Shermuhammadbek


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/24
Sana04.10.2020
Hajmi0.79 Mb.
#132501
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi


www.ziyouz.com кутубхонаси 
142
behisht rahmatiga olishini tilab qolaman. 
Yana bir buyuk zot, iftixorimiz, O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov shu ishga qo‘l 
urganimni bilib, yozuvchi Dadaxon Nuriy bilan u kishining huzurlarida bo‘lganimizda: “Judayam 
savobli, lekin murakkab vazifani zimmangizga olibsiz, barakalla, agar shu ishning uddasidan 
chiqsangiz, o‘zim shu kitobingizga bajonidil so‘z boshimi, taqrizmi yozib berardim”, deganlari hech 
qachon yodimdan chiqmaydi. 
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim... Sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, shonli tariximizda, aytsak 
tilimiz yonib ado bo‘ladigan, aytmasak dilimiz o‘rtanadigan holatlar borligidan iztirob chekaman. 
Tarixni o‘qigan, o‘rgangan, unga chuqur kirib borgan sari duch kelgan ayrim noxushliklar bizni 
qiynaydi. Bularning avvali— bizning bir yoqadan bosh chiqara olmaganimiz, bizning o‘zibek, o‘zim 
bekligimiz...  
Shuningdek, Gegel aytganidek: “Sharq xalqlari tabiatida bir-biriga zid ikkita xususiyat mavjud: 
hammaning ustidan hukmronlik qilish uchun hokimiyatga intilish hamda har qanday qullikka 
mutelarcha bo‘ysunish. 
“O’zim bek” masalasiga qaytsak, bir hududda joylashgan, tomiri bir, udumi bir, tilu dili bir, daryo-u 
arig‘i bir uch saltanat bir yoqadan bosh chiqarish u yoqda tursin, bir-biri bilan urush qilmay tura 
olmadi: 1732—33-yillarda Qo‘qon xonlaridan Abdurahimxon Samarqandni ishg‘ol qildi; 1818 yilda 
Amir Umarxon yana bir bor Samarqandni egalladi; o‘n yildan so‘ng Muhammad Alixon Sharqiy 
Buxoro hududidagi bir qancha bekliklarni bosib oldi; 1842 yilda Buxoro amiri Nasrulloxon Xo‘qandni 
bosdi; 1865 yilda Qo‘qon xoni amirlashkari Alimquli Toshkentda—Chimkentda jon olib-jon berib rus 
istilochilari bilan kurashib yotganda Buxoro amiri Muzaffariddin tomoshabin bo‘lib turdi, ertaga 
Chernyaev o‘zini ham dog‘da qoldirishi mumkinligini o‘ylashni xohlamadi, Alimqul shahid bo‘lgach 
esa, Xo‘qandga qo‘shin surib keldi... Eh, bularning qaysi birini aytay?  
Bularning hammasi biz turkistonliklarni Rusiya asoratiga tushishga, qariyb 130 yil podsho 
Rossiyasi va sovetlar zulmi ostida yashashga mahkum etdi. Biz axir inson farzandlarimiz-ku! Darvoqe, 
hayvonlar og‘ir paytda o‘zaro qirg‘inni to‘xtatishi tabiat qonunlaridan ma’lum: o‘rmonga o‘t ketsa, 
bo‘rilar kiyiklarni tinch qo‘yadilar. 
Afsus, manmanchilik va o‘zbilarmonlik oqibatida tanazzulga yuz tutdik. Allohning inoyati, 
mehribonligi, taqdirning saxovati bilan ozodlikka chiqdik. Hech kimdan kam bo‘lmagan xalqimiz 
buyuk davlat qurish uchun intilmoqda.     
Hurmatli kitobxonlar, biz qo‘rboshilar, Shermuhammadbek to‘g‘risida ushbu risolani baholi qudrat 
yaratdik. Avvallari ko‘plab risolalar yozgan bo‘lsakda, yashillik, tabiat va sargushtalik sohalariga 
bag‘ishlangan edi. Birinchi bor bu sohaga qo‘l urdik, shuning uchun xato va kamchiliklardan, albatta 
holi emas, zamonamiz tarixchilari, qalam ahllari bu borada bundan ham kuchliroq, bundan ham ilmiy 
dalillarga asoslangan asarlar yaratishlariga tilakdoshmiz.   
Oxirgi nuqtani qo‘yar ekanmiz, ozodlik yo‘lida kurash olib borgan barcha fidoyilarning oxiratlari 
obod bo‘lishini Allohdan tilab qolamiz! 

Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
143
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Komil Aliev. Qovoqxona namoyondasi. “Yer yuzi” jurnali. 1928y. 15-son 
2.  M.Abdurahmonov. Madaminbekning rafiqasi yoki marg‘ilonlik Saodatxon aya xotiralari. Yosh 
leninchi. 1990 y. 11 aprel. 
3.  Ali Bodomchi. 1917—1934 yillarda Turkistonda Milliy istiqlol harakati va Anvar Posho. 
Qo‘rboshilar. 1-jild. Istanbul. 1975y. 
4. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg‘usi. Toshkent, 2003y. 
5. Bobobekov Haydarbek. Qo‘qon tarixi. Toshkent, “Fan” 1966 y. 
6. Boymirza Hayit. Yorug‘ kunlar orzusida. “Jahon adabiyoti”. 1998y. 11-son. 
7. Boymirza Hayit. “Bosmachi”. 1917—1934 y. KLYoN 1992y. 
8. Bosmachilik: haqiqat va uydirma. “Sharq yulduzi”. 1991y. 3-son. 
9. Vorin. Mira i xleba. “Ferganskaya pravda”. 1922 g.№42. 
10. Sh.Doniyorov. Madaminbek kim edi? “Yoshlik”. 1991 y. 4-son. 
11. Zaki Validiy. To‘g‘on. Bugungi Turk eli—Turkiston va yaqin tarixi. 1-jild. Istanbul. 1949 y. 
12. Dadaboev Yahyoxon. Qatag‘on deparasi. Farg‘ona 2006 y. 
13. Ibodinov.A. Millatim—jonim mening: Xalq qahramoni Madaminbek hayot bo‘lganda 100 
yoshga to‘lardi. “O’zbekiston ovozi”. 1992 y. 11-mart. 
14. Professor Ibrohim Yorqin. Turkistonning buyuk mujohidi Shermuhammadbekni yo‘qotdik 
(1889—1970 yil 10 mart). “Turk kulturu” jurnali. Anqara. 1971 y. 99-son. 
15. Ibrohim Karim. Madaminbek. Toshkent. 1993 y. 
16. Istiqlolimizning tarixiy ildizlari. Davra suhbati. “Sharq yulduzi” jurnali. 1995 y. 11—12 sonlar. 
17. Kokand-kishlakskaya tragediya. “Izvestiya”, № 82, 21 fevralya 1919 g. Kokand. 
18. Muso Turkistoniy. Ulug‘ Turkiston fojiasi I—II qismlar. Madinai Munavvara. 1981 y. 
19. Majid Xasaniy. Turkiston bosqini. Toshkent, 1992 y. 
20. Prikaz Ferganskogo oblsoveta rabochix, soldatskix, krestyanskix i musulmanskix deputatov ob 
ob’yavlenii Ferganskoy oblasti na voennom polojenii. 9 iyulya 1918 g. “Izvestiya”. Fergana. 1918 g. 
№139. 
21. Rajabov.Q. Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash. 
22. Rajabov.Q. Haydarov.M. Turkiston tarixi (1917—1924 y.) T.Universitet. 2002 y. 168-bet. 
23. Shamsutdinov Rustam. Jasoratga to‘la hayot sohibi. Andijon, 1991 y. 
24.  Shamsutdinov Rustam. Shermuhammadbek hayotiga chizgilar. “Fan va turmush”. 24-sonlar. 
1995 y. 
25. Shamsutdinov Rustam. “Bosmachilikni qanday baholash kerak”. “Fan va turmush”. 3-son. 1995 
y. 
26. Shodmonqul Oston o‘g‘li. Milliy qahramonimiz kim? Turkiston. 1992 y. 21 fevral. 
27. O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. Tom 1—12. Toshkent 2000—2006 y.  
28. Mirnыe peregovorы s basmachami. “Krasnoarmeyskaya gazeta”. 1921g. № 33. 
29. “Ob uspexax Sovetskix otryadov v borbe s basmacheskimi bandami v Andijanskom uezde”. 
“Izvestiya” № 103. 11 aprelya 1919 g. g.Kokand. 
30. Prikaz Ferganskogo oblsoveta rabochix, soldatskix, krestyanskix i musulmanskix deputatov ob 
ob’yavlenii Ferganskoy oblasti na voennom polojenii 9 iyulya. 1918 g. “Izvestiya” Fergana 1918 g. 
№139. 
31. I.Solu. Kurshermat i avtonomiya. “Ferganskaya pravda”. 1922g. № 70  
32. P.Georgievich. Kurbashi i Sovetskaya vlast. “Krasnoarmeyskaya gazeta”. 1921 g. № 36. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling