Soliq turlari
Xiroj, Tutun haqi-baxorda olingan(ko’chmanchilardan) Qo’ra boshi-qishda olingan(ko’chma), Yig’im solig’i-boylar va ularni qarindoshlarini bekka beradigan 9 buyumdan iborat inomi
Qo’qon xonligidagi mansablar
Qo’shbegi – u xonning birinchi maslahatchisi bo’lib, ayni paytda katta shaharlardan biriga mustaqil hokim etib ham tayinlangan. Chunonchi, Toshkent shahrini ma’lum bir vaqtda qo’shbegi boshqarganligi manbalarda qayd qilingan.
Parvonachi – mansabi ham o’z nufuzi jihatidan qo’shbegi vakolatiga teng bo’lgan.
Mingboshi – mansabi xonlikda birinchi o’ringa chiqqan.
Xudoychi – mansabidagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalarni qabul qilish bilan shug’ullangan.
Daftardor – xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor.
Sarkor – davlat xazinasiga tushadigan mahsulotlarni saqlovchi amaldor.
Shig’ovul – mansabdorlar ishi ustidan nazorat qilib boruvchi amaldor.
Muhtasib – shariat qonunlarining fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qiluvchi amaldor.
Do'stlaringiz bilan baham: |