Sheraliyev Odiljon Shuxratjon o’g’lining


Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana29.09.2023
Hajmi2.06 Mb.
#1689869
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
talim tarmoqlari va ulardan foydalanish

Topshiriq. Topshiriq o‘qituvchiga masalalar qo‘yishga ruxsat beradi, bundan 
esa talabadan javoblarni elektron ko‘rinishda tayyorlash (ixtiyoriy formatda) va 
serverga yuklash talab etiladi. 
Talaba bajargan topshirig‘ini asinxron rejimda (qachon hoxlasa) bir yoki bir 
nechta fayllar ko‘rinishida yoki shu jumladan, yopishtirilgan fayllar bilan online 
rejimida jo‘natishi yoki tizimdan tashqarida topshirishi mumkin. Agar topshiriqqa 
javoblar jo‘natilsa, u holda o‘qituvchi elektron pochta orqali bajarilgan topshiriqli 
faylni kelganligi haqida xabardor qilinishi kerak. Topshiriqlarning bir necha tiplari 
mavjud bo‘lib, ular quyida keltirib o‘tilgan:
1. Bir nechta fayllar ko‘rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi har bir 
qatnashchidan ixtiyoriy tipli bir yoki bir nechta fayllarni yuklashga ruxsat beradi. 
Ular MS Word hujjatlari, tasvirlar yoki boshqa fayllar bo‘lishi mumkin. Talaba 
topshiriqqa javob berishda o‘rnatilgan fayllarning maksimal sonini yuklashi mumkin, 
ammo majbur emas. 


58 
2. Matn ko‘rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga matnli javobni 
yuborish imkoniyatini beradi va ish daftarini ishlatishga o‘xshaydi. 
Talaba javob matnini tahrirlashning oddiy vositalarini, shu jumladan HTML-
muharrirni ishlatib, tahrirlashi mumkin (forum yoki xabarni yuborish kabi). 
3. Fayl ko‘rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga javob sifatida bitta 
ixtiyoriy faylni yuborish imkoniyatini beradi. Masalan, surat, Word hujjati, arxiv yoki 
ixtiyoriy boshqa faylni. 
Saytdan tashqaridagi javob. Bu rejim topshiriq Moodle dan tashqaridagi 
berilganda foydali hisoblanadi. Masalan, pochta orqali yoki o‘qituvchi bilan shaxsan 
ko‘rishganda. 
Talabalar topshiriqni o‘qishi mumkin, ammo unga javobni matn ko‘rinishida 
ham, fayl ko‘rinishida ham yuborisholmaydi. O‘qituvchi esa boshqa tipli 
topshiriqlardagidek kabi, o‘zining xulosasini yozishi va baholashi mumkin. 
Ish daftari. Ish daftari talabaning konspekti, yozma nazorat ishining yoki 
referatning analogi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. 
O‘qituvchi talabalarga aniq mavzu haqida fikr bildirishni yoki aniq savollarga 
javob berishni taklif etadi. 
Talaba o‘zining javobini beradi va aniq vaqt davomida uni o‘zgartirishi va 
to‘ldirishi mumkin. 
So‘rov. So‘rov – bu oddiy instrument, u talabalarga savolning javobi sifatida bir 
nechta variantlardan iborat javoblardan birini tanlashiga ruxsat beradi. Talaba 
sichqonchani bosish orqali javobni tanlaydi. 
So‘rov maqsadi – ovoz berish yo‘li bilan talabalardan aniq savolga javob olish 
hisoblanadi, masalan, kurs haqida fikri. 

Download 2.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling