Sherquziyev iqboljonning korporativ huquq va tadbirkorlik asoslari fanidan oraliq nazorat ishi


Kuzatuv kengashi tarkibi, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar


Download 21.08 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2023
Hajmi21.08 Kb.
#1400649
1   2   3
Bog'liq
Korporativ huquq va tadbirkorlik asoslari. Oraliq nazorat. Sherquziyev,I

Kuzatuv kengashi tarkibi, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar
Kuzatuv kengashi ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kuzatuv kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha a’zolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Kuzatuv kengashi, qoidaga ko‘ra, Kuzatuv kengashi raisi (hamraisi), raisning o‘rinbosari, kotib va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Kuzatuv kengashining soni toq bo‘ladi. Kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi va rahbariyatidagi o‘zgarishlar, qoidaga ko‘ra, bir yilda bir marta amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Institut rektori lavozimiga ko‘ra Kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi. Institut rektori Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kuzatuv kengashi tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘ladi.
Institut rektori va prorektorlari lavozimga tayinlanishi yoki ozod qilinishi bo’yicha Kuzatuv kengashi tavsiya kiritadi.
3. Korporativ nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablar va korporativ nizo ishtirokchilari.
Korporativ nizolar - xususan, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 30-moddasida ushbu toifadagi nizolar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:
- yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar;
- xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar, bundan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
- yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi daʼvolari bo‘yicha nizolar;
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan, emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo‘yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog‘liq nizolar;
- qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
- yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi nizolar;
- yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar korporativ nizolarga kiradi.
Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling