Shevalarning fonetik xususiyatlari


Download 149.5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi149.5 Kb.
#1006079
Bog'liq
ozbek shevalari


Oʻzbek shevalari.Milliy til va adabiy til
Reja

  1. O’zbek shevalaridagi va adabiy tildagi unlilar munosabati.

  2. Adabiy til haqida tushuncha.

3.Nutq madaniyatini egallashning usul va yo’llari

Adabiy til va shevalarni o’rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham unli tovushlar tarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma bo’limlarini bir - biriga bog’lab o’rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to’g’ri tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so’z yasash, leksikasida esa so’zlarning ma`nolarini o’rganish, so’zlarning turli – tuman shakllarini aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvur etish qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalar uchun muhimdir.


Qarluq - chigil – uyg’ur lahjasida unli tovush uyg’unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko’p emas, unlilar fonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita (‘, e, u, o), Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg’ilon shevasida ettita unli (`, a, o, u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalar sifat jihatidan farqlanadi. o’zlariga xos xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalarining unlilar tarkibida ham oltitadan unli fonema bo’lib, ular miqdori jihatdan Toshkent va Samarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi ayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnob shevalarida unlilar Toshkent shevasidagi singaridir, Qo’qon va Marg’ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan shahar shevalaridagi unlilarning ko’plari g’arbiy Samarqand qarluq – chigil – uyg’ur shevalarida ham qo’llaniladi, ba`zilarida esa uchramaydi.
A) Bu guruh shevalaridagi … fonemalarining qo’llanilishi Toshkent shevasidagi fonemalarning qo’llanilishiga mos keladi;
B) Yuqoridagi guruhni tashkil etuvhi shevalardagi ikki unli fonema o’rnida Marg’ilon shevasida uch fonema ( . . a ) qo’llaniladi;
V) `, e, o, u fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham bir xil ishlatiladi.
G) Namangan shevasidagi .. unli fonemasi g’arbiy Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shevalarida uchramaydi.
Qipchoq shevalarida 10 ta unli fonema qo’llaniladi:
a - e, o - e, u - u, iu - i, s - e. Bu shevalarda unlilar ohangdoshligi hodisasi saqlangan, lab va qisman ohangdoshligi mavjud. Shunga ko’ra, unli fonemalarning sakkiztasi juft holda qo’llaniladi. Bu o’zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiy xususiyatga ega. Bunda ularning ba`zilarida hali s fonemasining to’la shakllanib etmaganligini qayd etish mumkin. Natijada s va a unlilarning almashinib qo’llanish holatlari ko’zga tashlanib turadi. Shunday qilib,shevalarning materiallarida tovushlarning o’zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o’rin almashish yoki kuchsizlanish kabi hodisalarning nutq jarayonida hosil bo’lishi, ohangdoshlik, undoshlarning o’rin almashishi, assimilyasiya, dissimilyasiya, qo’sh undosh kabilarni qamrab oladi.
FONETIK JARAYONLAR. PROTEZA

Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang’it, Xitoy, Qirq, Saroy, Nayman, usmjniy - turk, Xo’jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg’ur, qipchoq hamda o’g’uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbu shevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(r hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar ) so’zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug’dirishi uchun titroq r va boshqa xil sirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi. Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf, `r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq) kabilar. Adabiy tilda ro’mol, r o’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzida qo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal, roza tarzida qo’llaniladi.


Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`ni stol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va uster deb qo’llaniladi.
Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlab o’tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariq tumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so’zning oldida bir unli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi, Vodil, Parkent singari o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi.

EPITEZA

Epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda mavjud bo’lib, ular Qarnob, Ispanza, Baxmal, Saroy, Qirq, Mang’it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo’rg’on kabi shevalar vakillarining talaffuzida aniq seziladi.
Masalan, o’zbek adabiy tilidagi bank va propusk so’zlari Urgut va Ispanze shevasida banka, propuska tarzida qo’llaniladi, yoki Qarnobliklar bu so’zlarni benke, proposke deb talaffuz etadilar. Parkent shevasining vakillari bonke hamda propuske tarzida talaffuz etadilar.
O’zbek tilining Mang’it hamda Vodil shevalarida mazkur hodisa bir muncha chegaralangandir. Masalan, Vodil shevasi vakillirining talaffuzida boshqa shevalardagi kabi otpuskege elbete boremen, bonkeden piuld`old`zm` kabi so’zlardagina uchraydi.
Epiteza hodisasi Samarqandda: ucheske - uchastka, otpuske - otpusk, kabi; Qarnobda: `sp`ske - spisok – ruyxat, benke - bank, k`eske - uchastok singari; Urgutda; kiyeska - kiosk, otpuska - otspuk,banka- bank kabi.
Yuqoridagilar kabi epiteza hodisasi Andijon shevasi vakillarining nutqida ham uchraydi. Masalan, otspuk (ad. imloda: ta`til) – etpuska, uchastok – uchestke - uchesteke, kios - k`eske, propusk - p`ropuske.
Epiteza hodisasini qator o’zbek shevalarida uchratganimizdek, o’zbek adabiy talaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog’imiz lozim. So’z oxirida qatorlashib kelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo’shib talaffuz qilinadi. Bu hol ko’pincha undoshlarning sk, nk.shakllaridan so’ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank - blanka, tank - tanka, bank- banka kabi.
Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o’zbek tili imlosi me`yori qonunlashganiga qadar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so’zlar faqat lahja va shevalar bilan bog’lanar edi. 1956 -yildan boshlab o’zbek adabiy tili qoidasi qabul kilindi va to’la rasmiy tus oldi.
Qisqasi, epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda ko’proq mavjud bo’lib, o’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi.

EPENTEZA



Epenteza hodisasi o’zbek tilining hamma shevalarida qo’llaniladi. ayniqsa, Qarnob, Xo’jatug’, Qang’li, Baxmal, Mang’it, Ming kabi shevalarda esa u yanada oydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so’zi Qarnob shevasida esa duvir shaklida uchraydi.
Qiyos kiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot, tirektir, tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay.
O’zbek tilining Kattaqo’rg’on va uning atrofidagi shevalarda ham xuddi Qarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli saqlangan. Masalan, `skelet - skalad, kensert - koncert kabi.
Yuqoridagilar singari fonetik hodisalarni G’allaorol tumani Qang’li qishloq shevasida ham ikki undosh o’rtasida bir i unli fonemasining orttirilib talaffuz qilinishini ko’ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft- kepit kabi.
Shuningdek, o’zbek tilining qipchoq shevalari vakillarining talaffuzida ham i, a, u unlilari chetdan qabul qilingan so’zlarda orttirilib talaffuz qilinishi xosdir. Masalan, rus tilidan qabul etilgan traktor - tirektir taraktiur, krovat` – kerevot kerevet, plenum - pilinum pul`num, zveno - zuvine z`v`ve kabi so’zlarda ko’rinadi.
Epenteza hodisasi birgina o’zbek xalq shevalari uchun xos bo’lib qolmasdan, balki boshqa turkiy tillar uchun ham xosdir. Masalan, yoqut tilida birat - mladshiy brat, kilass – klass, kulus – klyuch, kiurabaat – krovat`, yoqut tili shevalarida esa ispiravka – spravka, pumala - smola kabilar uchraydi.
Epinteza bir shevada ko’proq mavjud bo’lsa, ikkinchisida nisbatan kamroq bo’ladi.
Ma`lumki, o’zbek adabiy tilida yonma - yon kelgan ikki undosh tovush o’rtasida qipchoq shevalarida, ayniqsa, Mang’it shevasida `, a, u, singari unli tovushlarni qo’shib talaffuz qilinadi. Masalan, aks - ekis, asl-es`l, kasr - kos`r, akl - akiul, krovat` - kerevet kabi.
Biroq, o’zbek tilining Vodil shevasida esa bu hodisa nisbatan kamroq uchraydi. Bori ham so’z o’rtasi va so’z oxirida yonma-yon kelgan undoshlar orasiga bir unli qo’shib talaffuz etish natijasida vujudga keladi. Masalan, o’g’limni konspekt daftari yo’q kabi.
Qisqasi, epenteza hodisasi maktab, maorif va matbuotning ta`siri tufayli o’zbek xalq shevalarida tobora chegaralanib bormoqda. Ular hozirgi kunda keksalar nutqida uchraydi. O’quvchi, talaba va boshqa ma`lumotli kishilar nutqida borgan sari kamayib bormoqda.
SINKOPA
Sinkopa hodisasining hosil bo’lishi bevosita urg’u masalasi bilan bog’langan bo’ladi. Urg’usiz bo’g’inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi. Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O’zbek tilining Kattaqo’rg’on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang’it kabi shevalarini va o’g’uz lahjasini olaylik. Bu shevalar vakillarining talaffuzida ayrim so’zlardagi ba`zi tovushlarni ishlatmaslik hollari (sinkopa) ko’plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona – biblioteka – bubleteke, billiard – bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo’llaniladi.
Shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarining ikkinchi bo’g’inidagi i, iu, u, u unlilar talaffuzda bevosita tushib qolishi natijasida vujudga keladi. Masalan, chaqiraman – chaqraman, yuguraman – yugremen, o’tiraman – otraman kabi.
Yuqoridagi kabi buyin, og’iz, egin, burun, korin kabi so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi unli tovush shu so’zlarga yangi bo’g’inlarga egalik qo’shimchasi qo’shilgach, urg’uning bevosita yangi bo’g’inga ko’chishi bilan kuchsizlanadi va tushib qoladi. Bu adabiy til uchun xosdir. Masalan, buyin – buyni, og’iz – og’zi, egin – egni, burun – burni, o’rin – o’rni, qorin – qorni kabi. O’zbek xalq shevalari materiallarida bu hodisa keng ko’lamda ishlatiladi.
Sinkopa hodisasi o’zbek tilining qipchoq hamda qorluq-chigil- uyg’ur lahjalari materiallarida ko’p hollarda bir xil xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, adabiy tilda «xaridor» so’zi qipchoq shevalarida hardar – hariudar, Toshkent shevasida xerder, Namangan shevasida xerdor shakllariga ega bo’ladi.
Shuningdek, so’z o’rtasida yonma-yon kelgan ikki unlidan biri kuchsizlanadi va ikkinchisi cho’ziq talaffuz qilinadi. Yuqoridagi holatlar turli o’zbek shevalari materiallarida uchraydi. Lekin sinkopa o’zbek adabiy tili tarixi taraqqiyoti bosqichida mavjud bo’lib, adabiy til uchun o’ziga xos xususiyat hisoblanadi.

UNDOSHLAR TARKIBI.


O’zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi. Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo’llanil-maydi.Shevadagi c, f, j undoshlari shular jumlasidandir. O’zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s undoshlari tarzida ishlatiladi. Shevalarda mustaqil fonema sifatida k o’zga tashlanmaydi va p undoshi bilan almashinib keladi. U ba`zi bir yachiy hamda undov so’zlarda hamda o’zlashtirilgan bir necha so’zlarda ham uchraydi, holos. Samarqand – Buxoro shevalari esa bundan mustasnodir. Adabiy tilimizdagi j undoshi shevada j va j deb ikki xilda qo’llaniladi.
J – undoshi boshqa tillardan fors, arab va rus tili orqali kirib kelgan ba`zi bir so’zlardagina keladi. J undoshi qipchoq guruhi shevalarida ko’proq ishlatiladi. Qipchoq guruhini tashkil etuvchi shevalarning ayrimlarida x tovushi o’rnida k, boshqa bir xildagi shevalarda esa k undoshi o’rnida k undoshi keladi. qolgan undosh tovushlarning hammasini o’zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Ularda uchraydigan ayrim o’zgarishlarga duchor bo’lib turadi.

FONETIK JARAYONLAR.


ANAKOPA.
Anakopa so’z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu fonetik hodisa o’zbek lahja vaShevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss, mm, zd, st kabi undosh fonemalar o’zaro birikib kelganida, o’sha biriktirilgan undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi. Masalan, gramm – g`rem, poyezd – poy`z kabi.
Ba`ziShevalarda bir bo’g’inli so’zlar oxirida ham anokopa hodisasi uchraydi: to’rt – to’r, qasd – qas, rost – ros, kel – ke, do’st – do’s, g’isht – g`sh kabi.
O’zbek xalqShevalari vakillarining talaffuzida qator unlilarning so’z oxirida keladigan t undoshi talaffuzda tushib qolishi xosdir. Samarqand viloyatidagi UyshunShevasida: dust – dos, gusht – gosh, YomShevasida: gusht – gosh, poytaxt – poytax; VodilShevasida: Toshkent – Toshken, juft – jup; Farg’ona, Andijon, Qo’qonShevalarida: kaft – kep; UrgutShevasida: gusht – gosh, payvand – payvan; SamarqandShevasida: Samarkan, posh`s, darax; Bulungur tumani YAngiravot qishloqShevasida: pas – pes, gisht – giush, Toshkent – Teshken, gusht – gosh tarzida talaffuz qilinadi.
ASSIMILYATSIYA.Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta’sirida yumshalishi, jarangli va jarangsiz bo’lish, paydo bo’lish o’rniga ko’ra o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to’liq va qisman deb farqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odat tusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo’llanmalarda shu holga rioya qilinadi.

  1. Progressiv assimilyaciya. Bunda so’zlarda oldingi tovushning bevosita ta`siri natijasida keyingi tovush o’z xususiyatini o’zgartiradi va oldingiga o’xshash tovushga aylanadi. Masalan, ld – ll: soldat – sollat, td – tt: o’tdi – o’tti, nd – nn:shundan –shunnan – unnan kabilar.

Ular Toshkent, Namangan, Qarnob, Yom, Nayman, Xorazm, Uychi, Baxmal, Burko’t, Qang’li, Urgut, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Ispanza, Yangiravot kabi shevalarda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur hodisaning tarqalish doirasi bir xil emas.
qorluq-chigil- uyg’ur guruhi shevalarida Kattaqo’rg’on shevasi vakillarining talaffuzida esa mazkur hodisa ko’proq uchraydi. hatto, Shevachilikda eng kam tajribaga ega bo’lgan kishi ham buni tezda farqlay oladi. Masalan, bo’ldi – boll`, oldi – oll`,shunday –shunnayey, nonday – nonney, indamay – innemay, bu yokka – bakka, sandan – sennen, jondan – jonney, sanday – senney kabilar.
Progressiv assimilyatsiya Samarqand viloyati Ming hamda Uyshun shevalari vakillarining talaffuzida ham mavjud. Masalan, aldadi – elledi, soldat – sollat; Saroy, Mang’it, Xitoy, Nayman shevalarida: ishim tuvriu dep mani allama; avkattiu tes – tes jeger; jetti olchep bir kes degan maqol bor; exmet xemme nerselerni sattiu va boshqalar.
Qiyos qiling:

Urgut shevasi

Burkut shevasi

Adabiy til

Chomma
Ottiu
Ottei
Sotti
Etti

Choppa
Atti
Attei
Sotti
Jetti

Chopma
Otni
Otdan
Sotdi
Etti

Bunday assimilyaciya hodisasi qo’mik, boshqird kabi turkiy tillarga ham xosdir.

DISSIMILYASIYA.


Bu hodisa ham o’zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnob shevasida: zarur – zaril, kassir – kest`r, amma – embe, zarar – zelel; Urgut shevasida: zarur – zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar – zalal kabilar.


Dissimilyasiya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillarida nisbatan kam uchraydi. Masalan, zarar so’zi Xorazmda zelel, Niyozboshi, Ming shevalarida zelel/zerel shakllariga ega bo’ladi.
Qipchoq lahjasida dissimilyasiya hodisasi apcha keng tarqalgan. Masalan, nodon – leden, zarur – zeril, biror – biuran, kassir – kestir, mumkin – munkin kabi.
Dissimilyaciya hodisasi assimilyaciya kabi ikki xil: progressiv va regressiv dissimilyaciya shaklida bo’ladi.
Progressiv dissimilyasiya: zarar – zerel//zelel, zarur – zerul//zeril kabi.
Regressiv dissimilyasiya: cht >sht: uchta – ushte, pochta – poshte ( qorluq-chigil- uyg’ur); gu > vu: bugdoy – buvday; gm > ym: tugma – tiyme, tegma – tiyme; gn > yn: igna – iyne, egnim – iynim (qipchoq) kabilar.

METATEZA.


O’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni o’zaro o’rin almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg’ur lahjasida: tuproq – turpok, yomgir – yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor – devol shakllari uchraydi.


Bu fonetik hodisa til taraqqiyotining yaqin davrlari ichida paydo bo’lmasdan, balki juda qadimgidir. Chunonchi, «Devoni lug’otit turk» da ham metateza hodisasi mavjud bo’lib, uning qadimiyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Ushbu borada Mahmud Qoshg’ariyning quyidagi so’zlari muhimdir: «Kajo qabilasi bug’doy so’zini budg’oy talaffuz qiladi. U qabila kishisini bilish uchun shu so’zni ayttirib ko’rish ham odat edi» (II, 9 - bet).
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi o’rgan so’zi «Devoni lug’otit turk» va « Qutadg’u bilig» da ug’ran shaklida ishlatilganligini ko’ramiz.Shuningdek, yomg’ir so’zi XI asr yozma yodgorliklarida yog’mir < yog’mir deb ishlatilganligi aniqdir.

SPIRANTIZASIYA.


Spirantizasiya hodisasi bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini yo’qotib, sirg’aluvchi tovushga o’tishi natijasida sodir bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o’rinlidir.


Qipchoq shevalarida: f > p: fabrika – pebrike, fo’tbol – po’tbal; k > x: kunori – kexneri//ke:neri, maktab – mektep; k > y: eshagiga – eshsheyine//eshshegiga; b > v: sabr qildi – sevir kildi; ch >sh: uch – ush, chuchka – choshka, och – ach//ash, kuch – qo’sh; k >x: ekinner gulge kiredigen vax bop kavdiu: erpe talkanniu//talxanniu tuyup mekkege ketedi kabi.
Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida: k > x: k`z eytt`k`, undey mexsed`n`zbose eytt`n; qol`n`z b`len y`n; eltoy saxlan bersay`r ded`; ch >sh: kochdi – kasht`, ichdi – `sht`; t > ch: tish – ch`sh ( Marg’ilon); k > x:shoy` koylekt` k`y`p Toshkan bormoxch` voll`m: kal katta akas`ya xurmayi kat`x alip borgan chokka yolga yogmir yokkan ( Qarshi); u kishinan meni korketkon jey`m yox; kob don kimesulle; qolini pichox kesip ketipto (Shaxrisabz); men butun bel`xler` podshos` ed`m (Namangan); ishka chixtillama ( Urgut); exm`lt`x, korem m`lt`x ot`shem`s yor – yor ; dolege ch`x degende, bezgey kur`sh kiled` ( Farg’ona) kabilar.

QO’SH UNDOSHLILIK.


Bu fonetik hodisa so’zlarning o’rtasida ikkita bir xil undoshlarning qo’shaloq holda kelishidan hosil bo’ladi. Bu xususiyatni o’zbek adabiy tilidagi so’zlarda ham, o’zbek xalq shevalaridagi so’zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo’lishi turli xil fonetik o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, o’zbek xalq shevalari materiallarida undoshlarning qo’shaloq holda kelishi adabiy tildagiga qaraganda ko’proq uchraydi. Masalan, kassir, chinni, ittifoq kabi so’zlar qator shevalarning materiallarida kest`r ( qorluq-chigil- uyg’ur), chinni, intiupak (qipchoq) deb qo’llaniladi va o’zidagi, ya`ni qo’shaloq kelish xususiyatini yo’qotadi. Shuningdek, adabiy tildagi «tizza» so’zi ko’pincha shevalarda t`z (Qarnob) deb qo’llaniladi. Janubiy Xorazmda dyz deb qo’llaniladi. Demak, adabiy tildagi geminaciya, ya`ni qo’sh undoshlik hodisasi hisoblangani holda, sheva materiallarida o’z xususiyatini yo’qotadi: tok`o – to’qqiz, chaqan – chaqqon, mekejuver` – makkajo’xori, sek`s – sakkiz, onek` – o’n ikki ( Farg’ona), dadam ikkovgayam koylayliy optila ( Qarshi), koyd`n ushtas`n` soyd` ( Marg’ilon).


O’zbek adabiy tili va xalq shevalarida quyidagi grammatik usullar va so’z yasalishlar bilan geminatsiya hodisasi yuzaga keladi:
A) sifatning kuchaytiruv shakli orqali: ok – oppok, sog-sog – soppa sog, (ad. imlo); ak-ak – appak, sag-sag – sappa –sag (qipchoq) kabi;
B) juft so’zlarning yasalishi natijasida: bitta yarimta, opten-soppon, oppon-s`ppon, shartta-shurtta – shertte-shurte ( qorluq- chigil- uyg’ur);
V) tasviriy so’zlar vositasida: ukki, kakku, pirra, chippa-chippe, ushshaymok (ad.imlo); ikki, kekki, pirre, chippe-chippe, ishsheymok (qipchoq) va hokazo.
Qo’sh undosh ma`noni farqlash xususiyatining mavjudligini alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Masalan, qorluq-chigil- uyg’ur shevalarida: qoteq (kishilar iste`mol qiladigan sut maxsuloti), qatiq/qott`q ( yumshoqning aksi, qattiq), kalla (organizmning bir qismi, kele jamlovchi son qo’shimchasi, ikkalamiz), sallox sifat, ism, solox, Xayriddin Salox, oppe sifatning kuchaytiruvchi shakli, oppa-oydin (qarindoshlik atamasi) va boshqalar.
Shunday qilib, qo’sh undoshlarning so’z o’rtasida kelishini kurdik. Ular so’zlarning oxirida ham o’zbek adabiy tili va shevalarida uchramaydi.

Adabiy til paydo bo’lgunga qadar nutq madaniyati borasida amal qilgan talab va tasavvurlar adabiy til paydo bo’lgandan kеyingi davr, ya'ni adabiy til bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati tasavvurlaridan farqlanadi. Chunki nutq madaniyati chinakam ma'noda adabiy til va uning normalari bilan bog’liqdir. Avvalo adabiy til tushunchasining mohiyatiga qisqacha to’xtaylik.


Adabiy til haqida gap borganda avvalo adabiy til — xalq tilining, milliy tilning oliy shakli dеyilgan ta'rifga duch kеlamiz. Adabiy tilning oliy shaklligi bu tiliing o’ziga xosligida, uning o’ziga xos bеlgilari va vazifasida kўrinadi. Adabiy til xalq tili nеgizida yuzaga kеladi. Adabiy til-ning paydo bo’lishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq om-maviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy-siyosiy sohalar tili, rasmiy muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va hujjatlar tili, diplomatik aloqalar tili, radio va tеlеvidеniе tili, og’zaki targ’ibot va tashviqot tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va sahna tili, maorif, madaniyat tili kabi kўp yo’nalishlarda rivoj topishi uchun yo’l ochadi. Bu hol adabiy tilda ko’p vazifali xususiyatini yuzaga kеltiradi. Adabiy tilning ko’p qirrali va murakkab vazifalari adabiy tilning usluban tarmoqlanishiga, adabny til doirasida xilma-xil nutqiy uslublarning yuzaga kеlishiga olib kеladiki, bu milliy adabiy tillarga xos muhim xususiyatlardan biridir.
Adabiy til ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-madaniy hayotning barcha sohalarida aloqa quroli darajasiga ko’tariladi. Bu hol adabiy tilni madaniyat va sivilizatsiyaning vositachisiga, bunga doir tushuncha va tasavvurlarni ifodalovchi, o’zida saqlovchi va kеyingi nasllarga еtkazuvchi qurolga aylantiradi. Adabiy tilda ijtimoiy va madaniy hayotning turli sohalariga oid boy bilimlar mujassamlangan bo’ladi. Shuningdеk, adabiy til abstrakt va mantiqiy fikrlashning amalga oshishida ham vosita vazifasini bajaradi. Adabiy tilga xos kеltirilgan xususiyatlar adabiy tilning og’zaki shakli uchun ham xosdir. Chunki hozirgi paytda so’zlangan og’zaki nutq matnlarini o’z holida yozib olish va uzoq davr saqlashning kеng tеxnikaviy usul va imkoniyatlari mavjud.
Adabiy til vazifasining kеngayishi, unda murakkab uslubiy tarmoqlanishning yuzaga kеlishi adabiy til vosita va imkoniyatlarining rivoj topishini va boy bўlishini taqozo qiladi. Shu sababli ham adabiy til xal? tilining boshqa ko’rinishlariga nisbatan boy lug’aviy fondi, takomillashgan grammatik qurilishga egaligi hamda uslubiy tarmoqlarining rivoj topganligi bilan farqlanadi. Ammo adabiy til normali tilgina emas, normalangan — mu-ayyan normalarga solingan tildir. Normalanganlik, norma-lashga muhtojlik adabiy tilning muhim xususiyatlaridan biridir. Adabiy tilning lug’aviy (so’z qo’llash) normalari, morfologik va sintaktik normalari, imloviy va talaffuz normalari mavjud. Adabiy til normasi tabiiy shakllangan normalar bilan bir qatorda ongli ishlangan, ongli baholangan normalardan ham iboratdir. Bu normalar muayyan grammatik qoidalar, darslik va qo’llanmalarda, lеksikogra-fik tadqiqotlarda jamlangan bo’ladi. Adabiy tilda yozuvchi va so’zlovchi shaxs mana shu qoidalar asosida adabiy tilni o’rganadi, uning normalarini egallaydi. Adabiy til doimo o’z normalarining shakllannshi, turg’un holatga kеlishiga intiladi. Shu sababli boshboshdog’lik adabiy tilga ziddir.
Adabiy tilning normalanishi, bu normalarning muayyan qoidalarga olinishi aslida adabiy tilning umumxalq quro-li, umumxalq mulki ekanligi bilan bog’liqdir. Adabiy til o’zaro aloqa vositasi sifatida o’zi xizmat qilayotgan millat-ning barcha vakili uchun umumiydir. Adabiy tilning qabul qilingan, qoidalashtirilgan normalariga barcha joyda, barcha kishilar (yozuvda va sўzlovchilar) tomonidan bir xilda amal qilinadi. Chunki adabiy til barcha tomonidan milliy tilning namunali va ishlangan shakli dеb qabul qilinadi va tan olinadi. Shunga ko’ra ham adabny tilning ko’pchilik tomo-didan qabul qilingan va ma'qullangan normalariga, bu nor-malarga doir qoidalarga amal qilish, unga bўysunish hamma uchun majburiydir.
Bunday umumma ouriy normalar va qoidalar adabiy til-ning so’z qo’llash va so’z yasash, gap tuzish, so’zlarni yozish va talaffuz qilish kabi barcha sohalarida ham mavjuddir. Ada-biy tilda to’g’ri so’zlash va yozish uchun mana shu normalar, ular haqidagi qoidalarni bilish, o’zlashtirish lozim.
Ba'zan adabiy tilni bir yoqlama va noto’g’ri tushunish va tushuntirish qollariga ham duch kеlamiz. Bunda adabiy til dеb faqatgina ro’znoma tili, ilmiy asarlar tili va badiiy adabiyot tili ko’zda tutiladi. Bunda adabiy tilning og’zaki shakli hisobga olinmaydiushuningdеk, ba'zi hollarda adabiy til faqatgina yozma til orqali qolipga solinadi, adabiy til normalari yozma nutqdagina to’la saqlanadi, dеyilgan muloha-zalar ham bildiriladi. Kеltirilgan fikrlardan adabiy til-ning og’zaki shakli normalangan emas ekan-da, adabiy til og’-zaki shaklida adabiy til normalariga to’liq rioya qilish shart emas ekan-da, dеyilgan noto’g’ri fikrga kеlish mumkin.
Adabiy tilni normalash haqida gap borar ekan, ba'zi olimlar, hatto adabiy til doirasida bir xil, yagona talaf-fuzga erishib bo’lmaydi, adabiy tilda talaffuzning yagona na-munasi yo’q dеb hisoblaydilar. Shuningdеk, bunday muloha-zalar ba'zi tadqiqotchilarning notiqlik madaniyatya uchun yagona rеtsеpt yo’q, nutqning qanday bo’lishini aniq sharoit bеlgilaydi, dеgan fikrlarini eslatadi. Kеltirilgan tarzda fikrlash, albatta, bir yoqlamali bo’lib, og’zaki nutq, madaniya-tini takomillashtirish ishiga zarar еtkazadi.
Kishilardan nutq madaniyatini, ya'ni to’g’ri so’zlash va еzishni talab qilish uchun mana shunday so’zlash va yozishga vosita bo’la oluvchi qurolni bеlgilash lozim bo’ladi. Bunday qurol — adabiy tildir. Adabiy tilsiz nutq madaniyatini ta-savvur qilib bo’lmaydi. Adabiy til nutq madaniyatining — to’g’ri so’zlash va yozishning o’lchovi, mеzonidir. Ammo adabiy til tayyor holda qaеrdandir paydo bo’lgan, birdan tayyor holda osmondan tushgan hodisa emas. U aslida nutq madaniyatining uarkibiy qismi, o’zi ham madaniylikka intiluvchi hodisadir.
Dеmak, adabiy til madaniyati 3 ta xodisani o’z ichiga oladi:
1. Adabiy tilni ongli ishlash (Normalash);
2. Adabiy tilning ishlangan, ya'ni madaniylashgan xolati;
3. Madaniy adabiy til normalaridagi ba'zi xolatlarni yanada qayta ishlash va takomillashtirish. Yuqorida aytilganlardan 2 xodisaning mavjudligi aniq bo’lib qoladi:
1. Til madaniyati, ya'ni adabiy til madaniyati 2. Madaniy adabiy tildan to’g’ri foydalanish bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati. Dеmak, nutq madaniyati madaniy adabiy tilni yuzaga kеltirish va nutqiy faoliyatda bu til normalariga amal qilishdan iboratdir.
Nutq madaniyati tushunchasining aniq mavjud hodisa ekanligi, ko’rib o’tilganidеk, uning adabiy til va adabiy til madaniyati bilan bog’liqligida bo’lsa, ikkinchi tomondan, kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqadorligidadir. Adabiy tilking (muayyan normalarga solingan, silliqlangan madaniy tilning) mavjudligining o’zigina hali nutq madaniyatini tashkil etmaydi. Adabiy tildan, uning madaniy-lashgan vositalaridan bu tilda gagshruvchi kishilar jamoasi o’z nutqiy faoliyatlarida foydalangandagina adabiy til mavjud nutqiy hodisaga, nutq madaniyatining kuchli vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon o’zbеk adabiy tilida ta'lim-tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, ro’znoma va oynomalar chiqariladi. Radio va tеlеvidеniе eshittirishlarida ushbu til normalariga amal qilinadi. Yozma nutqda, ya'ni yozganda biz o’zbеk tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa, adabiy talaffuz normalariga amal qilamiz va hokazo. Uzbеk adabiy tili, uning madaniy vositalari umummajburiy norma sifatida o’qitiladi va o’rgatiladi. Adabiy til, uning yozma va og’zaki shakli normalar bu tilda so’zlovchilarning ko’psonli shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig’indisidan iborat bўlgan umum norma sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbеk adabiy tilida minglab, millionlab kishilar gaplashadi. Bu kishilarning har biri aloqida shaxs, alohida nutq egalaridir. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan nutqiy qurol — yagona o’zbеk adabiy tilidir. Mana shu ko’psonli shaxslar, bir tomondan, yagona bitta adabiy til – o’zbеk adabiy tilidan foydalanishiga ko’ra, ikkinchidan esa, bitta til atrofida birlashayotganliklariga ko’ўra muayyan umumiylikka, uyushganlikka ega. Mana shu umumiylik tilshunoslikda til uyushmasi (jamoasi) dеb yuritiladi. Muayyan til uyushmasini mushtarak qilib turadigan asosiy omil aloqa quroli bo’lgan tilning yagonaligi va bu til adabiy normalarining umummajburiyligidir.
Adabiy nutq va u bilan bog’liq bo’lgan adabiy til madaniyati — bu avvalo nutqiy ko’nikma, nutqiy malakadir. Adabiy nutq malakasiga — adabiy til normalarini egallash orqali erishiladi. O’rta maktab ta'limida nutts, malakasi, nutqiy ko’nikma, yozma nutq ko’nikmasi, og’zaki nutq ko’nikmasi, nutq madaniyati malakasi singari tushunchalar mavjud. Aslida bu tushunchalarning barchasi adabiy til madaniyatini egallash bilan bog’liqdir.
Ko’rinadiki, adabiy til normalarini qayta nshlash, ongli boshqarish qanchalik zarur bo’lsa, bu normalarni amalda sinab ko’rish va baholash ham shunchalik zarurdir. Mana shunday sababga ko’ra adabiy til normalarini bеlgilash, uni qayta ishlash, silliqlash birdan boshlanadigan, birdan hal bo’ladigan va tеzda tugaydigan jarayon emas, balki doimo va muttasil davom etadigan ishdir. Dеmak, adabiy til doimiy g’amxo’rlikka muhtojdir. Shunday qilib, nutq madaniyatini egallash — nutq madaniyati ko’nikmasini hosil qilishdir. Bu ko’nikma o’zbеk adabiy tili, uning og’zaki va yozma shakli normalarini o’rganish va egallash bilan bog’liqdir. Nutq madaniyati ko’nikmasi — adabiy til va uning normalarini passiv emas, balki faol egallashdir. Tilni faol egallash — tilni ongli ravishda o’zlashtirish va undan og’zaki hamda yozma nutq amaliyotida unumli va xatosiz foydalana olish dеmakdir. Ba'zi kishilarning o’zbеk tilida nuqsonsiz va ravan yoza olmasligi yoki adabiy tilda erkin so’zlay olmasligi ularning o’zbеk adabiy tilini faol egallamaganligidan darak bеradi.
Adabiy til va uning normativ vositalari, ulardan foy-dalanish haqidagi qoidalar barcha uchun bir xilda majburiy, yagona va umumxalqiydir. Ularni har kim o’zicha, o’zi bilganicha o’zgartirib qo’llashi mumkin emas. Masalan, kitob so’zini ba'zilarning kitop, boshqa birovlarning kitab yoki kutop tarzida noto’g’ri yozishiga yo’l qo’yilmaydi. Shuningdеk, yo’q, xol so’zlarini boshqa birovlarning jo’q, qol tarzida noto’g’ri talaffuz qilishiga ham yo’l qo’yilmaydi va b. Dеmak, til madaniyatiga amal qilish o’sha tilda yozadigan yoki so’zlaydigan barcha kishilar uchun bir xilda tеgishlidir.
Nutqning bu ikkala shakli ham yagona adabiy til normalariga tayanib ish ko’radi. Shu sababli ularda mushtarak lug’aviy normalar, umumiy morfologik, sintaktik vosita mavjud. Ammo yozma nutq amal qiladigan imloviy, punktuatsion normalar og’zaki nutqda, og’zaki nutq amal qiladigan talaffuz normalari, ohangiy (intonatsion) normalar yozma nutqda yo’q yoki еtakchi rol o’ynamaydi. Mana shunday farqli tomonlar yozma va og’zaki nutqning sintaktik qurilishida, so’z shakllarining to’liq va noto’liq qo’llanishlarida, imo-ishora bi-lan bog’liq (paralingivistik) vositalarning ishlatilish xususiyatlarida ham ko’rinadi. Bular yozma va og’zaki nutq madannyatini egallashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud ekaniga dalildir.
Shu sababli ham nutq madaniyati sohasida yozma nutq madaniyati, og’zaki nutq madaniyati dеyilgan tushunchalar mavjud. Bu tushunchalar o’zida yozma va og’zaki nutq shakllari oldiga qo’yiladigan nutq madaniyati talablarini ifodataydi.
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, rasmiy nutq, publitsisgik nutq, qisman badiiy nutq, shuningdеk radio va tеlеvidеniе uchun tuzilgan yozma matnlar tili kiradi. Kеltirilgan yozma nutq ko’rinishlarining o’zaro farq qiladigan normatik tomonlari bor. Shunga ko’ra, bu normalarga amal qilish bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati talablari ham mavjudligi shubhasiz. Nutqning kеltirilgan vazifaviy tiplari ba'zan ilmiy til, rasmiy til, badiiy til dеb ham yuritiladi. Og’zaki nutq dastlab ikki tipga ajraladi: 1) oddiy so’zlashuv nutqi; 2) adabiy so’zlashuv nutqi.
Oddiy so’zlashuv nutqi o’zbеk tilida tabiiy holda mavjud bo’lgan og’zaki nutq ko’rinishlaridan iborat. Masalan, turli o’zbеk shеva va lahjalari tili, ya'ni dialеktal nutq ko’rinishlari, shеvachilik unsurlari ta'sirida bo’lgan kundalik so’zlashuvning boshqa xil ko’rinishlari va b.
Oddiy so’zlashuv nutqining til bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Shu tufayli oddiy so’zlashuvdan biz talqin qilayotgan ma'nodagi nutq madaniyati talab qilinmaydi. Oddiy so’zlashuv oldiga qo’yiluvchi nutqiy talablar aniq lahja va shеvalarning tabiiy normalari bilan ko’proq lisoniy talablar bilan bog’liq bo’ladi.
Adabiy so’zlashuv nutqi adabiy tilning og’zaki nutq doirasidagi vazifalaridan yuzaga kеladi. Boshqacha qilib aytganda adabiy so’zlashuv nutqi — adabiy til madaniyatiga, ya'ni adabiy til normalariga amal qilgan holda gapirishdir. Ammo adabiy tilda so’zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyinchilik bilan erishiladigan jarayondir. Buning bir qator sabablari bor: 1) og’zaki nutqda shеvachilikning ta'siri kuchli bo’ladi; 2) og’zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o’ylab ish tutish imkoni kam bo’ladi. Chunki og’zaki nutq yozma nutqdan tеzkor (avtomatik) jarayon ekani bilan farqlanadi; 3) og’zaki nutqning o’ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud.
Chunonchn gap bo’laklarining tushib qolishn, qisqarib kеtishi, o’rin almashishi, aksincha kеraksiz unsurlarning, takrorlarning bo’lishi va b; 4) og’zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o’ynaydi; 5) og’zaki nutqning yuzaga chiqishi so’zlovchining kayfiyatiga, nutq so’zlanayotgan vaziyatga, so’zlovchi nutqiy a'zolarining normal va sog’lomligiga bog’liq; 6) og’zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o’rgatish va o’rganish ancha qiyinchilik bilan kеchadi; 7) og’zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida chеksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyatdir. Uning ko’pgina qirralari turli sharoitlarda o’zicha kеchadi va payqalmagan holda bеiz yo’qolib kеtadi; 8) og’zaki nutqning lisoniy xususiyatlari fanda yozma nutqqa nisbatan kam o’rganilgan; 9) og’zaki nutqni normalash ishlariga shu kunga qadar fanda nihoyatda kam e'tibor bеrildi; 10) kishi so’zlaganda o’z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi еtarli e'tibor bеravеrmaydi va b. Og’zaki nutqning quyidagi vazifaviy (funktsional) ko’rinishlari mavjud:
Kundalik adabiy so’zlashuv nutqi ko’rinishlari. Bunga adabiy tilda gapiruvchi shaxslarning kundalik so’zlashuv nutqini kiritish mumkin.
Lеktorlar nutqi. Bu ko’rinishga o’rta va oliy maktab o’qituvchilarining, targ’ibotchi lеktorlarning, olnmlarning ma'ruzalari, chiqishlarini kiritish mumkin. Og’zaki nutqning bu xili asosan, monologik nutq xaraktеrida bo’ladi.
Radio va tеlеvidеniе nutqi (tili). Bu ko’rinishga radio va tеlеvidеniе orqali adabiy tilda so’zlangan nutqlar kiradi. Radio va tеlеvidеniе nutqi asosini diktorlar, radio va tеlеvidеniе izohlovchilari nutqi tashkil qiladi. Radio va tеlеvidеniе orqali adabiy tilda olib borilgan eshittirishlar, ko’rsatuvlar, suhbatlar tili ham radio va tеlеvidеniеning o’ziga xos talablariga bo’ysunadi va ba'zi o’ziga xos normativ tomonlarga ega.
Sahna nutqi. Og’zaki nutqning alohida turi sahna nutqidir. Sahna nutqida ijro etilayotgan asarning til xususiyatlarini saqlagan holda, tomoshabinlar uchun umumtushunarli bo’lgan tilda so’zlashga intilish mavjud. Sahna nutqining umumtushunarli bo’lishini ta'minlaydigan asosiy omil adabiy tilda so’zlashdir. Bunda adabiy talaffuz ayniqsa, muhim o’rin tutadi. Sahna nutqi nutqnnng yuqorida qayd qilingan ko’rinishlaridan dialogik xaraktеrga egaligi bilan ham farqlanadi. Nutqiy turlarni ba'zan ijtimoiy tabaqalar va guruhlar tili nuqtai nazaridan nomlash ham uchraydi. Chunonchi: o’qituvchilar nutqi, o’quvchilar nutqi, yosh-talabalar nutqi, bola nutqi (bog’cha bolalari nutqi) kabi.
Nutqning yuqorida kеltirilgan xillari ham nutq madaniyatining asosiy talablariga bo’ysunadi. Chunki ularning til asoslari ham adabiy til normalaridir. Shu tufayli ham bu nutqiy ko’rinishlardan talab qilinuvchi nutq madaniyati haqida ham alohida gapirish mumkin. Mana shu asosga ko’ra o’quvchilarning nutq madaniyati, o’qituvchilarning nutq madaniyati, sahna nutqi madaniyati, lеktor nutqi madaniyati, radio nutqi madaniyati, tеlеvidеniе nutqi madaniyati, umuman kеng ma'noda og’zaki nutq madaniyati haqida ham gap yuritish asoslidir. Ammo kеltirilgan nutq xillarining asosiy lisoniy xususiyatlari, ular amal qiluvchi adabiy normalar bu nutqlarda yo’l qo’yilayotgan ba'zi nuqsonlarning ob'еktiv va sub'еktiv sabablari o’zbеk tilshunosligida dеyarli o’rganilgan emas. Tanqidiy ruhda yozilgan ba'zi maqolalarda adabiy talaffuzni buzish bilan aloqador ba'zi kamchiliklar tanqid qilinadi, ammo bu nuqsonlarni tuzatishning samarali ilmiy va amaliy yo’llari еtarli ravishda ko’rsatib bеrilmaydi.

Adabiyotlar




1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov.Sh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi”Toshkent, “O’qituvchi” 1996-yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
7. www.ziyonet.uz
Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling