Shaxsning rivojlanishi tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Download 111.1 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2023
Hajmi111.1 Kb.
#1227870
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Tarbiyalash jarayoni Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tar­biyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib tug'ilmaydi.

Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.

Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyanyosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlardagi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha to'xtalamiz.

Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.

Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi.

Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi. O'yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur. Kichik maktab o'quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg'u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. chi bo'lsa, unda o'qish istagi yo'qoladi, maktab ta'limidan ko'ngli soviydi.


Download 111.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling