Shermuhammadbek
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
shermuhammadbek qurboshi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOLXO’JA ESHON
- G’ORBUVO AFSONASI
MADAMINBEK Madaminbek (Muhammad Aminbek) Ahmadbek o‘g‘li 1892 yilda Marg‘ilonning So‘qchilik kasabasida qashshoqlanib qolgan bekzodalar xonadonida tug‘ilgan. Madaminbek Farg‘ona qo‘rboshilari ichida eng mashhuri bo‘lib, uning haqida qator kitoblar ham bitilgan. Madaminbek yoshligida otasiga yordam berib, yog‘ochdan turli buyumlar yasab sotib yurdi, keyinchalik bozorda hammollik, do‘kondorlik, karvonlarda sarbonlik qildi. Umuman u hayot maktabining dastlabki bosqichini bozorda o‘tadi. Savodi tuzuk bo‘lganligi uchun savdogarlar, zakunchilar, amaldorlar doiralariga ham kirib bordi. U o‘rta bo‘y, kelishgan, mo‘ylablari o‘ziga yarashgan, so‘zamol, “Mar- g‘ilonning do‘ppisini chakkaga dol qo‘ygan, beqasam to‘nni yelkaga tashlagan, baland poshna etik kiygan chapani yigit”, safdoshlari ichida eng o‘ktami edi. Jamiyatda shunday bir qonuniyat bor — kishining obruyi oshib, do‘stlari qay miqdorda ko‘paysa, uning dushmanlari ham doim yetarli bo‘ladi. Ana shu hasad Madaminbekni Sibirga surgun qildi. Madaminbek 1918 yil boshlarida Marg‘ilon militsiyasi boshliqligiga tayinlanadi. Muxtoriyat tugatilib, Qo‘qon qonga botirilgach, Madaminbek o‘z qo‘l ostidagi uch yuz yigit bilan milliy-ozodlik harakati yo‘liga o‘tadi. U Toshloq qasabasidagi G’orbuvo qishlog‘ini o‘ziga qarorgoh qilib olib, qizil gvardiyachilar bilan dastlabki janglarini boshlab yuboradi. Keyinchalik, G’orbuvoni Shermuhammadbek ixtiyorida qoldirib, qarorgohini Baliqchiga ko‘chiradi. Baliqchi vodiyning qoq markazi bo‘lib, ikki ulug‘ daryo: Qoradaryo va Norin qo‘shilib, Sirdaryo hosil bo‘ladigan joydir. Bu kasaba vodiyning to‘rt yirik muzofoti — Qo‘qon, Namangan, Andijon, va Marg‘ilon hududlari o‘zaro tutashgan, butun vodiyni nazorat qilib turish mumkin bo‘lgan, muhim strategik ahamiyatga ega joy edi. Madaminbek vodiyning turli yerlariga odam yuborib, ular orqali aholiga o‘z maqsadlarini: avvalo Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi www.ziyouz.com кутубхонаси 20 Farg‘onani, keyinroq, Alloh nasib etsa, butun Turkistonni bolsheviklar zulmidan ozod qilish, shariat oyoqosti qilinmaydigan jamiyat qurish, buning uchun esa qo‘lga qurol olib kurashish lozimligini tushuntirdi va kurashga da’vat etadi. Tez orada uning qo‘shini 4000 kishiga yetib qoldi. Unga Baliqchidan Boytuman hoji, Nayzaqayrag‘ochdan Solih Mahsum, Oq yerdan Qozoqjonbek, Qorako‘l- dan Hoshim polvon, Buloqboshidan Mulla Juman, Valikdan Mirkarimboy, Nurulla Mahsum, Abdullajon, Uchqo‘rg‘ondan Nazriddin Mingboshi, Loshmondan To‘xtaboy Ponsod, Qumariqdan Boltaboy Qo‘rboshi, Yozyovondan Yusuf Polvon, Qoratepadan Qurbonboy, Varzikdan Abdullajon Mahsum o‘z yigitlari bilan kelib qo‘shildilar. Madaminbek o‘zining o‘sib borayotgan qo‘shinida beboshlik, talonchilik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun qozi va muftiylar yordamida maxsus Nizomnoma tuzadi. Nizomnomada milliy-ozodlik kurashining g‘oyaviy yo‘li, maqsad va vazifalari bayon etiladi, hamda asosiy qismida kurash ishtirokchilariga qo‘yilgan talablar ko‘rsatiladi. Chunonchi: — behudaga qon to‘kmaslik; — o‘z hududida tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash; — talonchilik bilan shug‘ullanmaslik; — shariat hukmlari bo‘yicha ish tutish va h.k. Madaminbek yangi qo‘shilgan har bir qo‘rboshini mazkur Nizomnoma bilan tanishtirib, unga amal qilish uchun imzo qo‘ydirib olgan. Afsuski, bu muhim hujjat moziy qa’rida qolib ketdi. Uning biror nusxasi na arxivlarda, na odamlar qo‘lida saqlanib qolgan. Bu hujjatning mavjudligi haqida unga o‘zi ham imzo chekkan rishtonlik Abdusattor Kosatarosh marhum padari buzrukvorimizga so‘zlab bergan ekan. Madaminbek qo‘shinidagi yigitlar jasur, g‘oyaga sodiq jangchilar bo‘lsalarda, ularning aksariyati umrida pichoq, bolta-tesha, ketmon va panshaxadan boshqa qurol ishlatmagan, jang ko‘rgan bo‘lsada, katta harbiy operatsiyalarda ishtirok etmagan, jang taktikasidan bexabar bo‘z yigitlar edi. Mahalliy millat vakillari ichida harbiy mutaxassislar yo‘q hisobi. Shu tufayli Madaminbek o‘ylab-o‘ylab sobiq podsho Rossiya armiyasi zobitlaridan foydalanishga qaror berdi, illo, vodiyda qizil hokimiyatni tan olmagan, ularga qo‘shilmagani uchun ta’qibga uchragan harbiy mutaxassislar yetarli edi. Ular ham mavjud hokimiyatga qarshi kurashishni xohlar, vodiyning ruslar ko‘proq istiqomat qiladigan sharqiy qismida (Jalolobod, O’zgan) o‘z qo‘shinlarini tashkil etgan, bunday imkoniyat bo‘lmagan boshqa joylarda esa payt poylab yotar edilar. Madaminbek ularning huzurlariga odam yuborib, umumiy dushman, ya’ni, bolsheviklarga qarshi hamkorlikda jang qilish, birlashishni taklif qildi. Milliy-ozodlik harakati asosan islom bayrog‘i ostida ish ko‘rayotganligi rus ofitserlarini cho‘chitib turardi. Shu tufayli Madaminbek o‘z qo‘shinida diniy erkinlik e’lon qildi. Shundan so‘ng Osipov, general Muxanov, polkovnik Belkin (Kornilov), keyinchalik esa, Sharqiy Farg‘onada tarkib topgan krest’yanlar armiyasi qo‘mondoni general Monstrov unga qo‘shiladilar. Birinchi bo‘lib esa qizil armiya tarkibidagi maxsus Pomir otryadi qo‘shilgan edi. Bu otryad urushlarda chiniqqan, tog‘ sharoitida jang qilishga mohir yigitlardan iborat bo‘lib, “Bo‘ri galasi” degan nom orttirgan. Unga shtabs-kapitan Plotnikov boshchilik qilgan. O’zi aslida qirg‘iz bo‘lib, ruslar ichida tarbiya olgan va polkovnik darajasiga erishgan Sulaymon Kuchukov esa o‘z bo‘linmasi bilan bek qo‘shiniga kelib qo‘shildi. Rus ofitserlari Madaminbek qo‘shini shtabini boshqarganlar, yigitlarga zamonaviy jang usullarini o‘rgatganlar. Madaminbekning dastlabki janglari Marg‘ilon atroflarida, so‘ngra esa Namangan va Baliqchi oralig‘idagi Jiydakapa qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Bu jangda dastlabki xiyonat sodir etildi: Plotnikov boshchiligidagi Pomir otryadi qizillar bilan yarashish maqsadida ularga xat jo‘natganligi ma’lum bo‘lib qoldi. Qo‘rboshi Boytuman hoji buni sezib qolib, Madaminbekka xabar beradi. Madaminbek yetib kelib, otryadni qurolsizlantiradi. Biroq Plotnikovning buyrug‘i bilan qurshovdagi qizil gvardiyachilar Namangan tomon chekinishga muvaffaq bo‘ladilar. Keyingi janglar esa muvaffaqiyatli o‘tdi. Madaminbek Markaziy Farg‘onaning qishloq hududlarida o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Marg‘ilon shahri, garchi uning qo‘l ostida bo‘lmasada, Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi www.ziyouz.com кутубхонаси 21 bu yerga bemalol kelib ketadigan bo‘ldi. Madaminbekning dovrug‘ini yoygan katta, shiddatli janglar asosan 1919 yilda bo‘lib o‘tdi. Yil boshida u eng katta kuch — Safonov boshchiligidagi 20 ming kishilik jangchisi bo‘lgan Skobelev (xozirgi Farg‘ona) shahriga hujum qildi. Hujumning to‘satdan bo‘lganligi dushmanni gangitib qo‘ydi. Ko‘cha janglariga tob berolmagan qizil gvardiyachilar garnizon qal’asiga bir amallab kirib oladilar. Madaminbek qal’ani qamal qilish foydasizligini, tez orada butun vodiydan qo‘shinlar yordamga yetib kelishini oldindan bilgan holda, turmaga hujum qilib bosmachilikda ayblangan bir qancha kishilar va rus ofitserlarini ozod qildi hamda Farg‘ona qo‘shinlar qo‘mondoni M.V.Safonevni asir oladi. Skobelev jangi sovet qo‘shini, uning boshliqlari uchun katta saboq bo‘ldi. Ular, o‘z qarshilarida betartib, tarqoq to‘dalar emas, balki yaxshi uyushgan, salohiyatli sarkarda qo‘mondonlik qilayotgan muntazam armiya turganligini his etdilar. Madaminbekning dastlabki muvaffaqiyatlari uning obro‘-e’tiborini oshirdi. Musulmon lashkarboshilarining navbatdagi qurultoyida harakati sustlashgan Katta Ergash Qo‘rboshi o‘rniga Madaminbek “Amir Al Muslimin” etib saylandi. Xafa bo‘lgan Ergash Qo‘rboshi qurultoy qaroriga bo‘ysunmasligini e’lon qildi va o‘z holicha, hech kimga itoat qilmay kurashni davom ettirishni ma’lum etdi. Obro‘-e’tibor bilan birgalikda hasadguylar ham ko‘paydi. Uning qo‘l ostida jang qilayotgan To‘ychi, Qoraboy, Xolxo‘ja va yana ularga o‘xshash bir necha qo‘rboshilar qanday qilib bo‘lsada, Madaminbekning o‘rniga o‘zlari o‘tirishni, amiral muslimin bayrog‘ini o‘zlari tutishni orzu qilar edilar va bu yo‘lda yashirin yo‘l tutganlar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomirning Irkeshtom (Ergashtom) ovulida Madaminbek rahbarligida Farg‘ona Muvaqqat hukumati tuzildi. Madaminbek hukumat raisi va bosh qo‘mondon qilib tayinlandi. 1920 yil fevralida sovet qo‘shinlari Madaminbek, Shermuhammadbek qo‘shiniga qarshi o‘nlab samolyot, bronepoezd, katta miqdordagi to‘p pulemyotlar bilan hujumga o‘tdi. Harbiy tashabbus qo‘ldan ketganligini his etgan Madaminbek o‘z qo‘shini, yigitlarini saqlab qolish maqsadida yarash muzokaralarini taklif etdi, hamda u bilan diviziya boshlig‘i Veryovkin-Raxalskiy o‘rtasida 1920 yil 6 martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Taslim bo‘lganlarni avf etish haqidagi sovet hukumatining qarori chiqqan bo‘lsada, bolsheviklar tomonidan o‘ldirilgan Madaminbek o‘limining ertasi kuniyoq boshqa istiqlolchilarni ham shafqatsiz qirish boshlandi. XOLXO’JA ESHON Milliy ozodlik jabhasida ot surgan eng yirik, zabardast qo‘rboshilardan biri Xolxo‘ja Eshon edi. Muammoga oid ko‘plab tadqiqotlarda Xolxo‘ja Eshon eng yovuz, johil qo‘rboshi sifatida ta’riflanadi. Hatto sovet tarixchilari va adiblariga aksil jabhada turgan Shahobiddin Yassaviy kabi mualliflar ham uning salbiy xislatlaridan ko‘z yuma olmaydilar. Faqat turk yozuvchisi va jurnalisti Ali Bodomchining Turkiston Qo‘rboshilari mavzusidagi turkum maqolalaridagina u ijobiy shaxs sifatida qalamga olinadi. Xolxo‘ja Eshon shunday mashhur shaxs bo‘lgani bilan, uning 1917 yilgacha bo‘lgan hayoti haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Manbalarda, uning O’shlik ekanligi, Sharqiy Farg‘onada faoliyat ko‘rsatganligi, ayrim janglari tafsiloti yoziladi, xolos. Shuningdek, manbalarda Xolxo‘ja Eshon Madaminbek fojiasining bosh qahramoni sifatida qalamga olinadi. Xolxo‘ja Eshon 1918 yil oxirlarida o‘z yigitlari bilan Madaminbek qo‘shinining tarkibiga kiradi va o‘z mintaqasida faoliyat ko‘rsatadi. Fe’l-atvori, qarashlari boshqacha bo‘lgan bu ikki qo‘rboshi o‘rtasida ko‘pgina gap-so‘zlar bo‘lib o‘tadi. Madaminbek Xolxo‘jani intizomsizligi, axloqqa zid ayrim qilmishlari uchun bir necha oy qamatib qo‘yadi, sazoyi qildiradi. Bu esa Eshonda bir umrlik kek uyg‘otadi. Nima bo‘lganda ham, Xolxo‘ja Eshon zabardast, qizil gvardiyachilarga bir necha marta qaqshatgich zarbalar bera olgan kurashchi edi. Shuningdek, xalq milliy ozodlik kurashining boshlang‘ich davrida yuqorida o‘qiganingizdan tash- Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi www.ziyouz.com кутубхонаси 22 qari yana bir qancha yirik qo‘rboshilar maydonga chiqdilar. Andijondan Parapi qo‘rboshi boshchiligidagi Yunusbek, Isroilbek, Mahkam Hoji, Oxunjon, Mulla Abdurazzoq, Qozoqboy, Mirza tog‘a qo‘rboshilar. O’shdan Xolxo‘ja Eshon boshchiligidagi Sohib qori, Yo‘lchibek, Tesha ofitser, No‘‘monbek, Mulla Umrzoq, Said Ahmadbek, Yo‘ldosh polvon; Namangandan Omon Polvon qo‘l ostidagi Rahmonqulibek, Yo‘ldosh Chatoq, Sotvoldi Qozi, Ro‘zimuhammadbek, Hoji To‘rabek, Boytumanbek; O’zgandan Jonibek Qozi qo‘l ostidagi Shamsibek, Jamol, Qodir, Muhammad Ibrohimbek qo‘rboshilar. Oloydan Muhiddinbek qo‘l ostidagi Yangiboy Amin, Usmon Mingboshi, Bekmurod, Sarkor Ota, Mulla Siddiq, Nurmuhammad Mingboshi kabi qo‘rboshilardir. Endi, kitobimizning bosh qahramoni Shermuhammadbek haqida qalam yuritar ekanmiz, avvalo, uning bosh qarorgohi bo‘lmish G’orbuvo qishlog‘i haqida ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik. G’ORBUVO Marg‘ilonning Toshloq deparasida, uning cho‘lga ulanib ketgan eng chetida joylashgan bu qadimiy qishloq bir tarafi ekinzorlar, boshqa tarafi esa qamishzor va changalzorlar bilan o‘ralgan, o‘sha davr o‘lchami bo‘yicha o‘rtacha bir aholi maskanidir. Qishloqning qadimiyligini uning yaqinida joylashgan qal’a va rabotning tekislanib, deyarli yer bilan bitta bo‘lib ketgan vayrona qoldiqlaridan bilsa bo‘ladi. Uning atrofida Shilva, Ramazon, nariroqda esa Yakkatut, Bo‘ston, Yakkabed va boshqa qishloqlar joylashgan. XX asr boshlarida G’orbuvo rasmiy jihatdan Farg‘ona viloyat Marg‘ilon uezdi, shahar atrofi uchastkasining Yakkatut volostidagi Ramazon qishloq tarkibida turgan. Asrning boshlarida aholi ro‘yxatiga ko‘ra, G’orbuvoda 172 xonadon mavjud bo‘lib, 132 xonadon o‘z xususiy yer mulkiga ega bo‘lgan, qirq xonadon esa yersiz hisoblangan. Aholisi esa 686 kishidan iborat bo‘lib, shundan 393 nafari erkak, 293 nafari ayol edi. Qishloq Marg‘ilon shahridan 20 chaqirim, Gorchakova temiryo‘l stantsiyasidan 16 chaqirim masofada joylashgan. Ushbu mashhur qishloq nomi milliy-ozodlik harakati aks ettirilgan barcha manbalarda uchraydi. Uni tarixchi va yozuvchilarimiz Karbobo, G’arbobo tarzida qalamga olib keldilar. Xalqda esa u G’orbuvo degan nom bilan mashhur. Rus tilida yozilgan manbalarda, bu tilda “G’” tovushi bo‘lmaganligi tufayli Garbaba shaklida yozib kelishdi. Qishloqdan bir oz narida shu deparadagi uch-to‘rt qishloq uchun umumiy hisoblangan katta bir qabriston bor. Uning o‘rtasidagi bir tepalik etagida G’orbuvo ziyoratgohi joylashgan... Sovet hokimiyati yillari edi. Xizmat safari yoki sayri-sayohat yuzasidan Leningradga har borganimda u yerlik tanish bilishlarni bir-bir yo‘qlab qo‘yar edim. Navbatdagi safarlarimdan birida harbiyda birga xizmat qilgan bir zobit do‘stimnikida bir-ikki soat mehmon bo‘ldim. U sidqidil xizmati uchun Leningrad harbiy okrugi shtabiga o‘tkazilgan edi. Uning xotini sharqshunos bo‘lib, tasavvuf tarixi bilan shug‘ullanar ekan. Choy ichib o‘tirganimizda Lyudmila Borisovna (xotinining ismi sharifi shunday edi) savol berib qoldi: — Marg‘ilon shahri siz yashaydigan shahardan uzoqmi? — Yo‘q, unchalik uzoq emas, eng yaqin yo‘ldan yurilsa, yetmish kilometr ham chiqmaydi. — O’sha Marg‘ilon yaqinida Garbobo degan joyni eshitganmisiz? — Ha, u joy haqida ko‘p eshitganman va o‘qiganman. U joy “bosmachilar” urushi davrida (u vaqtlarda milliy-ozodlik kurashi degan ibora har joyda ham tilga olinavermas, faqat eng yaqin, ishonchli do‘stlar davrasidagina pichirlab aytilardi) antisovet kuchlarining yirik qarorgohi bo‘lgan. Nima siz ham bu urush tarixi bilan qiziqib qoldingizmi? Bilishimcha, sohangiz boshqa edi shekilli. — Yo‘q-yo‘q, bu joyning “bosmachilar” urushi davriga oid tarixi meni qiziqtirgani yo‘q. Bilasizmi, men o‘zim universitetda ishlasam ham, ishim yuzasidan arxivlar, ilmiy kutubxonalarda ko‘p bo‘laman. Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi www.ziyouz.com кутубхонаси 23 Saltikov-Shchedrin nomli xalq kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari bo‘limida chamasi o‘ntacha jildda (papkada) yirtiq-sirtiq qog‘ozlar saqlanadi. Ular turli kitoblardan tushib qolgan alohida varaqlar, bir qismi yirtilgan turli hujjatlardir. Ular shu tufayli ilmiy inventar hisobiga kiritilgan. Sharqshunoslarning ba’zilari bu papkalarga hazil tariqasida “turfa qog‘ozlar papkalari” deb nom qo‘yib olganlar, shunisi qiziqki, asosiy jamg‘arma materiallarida topilmagan ayrim faktlar va ma’lumotlar ayni ushbu papkalardan chiqib qoladi. Shu tufayli sharqshunoslar o‘z ishlari jarayonida, albatta, ularni ham ko‘zdan kechirib qo‘yadilar. Men ham shu papkalarni titib o‘tirib, Qo‘qon xonlaridan bo‘lmish Norbo‘tabekning bosh vaziri Xonxo‘ja tomonidan Marg‘ilon viloyati Toshloq deparasidagi G’orbuvo qishlog‘i yaqinida joylashgan Xoja Pirmuhammad Qalandar mozoriga berilgan vaqf mulki haqidagi “Vaqfnoma” deb nomlanadigan hujjatning bir parchasini topib oldim. Hujjat chamamda to‘rt buklangan holatda qaerlardadir uzoq saqlangan. Vaqt o‘tishi bilan buklov chizig‘idan yirtilib, mazkur papkaga uning to‘rtdan bir qismigina tushib qolgan. Qalandarlik sohasi mening ilmiy ishimga yaqin bo‘lganligi uchun bu qalandarning shaxsi haqida ma’lumot izladim. Aynalib-o‘rgilib, kichik, uzuk- yuluq ma’lumotni yana shu papkalarning biridan topdim. Ma’lumki, Turkiston va Eronda avliyolar, zohidlar, obidlar, shayxlar va qalandar-darveshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan umumiy nomi “Tazkirat ul avliyo” bo‘lgan asarlar (avliyolar haqida yodnomalar) yaratilgan. Bu asarlarning ayrim varaqlari ham mazkur parishon qog‘ozlar papkasiga tushgan ekan. Ushbu varaqlarning birida Xoja Pirmuhammad Qalandar shaxsi haqida kichik bir ma’lumot bor ekan. Ma’lum bo‘lishicha, Xoja Pirmuhammad XVIII asrning birinchi yarmida Farg‘onada yashab o‘tgan bo‘lib, “Qodiriya” sulukiga mansub zot ekan. Garchi u yoshligiga qaramay, ilmda, tariqatda shayxlik darajasiga yetishib qolgan bo‘lsada, qalandarlik jubbasini tashlamagan ekan. U XVIII asrning qirqinchi yillarida qalmoq bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda asir olinib, qatl qilingan ekan. Bu qalandar shaxsi haqida boshqa hech narsa topa olmadim. Bu borada so‘z ochishimdan maqsad shu ediki, siz rahbar odamsiz. Xizmat yuzasidan vodiyda ko‘p yursangiz kerak. Shu ulug‘ odam (agar shunchalik ulug‘ bo‘lmaganda, xonning vaziri uning qabriga g‘amxo‘rlik qilarmidi?) haqida xoh yozma, xoh og‘zaki ma’lumot qo‘lingizga tushib qolsa, menga bir nusxa jo‘natishingizni iltimos qilgan bo‘lar edim. Xayolimdan ko‘tarilmasligi uchun qalandarning nomini bir parcha qog‘ozga yozib berdi. Leningraddan qaytgach, taqdir meni Qo‘qonning katta qabristonidagi xonaqohlardan birida istiqomat qilib turgan Haydarquli Qalandar bilan uchrashtirmaguncha Lyudmila Borisovnaning iltimosini qoniqtiradigan biror bir ma’lumot topishni nasib etmadi. U kishi xaqida menga do‘stlarim darak berib – “qalandarlar tarixini hech kim Haydarquli buvodan ko‘p bilmasa kerak” – dedilar. Darhaqiqat, Haydarquli Qalandar tasavvuf tarixini, qalandarlar hayotining katta bilimdoni ekan. Bir umr qalandarlik qilib, 1960 yillarda faoliyatning bu turi taqiqlangach, qabristondan nonini topib yeb yurgan. Shu kishini uyga olib borib, mehmon qilgach, Xoja Pirmuhammad Qalandar shaxsi, u kishi dafn etilgan G’orbuvo mozori haqida so‘radim. U kishi menga butun bir afsona so‘zlab berdiki, kitobimiz mavzusi G’orbuvo emas, milliy-ozodlik harakati bo‘lganligi tufayli, uning qisqa bayoninigina keltirib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Xalq og‘zaki ijodi antiqa bir ro‘yo: unda afsona, ilohiy kuch, sehr aralashmagan birorta syujet topish qiyin. Shu tariqa, G’orbuvo rivoyati ham afsonaviy unsurlardan holi emas. G’ORBUVO AFSONASI Roviylar andoq rivoyat qilurlarkim, Xo‘qand shahrida Xoja Pirmuhammad ismli bir qalandar istiqomat qilur edi. O’zi maxdumzodalardan (Maxdumi A’zam avlodlaridan) bo‘lib, Allohga ishqi nihoyatda otashin erdi, “Xu” (“Xu”—Allohning tasavvufdagi nomi) deganda dimog‘idan otash chiqur edi. Samarqand Daxbedida tariqat yo‘lini o‘tab, irshodnoma ham olgan, tariqatda xalifalik darajasiga yetgan. Xotuni va go‘dak bolasi qorachechakdan vafot topgach, qalandarlik jubbasini kiyib, xonaqohga Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi www.ziyouz.com кутубхонаси 24 chiqib ketgan erdi. O’zi nihoyatda ko‘rkam, xushsurat yigit bo‘lib, qancha-qancha boyu-boyon, bek- amirlar odam qo‘yib, o‘z qizlarini peshkash qilsalarda, rad etgan erdi. Zamoniki keldi, Chinmochin mamlakatiga qo‘shni bo‘lib yashab turgan jung‘or xalqi yerlari Chinmochin tomonidan bosib olina boshlandi. Jung‘orlar oldiniga Ili, Yettisuv, Oqsuv, Qoshg‘ar tomonlarga qabila-qabila bo‘lib bosib keldilar. Keyinroq esa Talas va Qoshg‘ar orqali Farg‘onaga ham kirib keldilar. Farg‘ona xalqi mudofaa kurashiga qo‘zg‘aldi. Xo‘qand xoni Abdulkarimbiy qo‘shin to‘plab, shaharlarni qo‘riqlashga yubordi. Qalandarlar ham bu kurashdan chetda turmadilar, Ular bir qo‘lda aso, bir qo‘lda qilich tutib, xalq lashkariga qo‘shildilar. Xoja Pirmuhammad ham xonaqohni tark etib, qo‘liga qurol oldi. Jung‘orlar ham mo‘g‘ullarga o‘xshab, har qanday holatda: yaylovdan-yaylovga ko‘chishda ham, urush holatida ham urug‘ aymoq, bola-chaqasi bilan yurar, erkaklari oldingi safda bo‘lsa, xotin-bola chaqalari qo‘shin orqasidagi o‘g‘ruq (oboz) da kelar edi. Jung‘or qo‘shinining bir qismi Yozi-Yobon orqali Marg‘inonga yaqinlashib qoldi. Mudofe’lar (mudofaachilar) ularning yo‘lini to‘sish uchun chiqdilar. Marg‘inondan uch-to‘rt tosh masofada qattiq janglar boshlanib ketdi. Jung‘or qo‘shinining bu qismiga jung‘or xonlaridan birining bevasi Chechek Xotun boshchilik qilar edi. Eri Ili yonidagi janglarda halok bo‘lgach, erining o‘rniga jung‘or xoqonining ruxsati bilan shu xotin o‘tirgan edi, zero, Chechek xotun o‘zining salohiyati, jangovarligi bilan erkaklardan qolishmas, hatto ulardan o‘tib tushar edi. Eri halok bo‘lgach, unga ko‘plab jung‘or xonlari, hatto xoqonning ukasi ham talabgor bo‘ldilar, biroq ularning birortasiga ham yuragi jiz etmadi. O’lgan eridan ham ko‘ngli to‘lgan emas. Uning nazaridagi, orzusidagi er nafaqat botir, kuchli, jangovar, balki axloqli, go‘zal, ilmli bo‘lishi kerak edi. Chechek xotun ba’zan o‘zi ham jangda qatnashar, ba’zan biror tepalikka chiqib olib, o‘sha yerdan turib jangni boshqarardi. Janglardan birida Chechek xotun Xoja Pirmuhammad bilan to‘qnash kelib qoldi. Malika Xojani ko‘rdi-yu o‘zini yo‘qotdi: Xojaning ko‘zlaridan, yuzlaridan nuri ilohiy to‘g‘ri malikaning qalbiga yo‘l topib kirib, o‘zining fikri-xayolidagi, orzusidagi erkak ishqida qovjirab yotgan yuragini alanga oldirib yubordi. Beixtiyor ko‘ksidan qalqoni, qo‘lidan qilichi tushib ketdi. Ko‘zi tinib, gandirakladi, gandiraklaganda boshidagi dubulg‘asi ham yumalab ketib, kokillari parishon bo‘ldi. Xoja uning ayol ekanligini, qo‘lidan quroli tushib ketganini ko‘rib, qilich ko‘targan qo‘llarini pastga tushirdilar. Shu payt dovul chalinib, har ikki qo‘shin qilichini qiniga solgancha o‘z qarorgohiga qaytdi. O’sha paytdagi janglar halol, mardona bo‘lib, dovul chalib jangga kirilar, dovul chalib jang to‘xtatilardi. Dovul ovozi kelishi bilan dushman boshi ustida o‘ynagan qilich qayta qinga tushishi, raqibini bo‘g‘ib turgan jangchi uning tomog‘idan changalini bo‘shatishi shart edi. Ushbu jangda Chechak xotunning qayin singlisi Zeberdet ham ishtirok etgan bo‘lib, u ham Xoja Pirmuhammadni bir ko‘rishda oshiq bo‘lib qoldi. Uning eri jung‘or xoqonining tumanboshilaridan bo‘lib, qari, ko‘rimsiz kishi edi. Zeberdet unga xizmatlari uchun mukofot tariqasida berilgan, eridan qoniqmagan juvon boshqa ko‘rkam, yoshroq lashkarboshilar bilan don olishib yurar, buni ko‘pchilik bilsada, eri bilmas edi, xolos. Ertasi kun jangga dovul cholingach, Chechek Xotun o‘z lashkarboshilari bilan bir do‘ng ustiga chiqib, Xoja Pirmuhammadni ularga ko‘rsatib; — Anovi jangchini yaxshilab tanib olinglar va cheriklaringizga tayinlanglar-ki, uni o‘ldirib qo‘yishmasin. Bir amallab ozor yetkazmay asir olinglar. Ko‘p o‘tmay Chechek Xotunning xos navkarlaridan bir nechtasi uchi sirtmoq qilingan arqonlarini tayyorlab, jang qizib turgan joyga, Xoja Pirmuhammadga yaqinlashib bordilar. Arqon tashlashda jung‘orlarning oldiga tushadigani kamdan-kam topilsa kerak. Navkarlar har tomondan Xojani o‘rab kelib, baravariga arqon tashladilar. Xoja besh-olti sirtmoq ichida qimirlamay qoldilar. Navkarlar Xojani arqon bilan sirmab, qarorgohga yetkazib kelib, bir o‘tovga qo‘ydilar va poyloqchilikka turdilar. Jang nihoyasiga yetib, dovul chalingach, Chechek Xotun Xojani banddan bo‘shattirib, o‘z chodiriga oldirib keldi va mehmon qildi. Bu mehmondorchilikda Chechek Xotun o‘z maqsadini bayon etmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling