Gippokrat fikricha, odam tanasida to`rt xil suyuqlik (xilt) bordir
1.o`t yoki safro (grekcha chole),
2.qon (lotincha sandus),
4.balg`am (grekcha phelegma) bordir.
3.qora o`t (grekcha melanhole)
Temperament lotincha «temperamentum» degan so`zdan olingan bo`lib, buning ma’nosi «aralashma» demakdir
Xolerik
Sangvinik
Flegmatik
Melanxolik
Temperament tiplari
Xolerik
Sangvinik
Flegmatik
Melanxolik
hissiyotning tez va kuchli qo`zg`aluvchanligi, barqaror bo`lishi bilan farq qiladi, hissiyotlari imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko`rinib turadi, qizg`inlik va tajanglikka moyil bo`ladilar, kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg`ayrat bo`ladilar.
hissiyotning tez, kuchli qo`zg`aluvchanligi, lekin beqaror bo`lishi bilan farq qiladi, kayfiyati tez-tez o`zgarib, bir kayfiyat o`ziga teskari bo`lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog`i mumkin, psixik protsesslar, xoleriklardagi singari, tez o`tadi, ildam, chaqqon, serharakat va jo`shqin bo`ladilar.
hissiyotning sekin, lekin kuchli qo`zg`aluvchanligi va barqaror bo`lishi bilan farq qiladi, barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo`ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo`ladi, odamlar sustkash bo`ladilar, odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo`ymaydi.
hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo`zg`alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo`ladi. Bu xil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g`azablantirish ancha qiyin.
Sangvinik avtomatlashgan, bir xilda va sust bajariladigan ishdan boshqa istalgan ishda ishonchli xodim bo`lishi mumkin. U ko`proq zehn, topqirlik va faolik talab etuvchi jonli, serharakat faoliyatga ko`proq qobiliyatli. U odatda bir maqsadga intiluvchan, zarurat tufayli ishlash uchungina ishlamaydi, balki muayyan maqsad bilan xohlagan natijaga erishish uchun sobit va chidam bilan harakat qiladi. Bunda harakat faqat ish xilma-xil bo`lganda hamda uning taassurotlarni o`zgartirishga moyilligini qanoatlantirgandagina namoyon bo`ladi. Barcha ishlarda u o`zini xotirjam tuta oladi, ammo biror kishi ishga halal bersa chidab turolmaydi. Ishdagi bunday uzilish xollarida u «ishdan soviydi», ishga befarqlik bilan, xafsalasizlik bilan qaray boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |