1958- yilda Mirzakalon Ismoiliyning "Farqona tong otguncha" romani nashr etilib, shuhrat qozondi.Shu kezlari bolalar ijod uyidagi adabiy to’garakda Tohir dastlabki hikoyalarini o’qib berardi.O’zbek bolalar adabiyotining yirik namoyondalari Quddus Muhammadiy, keyinroq Qudrat Hikmat boshqargan bu to’garakni Tohir Malik "ijod maktabim", deb tilga oladi. To’garakdagi muhokamalarda yaxshi baho olgan uning hikoyalari "Gulxan" jurnaliga tavsiya etildi va nashr etildi. Shu bois yozuvchi "Men 1960 -yil iyun oyida tug’ilganman", deb hazil qiladi. - 1958- yilda Mirzakalon Ismoiliyning "Farqona tong otguncha" romani nashr etilib, shuhrat qozondi.Shu kezlari bolalar ijod uyidagi adabiy to’garakda Tohir dastlabki hikoyalarini o’qib berardi.O’zbek bolalar adabiyotining yirik namoyondalari Quddus Muhammadiy, keyinroq Qudrat Hikmat boshqargan bu to’garakni Tohir Malik "ijod maktabim", deb tilga oladi. To’garakdagi muhokamalarda yaxshi baho olgan uning hikoyalari "Gulxan" jurnaliga tavsiya etildi va nashr etildi. Shu bois yozuvchi "Men 1960 -yil iyun oyida tug’ilganman", deb hazil qiladi.
Maktabni 1963- yilda tamomlab, hozirgi Milliy universitetning kechki jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi.Kunduzi qurilishda duradgor, g’isht teruvchi bo’lib ishladi.1965- yili maktabda kimyo laboratoriyasida ishladi.Kunduzgi ish, kechki o’qish ijodga salbiy ta'sir qilmadi.O’qishdan qaytganda, tunlari ijod bilan shuqullanishda davom etdi. Ustoz-tog’aning: "O’zing yaxshi bilmagan narsani yozma", "Boshqalar yurgan yo’ldan yurma, ijodda o’z so’qmog`ingni top", degan ikki o’gitiga amal qildi. Bolalar uchun hikoyalar yozib, shu yo’lda badiiy ijod sirlarini o’rgangan Tohir Malik o’zbek adabiyotida kam e'tibor berilgan fantastika janriga aynan talabalik yillari qo’l urdi va bir qator asarlar bilan kitobxonlar e'tiborni o’ziga tortdi. Uning talabalik yillari yozilgan "Hikmat afandining o’limi" asari o’zbek adabiyotida fantastika yo’nalishida yozilgan birinchi qissa sanaladi. Shundan so’ng uning bu yo’nalishdagi bir qator hikoyalari, "Falak", "Somon yo’li elchilari", Tiriklik suvi", "Zaharli g’ubor" (keyinroq "Vasvasa" nomi bilan qayta ishlangan) qissalari, "Devona" romani (dastlab "Chorrahada qolgan odamlar" nomida nashr etilgan) "Qora farishta" kitobi e'lon qilindi va bu asarlar rus hamda chet tillarga tarjima qilindi. - Maktabni 1963- yilda tamomlab, hozirgi Milliy universitetning kechki jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi.Kunduzi qurilishda duradgor, g’isht teruvchi bo’lib ishladi.1965- yili maktabda kimyo laboratoriyasida ishladi.Kunduzgi ish, kechki o’qish ijodga salbiy ta'sir qilmadi.O’qishdan qaytganda, tunlari ijod bilan shuqullanishda davom etdi. Ustoz-tog’aning: "O’zing yaxshi bilmagan narsani yozma", "Boshqalar yurgan yo’ldan yurma, ijodda o’z so’qmog`ingni top", degan ikki o’gitiga amal qildi. Bolalar uchun hikoyalar yozib, shu yo’lda badiiy ijod sirlarini o’rgangan Tohir Malik o’zbek adabiyotida kam e'tibor berilgan fantastika janriga aynan talabalik yillari qo’l urdi va bir qator asarlar bilan kitobxonlar e'tiborni o’ziga tortdi. Uning talabalik yillari yozilgan "Hikmat afandining o’limi" asari o’zbek adabiyotida fantastika yo’nalishida yozilgan birinchi qissa sanaladi. Shundan so’ng uning bu yo’nalishdagi bir qator hikoyalari, "Falak", "Somon yo’li elchilari", Tiriklik suvi", "Zaharli g’ubor" (keyinroq "Vasvasa" nomi bilan qayta ishlangan) qissalari, "Devona" romani (dastlab "Chorrahada qolgan odamlar" nomida nashr etilgan) "Qora farishta" kitobi e'lon qilindi va bu asarlar rus hamda chet tillarga tarjima qilindi.
- Adib 20-asr avvalidagi o’zbek ziyolilari hayoti va faoliyatini o’rganib, Abdulla Avloniy hayoti misolida "Savoqil" (avval "Qaldirqoch" nomida nashr etilgan) romanini va Mirzakalon Ismoiliy xotirasiga atab "Ozod inson haqida qo’shiq" hujjatli qissasini yozdi. Bu mavzu keyinchalik "So’nggi o’q", "Ov" qissalarida davom etdi. "So’nggi o’q" asosida yetti qismli telefil'm yaratildi. Uning ma'naviy boylik masalalariga bag’ishlangan "Bir ko’cha, bir kecha", "Iblis devori", "Eng kichik jinoyat" asarlari ham kitobxonlarga manzur bo’ldi. "Iblis devori" asosida badiiy film suratga olindi. Adib insonning ma'naviy-ruhiy olamini tadqiq etishga ko’p e'tibor qaratdi va buning oqibati o’laroq "Jinoyatning uzun yo’li", "Kelinlar daftariga", "Halol nima-yu, harom nima", "Ayovsiz ilon", "Aql va Oqil", "Tilingni asra", "Mehmon tuyqular" (bu mavzu bir necha marta qayta to’ldirilib, "Iymonlashish umidi", "Tosh qalblarga nazar solinmas" nomlarida nashr etildi) ma'rifiy asarlari hamda uch kitobdan iborat "Odamiylik mulki" risolasi yozildi.
- Tohir Malik ijodida detektiv tarzi alohida ahamiyat kasb etadi.Adib bu yo’nalishga asos soluvchilardan biridir."Alvido, bolalik" va "Charxpalak" qissalari kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olinib, yillik mukofot bilan taqdirlangach, u "Shaytanat" romani ustida ish boshladi.Asarning to’rt kitobi o’n besh yil davomida yozilib, ko’p nusxada nashr etildi va yigirma qismli fil'm ishlandi. Yozuvchi asarga nuqta qo’yish erta deb hisoblab, 2011 yilda asarning beshinchi kitobini nashr ettirdi. Bu orada uning "Murdalar gapirmaydilar", "O’lim uchburchagi", "Talvasa" kabi asarlari yozildi.
- Yozuvchi asarlarini o’qigan kitobxon tasvirlangan eng yomon odamdan ham butkul nafratlanmaydi, aksincha, qismatiga achinadi.Nega shunday?Chunki yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalarini, ruhiyatlarini sinchiklab o’rganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi. Uni shu holga solgan sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yo’naltiradi.
- "Alvido, bolalik" va "Talvasa" yozuvchi ijodida alohida o’rin tutadi. Asardagi asosiy g’oya - hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. "Men o’smirlar va yoshlarning jinoyat ko’chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmayman,-deydi adib. -Bolalar aqloq tuzatish koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi.Ozod, erkin yashab, o’qib, hunar o’rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qanday tushib qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko’rinsa?! Men jinoyat olamini "Shaytanat", ya'ni "shaytonlar yetovidagi zulmkorlar olami" deb atab, "Ehtiyot bo’ling, jigarlarim, bu ko’chaga yaqin yo’lamang.Boshi berk bu ko’chaning adog’ida faqatgina azobli, xorli o’lim topasiz", demoq niyatida yozdim.Yozganlarimni ogohlantirish, deb qabul qilishlaringizni istardim".
- "Alvido, bolalik" sahnalashtirilib, Yosh tomoshabinlar teatrida 600 martadan ziyod o’ynaldi va hanuz namoyish etilyapti. Shuningdek, Andijon, Sirdaryo, Qashqardaryo teatrlarida ham sahnalashtirildi.
- Toqir Malik tarjimachilik sohasida ham qalam tebratgan. Karlo Gotssi, Lev Tolstoy, Fyodor Dostoevskiy, Vladimir Ikskul, Chingiz Aytmatov, Ahliyor Hakimov va turk hamda bulg`or adiblari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
- Adib kinodramaturgiya sohasida ham barakali ijod qildi. O’z asarlari asosida suratga olingan filmlar ssenariylarini yozish bilan birga "Akademiya", "O’rgimchak to’ri" badiiy fil'mlari hamda "Amir Temir davri adabiyoti", "Sohilsiz dengiz", "Moshtabib", "Varaxsha", "Zulmat saltanati" hujjatli fil'mlar ssenariylarini yozdi.
- Toqir Malik tahririyatlardagi faoliyatini talabalik yillari boshlagan. Hozir "Tong yulduzi" deb nomlanuvchi bolalar gazetasida adabiy xodim, bo’lim boshlig`i vazifasida ishladi. Universitetdagi o’qishi yakunlangach, harbiy xizmatda bo’ldi. So’ng respublika radiosida, "Cho’lpon" va G’afur G’ulom nomidagi nashriyotlarda, "Guliston", "Sharq yulduzi", "Yoshlik" jurnallarida bo’lim boshliqi, mas'ul kotib, Bosh muharrir lavozimlarida ishladi. Keyingi o’n besh yil davomida Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasida o’zbek tilidan dars beradi.
Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida o’tkazilgan so’rov asosida turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan G’afur G’ulom nomidagi mukofotlar bilan taqdirlangan.Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib "Maorif fidoyisi" unvoni berilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Do’stlik" ordeni va "O’zbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. - Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida o’tkazilgan so’rov asosida turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan G’afur G’ulom nomidagi mukofotlar bilan taqdirlangan.Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib "Maorif fidoyisi" unvoni berilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Do’stlik" ordeni va "O’zbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |