Shaxsning bilish jara yonlari


Download 107.23 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi107.23 Kb.
#1523754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SHAXSNING BILISH JARAYONLARI

Sezgi haqida tushuncha. Sezgi oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek moddiy qo'zg'atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta'sir etgan miqdorda organizmda hosil bo'ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta'sir etib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya-gona yo'lidir. Sezgilar mohiyatiga ko'ra obyektiv olamning subyektiv obrazidir. Lekin sezgilarning hosil boiishi uchun organizm moddiy qo'zg'atuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmningo'zi ham qandaydir ish bajarishi lozim.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o'zimiz to'g'rimizdagi bilimla-rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofdagi olam haqida ha-misha axborot olib turishi kerak.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko'rsatilgan turlari mavjud:

  1. ko'rish;

  2. eshitish;

  3. hid bilish;

  4. badanning tegishi orqali sezish;

  5. ta'm bilish.

Sezgilar ma'lum bir qo'zg'atuvchining muayyan retseptorga ta'si-ri natijasida hosil boigani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo'zg'atuvchilarning va ana shu qo'zg'atuvchilar ta'sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.

  1. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga qa-rab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:




  1. tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo'lgan ekstrotsep-tiv sezgilar;

  2. tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida 'joylashgan hamda ichki a'zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo'lgan interotseptiv sezgilar;

  3. retseptorlari mushaklarda va paylarda o'rnashgan propriotsep-tiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va hblati haqida axborot berib turadi.

Ekstrotseptivlarni ikki guruhga - aloqa bog'laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog'laydigan reseptorlar ularga ta'sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog'lagan paytda qo'zg'aydi; badanning tegishi orqali sezish, ta'm bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant reseptorlar uzoqdagi obyektdan keladi­gan qo'zg'atishdan ta'sirlanadi; distant retseptorlarga ko'rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi.
Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta'sir o'tkazayotgan qo'zg'atuvchining o'ziga xos quvvatining asab jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo'ladi. Sezgi a'zolari faqat moslashuvchan-lik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog'langan.
Sezgi asab tizimining u yoki bu qo'zg'atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo'ladi va har qanday psixik hodisa kabi refiektorlik xususiyatiga egadir.
Analizator uch qismdan tarkib topadi:
1) tashqi quvvatni asab jarayoniga o'tkazadigan maxsus trans-
formator hisoblangan periferik bo'limi (retseptor);
2) analizatorning periferik boiimini markaziy analizator bilan
bog'laydigan yoilarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va
efferent (markazdan qochuvchi) asablar;
3) analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan asab signallari-
ning qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning
o'zi bilan tugaydigan) bo'limi ri.

  1. Har bir analizatorlarning qobiq bo'limida retseptor hujayralarning asosiy qismi jamlangan o'zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli

joylarida u yoki bu miqdorda o'rnashgan tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qismi bo'ladi.
Analizator asab jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo'li rnanbai va eng muhirn qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta'sirotni miyaga olib boruvchi asab yoilari va effektor-dan tarkib topgandir.
Shunday qilib, sensor (emotsional) va motor (harakat) qismlarning uyg'unlashuvi tufayli sensor (analizator) apparat reseptor ta'sir qilayotgan qo'zg'atuvchilarning obyektiv xususiyatlarini aynan aks ettiradi va shularning xususiyatlariga o'xshab qoladi.

Download 107.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling