Shaxsning individual xususiyatlari. Temperamentning fiziologik asoslari Temperament va uning tiplari Temperamentning o`zgarishi Xarakterning taraqqiysi. Qobiliyat va iste’dodning o`sishi. Individual xususiyatlarni kasb egallash va mehnat jarayonidagi
Download 1.22 Mb.
|
aim uz shaxsning individual xususiya
Temperamentning o`zgarishi
Flegmatik xususiyati epchil va xilma - xil harakatlarni tez bajarish zarurati yo`q bo`lgan ishlarga ko`proq mos keladi. U ishga shoshmasdan, ammo unga puxta tayyorgarlik bilan, hech bir narsani diqqat e’tiboridan chetda qoldirmay kirishadi. U nisbatan uzoqroq mudatda normal ritmga kirishib oladi. Uning ish sur’ati yuqori emas. Biroq ishga xafsala bilan tayyorgarlik ko`rishi, qunt va tirishqoqligi tufayli uning mehnati samara berishi jihatdan qoniqtirarli bo`lishi mumkin. U o`z ishining sifatiga talabchan, lekin undan talab etilganidan ortiqcha hamda yaxshiroq qilishga intilmaydi. Faoliyat turi va ulardan ko`zlagan maqsadini o`zgartirishga moyilligi yo`q. Ko`proq bir xil, o`zi yaxshi egallab olgan ishga rahbati bor.Flegmatikni shoshiltiish kerak. Bunda ishdagi qunt va tirishqoqligini hisobga olib, shuningdek uning «ha, bo`l!» deyilmasa ham qattiq garchi yorqin sezilmasa ham, zo`r berib ishlagani uchun uni imillaganlikda ta’na qilib bo`lmaydi, chunki uning bu xususiyati irodasiga bog`liq emas. Unga yordam, dalda bergan holda, lekin harakatlaridagi mustaqilligini yo`qottirmasdan hamda unga ortiqcha homiylik qilmasdan ko`maklashmoq kerak. Xolerik xususiyatiga to`g`ri keladigan takrorlanishi yorqin namoyon bo`ladigan ishchi siklining qandaydir davri eng ko`p zo`r berishni talab etadigan, so`ngra faoliyat ikkinchi sikligacha boshqa xarakterdagi xotirjamroq ish bilan almashinadigan tarzdagi ishlarni ko`proq muvaffaqiyatli bajaradi. Lekin u vaqti bilan bir xil ish ritmiga ham moslashishi va yaxshi o`zlashtirib olishi mumkin hamda bu ishda muvaffaqiyatga erishadi. Unga muvaffaqiyat ham nazariy ham amaliy ishda juda zarurdir. Chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaqtida u shoshqaloqlik bilan biror qarorga kelib qo`yishi mumkin. Bunday paytda uni izzat - nafsini yerga urmasdan «ta’sirli» tanbeh berish lozim. Melanxolik u muhitdan keluvchi taassurotlarga sust reaksiya bildirishadi. U tez reaksiya bildirish va faoliyat xarakterini tez - tez o`zgartirib turishni talab qilmaydigan xotirjam va xavfsiz sharoitda bemalol muvaffaqiyat bilan ishlashi mumkin. Biroq, dilsiyohlikni, arzimagan darajada izzat - nafsiga tegishni uzoq vaqt esda saqlar ekan, tez - tez o`z ishidan chalg`iydi va o`z xayoliga berilib ketib, e’tiborsizlik va xatolarga yo`l qo`yadi, shuning uchun u normal ish ritmiga juda sekinlik bilan kiradi va tez - tez hafsalasizlik va lanjlik tufayli buni uzoq vaqt saqlab turolmaydi. Ishlash sur’ati beqaror. Mehnat unumdorligi kayfiyati yaxshi bo`lgan chog`da ancha yuqoi. Uning favqulotda murakkabliklar va hodisalar tahdid solib turadigan sharoitda ishlashi xavfli va noma’buldir. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling