Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari
Temperament va uning tiplari
Download 77.14 Kb.
|
SHAXSNING INDIVIDUAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyat va uning xillari
Temperament va uning tiplariKishi faoliyati natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu xol shaxsning istiqboli deb qaraladi(prespektiva).Temperament lotincha temperamentum-narsalarning tegishli nisbati degan so’zdan olingan.Temperament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan Galen, uchinch asrda yashagan Ibn Sino va boshqalar o’z qarashlarini bildirgan. Galen birinchi bo’lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab o’tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mijoz deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qoni miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog’liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog’liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu tepmeramentning antic davr klassifikatsiyasiga nomi bilan oxshash bo’lishi qabul qilingan.Sangvinik – qon so’zi bilan bog’liq bo’lib, serharakat, kuchli ta’sirlashish, muvozanatsiz bo’lish nazarda tutiladi. Xolerik – sariq o’t organizmda ustun miqdorda bo’lishi asos qilib olinib, ta’surotni tez qabul qilib olish, kuchli qo’zg’alish, terisiga sig’maydigan shoshqaloq odam xususiyati hisoblanadi. Flegmatik – organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko’pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazib bajarishga layoqatli tip. Melanxolik – qora o’t miqdori bilan bog’liq deb hisoblanadi. Bu tipdagi odam <>, <>, atrofida sodir bo’layotgan xodisalarga va odamlarga loqayd, <> tip. Antik davr psixologiyasidagi abu turlar keyin yana ko’p marta tadbiq qilinib, yana shu to’rt tip nomi saqlanib qolgan. Qobiliyat va uning xillariQobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Shu xususiyatlar mazkur bilim, ko’nikma va malakalarga taluqli bo’ladi. Malakalar, ko’nikma va bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatdagina namoyon bo’ladi. (rasm solish qobiliyati bor yo’qligi shu faoliyatda aniqlanadi). Masalan, Albert Eynshteyn(1879-1955, nemis fizigi) o’rta, maktabda uncha yaxshi o’qimagan o’quvchi edi, uning kelajakdagi genialligidan, aftidan hech narsa dalolat bermas edi. Download 77.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling