Shaxsning bilish faoliyati reja Kirish Bilish faoliyatiga umumiy tavsif Asosiy qism Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi. «Tafakkur»
Download 1.19 Mb.
|
SHAXSNING BILISH FAOLIYATI
3b konchilik ishi talabasi Baxriyev Ibrohimning mustaqil ishisi Mavzu SHAXSNING BILISH FAOLIYATI Reja 1.Kirish Bilish faoliyatiga umumiy tavsif 2.Asosiy qism Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi. «Tafakkur» tushunchasi va uning operatsiyalari. 3.Yakuni Foydalangan adabiyotlar Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini qiziqtirib keladi, ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri~ vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga aylanib qoldi. Shu boisdan, bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har qaysisi o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini o'rganadi. Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani insonning onto-genezida bilishning vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya va irodaning o'rni, tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko'rinishi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi. Bizningcha, obyektiv dunyo to'g'risidagi ma'lumotlar, fan asos-lari bo'yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo munosabat va muomala o'rnatish, muayyan faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'zini o'zi anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab, iyerarxik hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayonlari asosiy funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida boigan muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga oshiruvchi, uni yuzaga keitiruvchi asosiy manbalar mavjud bo'lib, bizningcha, ular taxminan quyidagilardan iborat: tug'ma instinktlar; shartsiz reflekslar; shartli reflekslar; ideomotor harakatlar; predmetli harakatlar; taqlid yoki imitatsiya; tajriba; mashq; ko'nikma, malaka, odat (ularni o'zlashtirish imkoniyati va egallash vaziyati); refleksiya (xulq va ongli boshqarish). Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruvchi asosiy psixologik negizlari tariqasida: ehtiyoj; motiv (motivatsiya); mayl; moyilIik qiziqish; ustanovka; tug'ma, tabiiy alomatlar; faollik; ruhiy holatlarning barqarorligi; obyektiv va subyektiv xususiyatli funksiyalar xizmat qilishi mumkin. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling