S H E R M U H A M M A D M U N IS Shermuhammad Avazbiy o'g'li Munis XIX asming I yarmi o‘zbek adabiyotining peshqadam, rahnamo vakillaridan biridir. 1778 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida dunyoga kelib, vabo tufayli atigi 51 yoshida hayotdan ketgan bu buyuk iste’dod sohibi ulkan meros qoldirdi. Uning zabardast shoir, iste’dodli muarrix, xattot sifatida yaratgan asarlari o'tmish merosimizning yorqin sahifalarini tashkil etadi. Shoiming «Munis ul-ushshoq» devonida o‘n ikki ming misraga yaqin she’r mavjud. «Firdavs ul-iqbol» nomli asari o‘rta asr tarixnavisligining Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'oziy asarlaridagi eng yaxshi an’analarini o‘zida mujassam etgan. Uning xattot sifatida kitobat qilgan asarlari, taijimalari, ma’rifiy- pedagogik asarlarining ahamiyati ham katta. U, ayniqsa, badiiy ijodi bilan XIX asiga kelib ко‘tarilish jarayonidagi Xorazm adabiy muhitiga
Do'stlaringiz bilan baham: |