Yoritish
Shaharlarni va aholi yashaydigan manzillarni tashqi yoritishda maxsus fonarlar: RKU-125, RKU-250, SPOR-250, SVR-125, SVR-250, SPPR-125, SPO-200, NKU-200 shuningdek, DRL-125, DRL-250, LN-200, LN-150 va LN-100 qo’llaniladi.
5.1-rasm. Elektr fonarlarni ustunlarga o’rnatish
1-yog’ochli; 2-temirbetonli.
Ko’cha, yo’l, maydonlar va hokazo ob’ektlarni talabga muvofiq yoritish uchun fonarlar turi, soni va ularni joylashtirilishi loyihaga binoan tanlanadi. Ushbu fonarlar ko’cha, yo’l, maydonlarda yog’ochli yoki temir-betonli, balandligi 6.5 metr bo’lgan ustunlarda o’rnatiladi (5.1-rasm).
Yog’ochli ustunlar diametri 160-180 va 200 mm, uzunligi 11 metrga qadar, temirbetonli ustunlar esa loyiha asosida tayyorlanadi.
Topshiriq: Talabalar belgilangan hudud bo’yicha yo’ldagi muhandislik jihozlarini o’rnatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |