Shaxsning hissiy- irodaviy-motivasion sohasi 8-mavzu. Irodava hissiyot Reja
Download 403.8 Kb.
|
8-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iroda borasidagi nazariyalar
- Gobbs va Spinozalar
- U.Djeymsning
- I.V.Selivanov
Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to’sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axlohiy ekanligi ham nazarda tutiladi.
Irodaning axloqiyligi deganda odatda kishi o’z oldiga qanday maqsadlar qo’yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma'lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz. Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo’lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so’zlarni emas, balki ularning ma'naviy qiyofasini ko’rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o’zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. Kishi biror qarorga kelishda o’z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. Kishining chinakam axloqiyligi ma'naviy qiyofasi, so’zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya'ni mehnatga va ishning o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi. O’zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim axloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. Iroda borasidagi nazariyalar Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’z-o’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Etarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: a) iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. Download 403.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling