaxs shakllanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda shaxsning, yosh avlodning umummadaniy-maʼnaviy dunyoqarashining shakllanishi hamda rivojlanishiga taʼsiri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning oʻrganish obyekti boʻlib kelmoqda. Oʻz navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga taʼsir etuvchi birinchi omil boʻlib, oilaviy muhitning ham jismonan ham maʼnan sogʻlom boʻlishi jamiyat taraqqiyotiga, undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy taʼsir etmasdan qolmaydi.
Oilaviy munosabat madaniyati nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini toʻla bajarish, oilaviy turmush tarzini toʻgʻri shakllantirish, oila aʼzolarining xulq-odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini taʼminlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib, takomillashtirishga alohida eʼtibor berib kelmoqda.
Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamogʻimiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va maʼnaviy hayoti bilan bogʻliqdir. Oila shakllarining oʻzgarishi, ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish maʼnaviyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan.
Lekin jamiyatning, oilaning moddiy hayot sharoitlari oʻzgarishi oʻz-oʻzidan maʼnaviy kamolotga olib kelmaydi. Madaniy qashshoq boʻlgan odam boy boʻlib qolsa, birdaniga maʼnaviy kamolot darajasiga koʻtarilib qolmaydi. Pedagog-olimlar mazkur mavzuning taʼlim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib, oilaning shaxs tarbiyasida tutgan oʻrniga alohida eʼtibor berib, oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda; psixolog olimlar oila va oilaviy munosabatlarga etno-psixologik jihatdan yondoshmoqdalar. Etnograf-tarixchilar ham oilaning kelib chiqishi va oilaviy munosabatlar madaniyatining shakllanishi bilan bogʻliq masalalarga toʻxtalib, oilaviy urf-odatlar, anʼanalar, marosimlarning yoshlar tarbiyasiga taʼsirini oʻrganganlar.
Faylasuf olimlarimiz masalaning mohiyatini ochib berishda shaxs va jamiyatning oʻzaro munosabati haqidagi umumaksiologik qonuniyatga suyangan holda, shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat degan nazariy konsepsiyani oʻrtaga tashlaganlar. Xuddi shu konsepsiyadan esa oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy xarakterga ega degan boshqa bir nazariy xulosa kelib chiqishi tabiiydir. Madaniyatshunoslar oilaviy munosabatlar madaniyatining yosh avlod tarbiyasiga taʼsirini tahlil qilib kelmoqdalar.
Shuni alohida koʻrsatib oʻtish kerakki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va maʼrifatparvarlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Xojib, Kaykovus, Devoniy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis Xorazmiy, Bedil, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy, Choʻlpon, Fitrat va boshqalarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Ularning koʻplarida mazkur masalaga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilgan va taʼlimot darajasiga koʻtarilgan. Xususan, Abu Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Oila xoʻjaligi”, Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida oilaga alohida eʼtibor bilan qarab, uni inson kamolga erishuvida asosiy makon deb bilganlar.
XX asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatining asoschilaridan biri Fitratning “Oila” asarida oila asosini toʻgʻri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turgʻunlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bogʻliqdir… Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli boʻladi.” deb yozadi.
Oiladagi oʻzaro munosabatlar madaniyati malakasi tasavvuf falsafasida ham alohida oʻrin tutadi. Bu falsafaning yirik vakillari boʻlgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ota va onalar oʻzaro munosabatlarining farzandlar kamolotidagi roli, farzandlarning ota-onalarga boʻlgan munosabati mavzui alohida taʼkidlab oʻtilganligini koʻramiz.
Shuningdek, ulugʻ ulamolar boʻlmish Al-Buxoriy, At-Termiziylarning hadis toʻplamlarida, asarlarida ham mazkur mavzuga katta eʼtibor berilgan. Qurʼondan keyingi diniy manba – hadislarda Paygʻambarimiz Muxammad (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloning rozi boʻlishi ota-onaning rozi boʻlishiga va Allohning gʻazabi ham ota-onaning gʻazabiga bogʻliqdir” (Imom Buxoriy rivoyati).
Haqiqatdan ham ota-onaga ozor bermaslik, ularning dilini vayron qilmaslik, muloyimlik bilan suhbatda boʻlish, koʻnglini koʻtarish aytganlarini vaqtida bajarish, farzandning ota-ona oldidagi burchidir.
Mustaqillik davrida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi masalalarini F. Otaxoʻjayev, oʻzbek oilalari maʼnaviyatining tarixiy asoslari, maʼnaviy ruhiyati, anʼanalari, farzandlar tarbiyasi muammolarini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan O. Safarov, M. Mahmudovlar tahlil etsalar, oilaning jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy tarbiya, oila aʼzolarining oiladagi oʻrni, oilada milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarining pedagogik nuqtai nazardan O. Musurmanova, oilaning mohiyati, ota-onalarning bola tarbiyasidagi masʼuliyati, farzandlik burchiga oid baʼzi milliy diniy anʼanalarimizni E. Yusupov, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid masalalarni M. Xalmatovalar tahlil qilganlar.
Oila turlarining demografik, ijtimoiy tuzilishlariga qarab boʻlinishining oʻziga xos xususiyatlari hamda uning oilaviy munosabatlar madaniyatiga taʼsiri mavjud. Mamlakatimizda mavjud oilalarning aksariyati toʻliq oilalardir. Toʻliq oila deganda ota-ona va farzandlardan iborat oila tushuniladi. Bu tipik oilaga xos xususiyatdir. Bunday oilalar, oʻz navbatida, patriarxal, nuklear, mezalyanslarga boʻlinadi. Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyati yana shundaki, hozirda oʻzbek oilalardagi katta patriarxal oila xoʻjaligi ham saqlanib qolingan. Bunda 2-3 avlod xoʻjaligi umumiy boʻlib, ularning iqtisodiy birligining asosi hisoblangan oila mulki faqat oila boshligʻi qoʻlida boʻladi va hamma unga boʻysinadi. Mana shu sababli ham qarindosh – urugʻlarning quda-andachilik munosabatlari davom qilib kelayapti. Yaqin qarindoshlarning nikohi ham shu jumladandir.
Sharq va gʻarb oilalari xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilganimizda ovroʻpa oilalariga xos xususiyat – nikohsiz erkin yashashning keng tarqalishi, ajralishlarning koʻpayishi, tugʻilishning kamayishi bilan izohlanadi. Ayrim Gʻarb olimlari nikohni butunlay yoʻqotib, nikoh kishi erkinligini cheklab qoʻyadi, u inson tabiatiga zid narsadir deb hisoblaydilar. Albatta, bu notoʻgʻri boʻlib, insoniyat taraqqiyotiga ziddir.
Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat ularning nuklearligidir (Nuklear – lotincha soʻzdan olingan boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “yadro” demakdir. Er-xotin va bolalardan iborat). Hozirda Gʻarb sivilizatsiyasi taʼsirida oilaning bu xili koʻpayib bormoqda. Bunday oilalarda qaynona va kelin yoki kelinlar alohida yashaganliklari uchun ular orasidagi nizoli munosabatlarning oldi olinadi, turmush tarzida ular bir-birlari bilan qadrliroq, mehr-shafqatliroq madaniy munosabatda boʻlishadi. Bu masalaning ijobiy tomoni boʻlib, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishiga olib keladi. Ota-onadan alohida yashayotgan kelin-kuyov musataqil hayotga, oila iqtisodiyotini rejalashtirishga, farzandlarni mustaqil tarbiyalashga oʻrganadilar. Oilaviy masalalarni dam olish, boʻsh vaqtdan samarali foydalanish kabilarda nuklear oilalar erkinlikka ega boʻladilar.
Zamonaviy oilalarga xos uchinchi xususiyat – mezalyanslarning oshishidir. (“Mezalyans” – fransuzcha soʻz boʻlib er-xotinning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy mavqelari orasida katta tafovut boʻlgan oilalar tushuniladi). “Mezalyans” deb, masalan shaharliklar bilan qishloqliklar, ziyolilar bilan ishchi-dehqon, chorvadorlar hamda turli millat kishilari orasidagi nikohlarni tushunish mumkin. Mezalyans oilalar sonining oshishi ham irsiy ijtimoiy jihatdan ijobiy holdir.
Sharq tarbiyasida biz ota-onalar oila baxtliligini taʼminlashda va yoshlarni oilaga tayyorlashda jinsiy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Mashhur faylasuf Z. Freydning taʼlim berishicha, oila faqatgina birgalikda yashash uchun emas, balki toʻlaqonli hayot kechirish, insoniy ehtiyojni qondirish uchun ham quriladi.
Oilada har tomonlama sogʻlom muhitni qaror toptirishda quyidagi ijtimoiy pedagogik-psixologik, maʼnaviy-madaniy mezonlarga amal qilishni tavsiya sifatida maqsadga muvofiq deb yondashishimiz mumkin:

  • yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish;

  • farzandlarda hayotiy faoliyatni oqilona tashkil etish va reproduktiv madaniyatni shakllantirishga erishish;

  • Oilada sogʻlom turmush tarzini asosiy omil sifatida xalqimizning oʻziga xos anʼanalari va qadriyatlarini oʻrganish va keng targʻib etish;

  • Ota-onalarning farzand tarbiyasi yuzasidan masʼuliyatini, salohiyatini, savodxonligini, ota-onaning pedagogik-psixologik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini taʼminlash;

  • Oilada maʼnaviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish;

  • Oilaviy munosabatlarda farzandlarning umumadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish.

Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi. 
Mustaqillik, fuqarolik jamiyati va demokratiya tushunchalari o’rtasidagi uzviy aloqadorlik muhim ahamiyatga ega. Zero, mustaqil mamlakatni demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati institutlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. SHu bois yurtimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq demokratik yangilanish, erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo’li tanlab olindi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, bu yo’lni har kim o’ziga xos yo’sinda bosib o’tadi. O’zbekiston demokratiyaning fundamental tamoyillariga asoslangan, ularga qat’iy rioya etgan holda, ayni paytda o’z harakatlarini xalqimizning tafakkuri, necha ming yillik turmush tarzi bilan muvofiq ravishda olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.
SHunisi diqqatga sazovorki, oldimizga qo’yilgan asosiy maqsad va ustuvor vazifalar mamlakatimizni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyiliga asoslangan. Bu – demokratik islohotlarimiz izchil va tadrijiy, bosqichma-bosqich va uzluksiz tizimli jarayon ekanining yana bir isbotidir.
Huquqiy davlat – jamiyatning irodasini ifoda etuvchi va uni aks ettiruvchi, qonunning ustuvorligiga asoslangan umumiy tashkilotdir. Huquqiy davlat – huquqning hukmronligi va ustuvorligi, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi, sudning mustaqilligi ta’minlanadigan, huquqni muhofaza etuvchi organlari ishi samarali bo’lgan, haqiqiy xalq hokimiyati, yuqori darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyatga erishgan demokratik davlat.
Huquqiy davlat davlatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi va uning quyidagi belgilari mavjud:
birinchisi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining huquqiy va har tomonlama kafolatlanishi;
ikkinchisi, huquq va qonunning ustuvorligi;
uchinchisi, qonunlarning to’g’ri amal qilishi;
to’rtinchisi, fuqarolarning davlat oldidagi mas’uliyati va aksincha, davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipining amaliyotga tatbiq qilinishi;
beshinchisi, jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi.
Prezidentimiz qayd etganidek, “Huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishidir. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi”.
Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, xalqning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo’lishi tushuniladi.
Huquqiy madaniyat – bu huquqiy savodxonlikdir. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyatsiz huquqiy davlat bo’lmaydi. Davlatimiz rahbari o’zining “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” kitobida: “Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. SHu bilan birga, huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro’yobga chiqadi”, deb ta’kidlaydi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, Idoralararo kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalar “Obod turmush yili”da amalga oshiriladigan ishlar bilan ham chambarchas bog’liq. Nega deganda, agarki insonning huquqiy madaniyati, ongi, saviyasi yuqori bo’lsa, bu sohadagi o’zgarishlardan xabardor bo’lsa, demak, yurt obod bo’ladi.
YUrt obodligi avvalo ko’ngildan boshlanadi. CHunki hayotni, turmushni obod qilish uchun avvalo inson ko’ngli obod bo’lishi darkor. Obod yurtda yashash ham insonning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Insonning huquqiy madaniyatini oshirish esa yurt obodligining asosiy shartidir. Obod yurtda yashash ham inson huquqiga kiradi.
SHu o’rinda bevosita huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan milliy me’yoriy-huquqiy asosga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni sanab o’tish mumkin:

Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling