Sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir


Download 73.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana17.10.2023
Hajmi73.81 Kb.
#1705702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yangi-o-zbekiston-yangi-qo-shnichilik-markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-qo-shnichilik

www.scientificprogress.uz
 
Page 39
O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi 
uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 3018,5 million AQSh 
dollarini tashkil etdi. 
Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada 
rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. 
Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni 
ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy 
xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim 
shartlardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa 
barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan 
birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.Ikki 
mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma 
komissiya tashkil qilingan. 
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 501,9 million AQSH 
dollarini tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va 
do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha 
jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda. 
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama 
hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli 
sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam 
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2020-yil yakunlari 
bo‘yicha 527,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. 
Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini 
diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» 
transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki 
mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim 
yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-
kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama 
shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash 
uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 73.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling