Shifokor deontologiyasi bu nima va u qanday yo’nalishlardan iborat?
Buyrak sanchig’ida birinchi yordam
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Buyrak sanchig’ida birinchi yordam
1. Zudlik bilan yordam chaqirish, shifokorning maslahati zarur. 2. Bel sohasiga isitgich qo’yish yoki iliq vanna sanchiqni qoldirib, toshning ko’chishiga yordam beradi. 3. Siydik miqdori, tiniqligi, rangi, aralashmalar mavjudligini aniqlash. O’tkir yoki surunkali buyrak kasalliklari kuchayganda bemorni parvarish qilishda: 1. Yotish rejimiga qat’iyan rioya qilish, tananing gorizontal holati buyrak tomirlarining isishi va kengayishiga, qon bilan ta’minlanishiga yordam beradi. 2. Bel sohasiga isitgich qo’yish tavsiya qilinadi, bu diurezni kuchaytiradi. 3. Osh tuzi va suyuqlik ichish rejimi cheklangan parxezga rioya qilish zarur, o’tkir holatlarda parxezni shifokor tavsiya qiladi. 4. Terining qichishi va o’zgacha quruqligi, ishtahaning yomonlashishi, ko’ngil aynish, qusish, chanqashning kuchayishi buyrak yetishmovchiligidan darak beradi. 5. Bemorda kayfiyatsizlik, kunduzgi vaqtda uyqu kelishi, kechasi uyqusizlik paydo bo’lganda, ko’rish qobiliyati pasayganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. 6. O’tkir va surunkali buyrak kasalliklari ko’p hollarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog’lik bo’ladi; puls, arterial bosim, nafas olish chastotasini doimiy ravishda nazorat qilish zarur. 7. Bemorni ortiqcha qo’zg’atuvchi ta’sirlardan saqlash, xonani tez-tez shamollatib, tozalab turish lozim. 8. O’tkir buyrak kasalligini boshdan kechirgan bemor sovqotishdan, og’ir jismoniy zo’riqishdan extiyot bo’lib, dorilarni to’g’ri qabul qilib, ovqatlanish rejimiga rioya qilishi zarur. Spirtli ichimliklar qat’iyan man qilinadi. 71. Ishuriya xaqida tushuncha va ishuriyada birinchi yordam. Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ). Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya bu - siydik yo`lining torayishi. Bu xolat bo`lganda 1-navbatda siydik pufagini bo`shatish lozim. Bunday xolatlarni bemorlarda qo`llash un kasalning atrofida xuddi kranda suv oqb turganidek yoki ckoynakda suvni tomchilatb qoyiladi. Yana bir yo`li shuki bunda iliq kuydirmaydigan qilib iliq suvli baloncha qoyiladi. Agarda bularning xech qaysisi yordam bermasa bemorga kateter ulab qo’yiladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling