Shaxsning bilish jara yonlari
Download 107.23 Kb.
|
SHAXSNING BILISH JARAYONLARI
«Tafakkur» tushunchasi va uning operatsiyalari. Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qi-lishdan boshlanadi, so'ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo'l bilan aks ettirishga o'tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan yuqori darajadagi bilish jarayoni - tafakkur hamda emotsional bilish organlarining mahsuli, ya'ni sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga asoslangan holda namoyon bo'ladi. Binobarirr, tafakkur o'zi uchun zarur materiallarni emotsional obyektlardan oladi, shu bilan birga, u fikr yuritishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi.
Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof muhit bilan bevo-sita bogianadi, so'ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh rniya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyati-ga ega boiadi. Mazk;ur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o'rganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida tekshirib boriladi, ong va aql-idrok yordamida uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi. Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so'ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yoi bilan aks ettirishga o'tadi. Tafakkur jarayonida inson emotsional bilish qobig'idan tashqari chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati murnkin bo'lmagan murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur o'zaro uzluksiz ravishda bir-birini boyitib turadi. Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat: analiz va sintez; taqqoslash; abstraksiya; ;, 4) umumlashtirish; aniqlashtirish; tasniflash; tizimlashtirish. Analiz shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo'lib (ajratib), ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Sirttezda esa biz barcha narsa va hodisalarning analizda boiingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo'laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Analiz va sintez o'zaro bevosita mustahkam bogiangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo'lsa, uni sintez qilib bo'lmaydi, har qanday analiz predmetlarai, narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o'zlashti-rilishida, voqelikni to'liqroq aks ettirishda bir-biriga o'xshash jihatlar tafovutini, shuningdek bir-biridan farq qiladigan tomonlar o'rtasidagi o'xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bo'lib, u katta ahamiyatga ega. Taqqoslash operatsiya vositasida obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o'xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yoi bilan amalga oshishi mum-kin: amaliy (muayyan narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Abstraksiya narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bo'lib, u insonning bilish faoliyatida katta ahamiyatga ega. Abstraksiyalash yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyat-lardan narsa va hodisalarning muhim bo'lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraksiyalash jarayoni yordamida qiymat, son, kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, geometrik shakl, mate-matik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma og'irlik, geografik tushunchalar tizimi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiriladi. Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. Download 107.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling