Shifokor va bemor muloqotning psixologik jihatlari
Download 0.74 Mb.
|
Usmonov Hikmatjon 101A psihalogiya
Abu Ali ibn Sino og'ir shifokorlik kasbini zimmasiga olgan insonlarga ko'pyaxshi o'git va talablarni yozib qoldirgan. Masalan, «o'z umrini savob ish -shifokorlikka baxsh etgan odam, eng avvalo saxiy, muruvvatli, soddadil, haqgo'y, beg'araz va adolatparvar bo'lmog'i kerak. Tashqi qiyofasi e'tiborga loyiq, kamsuqum va kamgap, ochiq chehrali, boqishlari muloyim va tabassumli, ozoda va kamtarin kiyingan bo'lishi lozim. Zero, uning ko'rinishi va xatti-harakatlari bemor va uning qarindoshlari orasida hurmat va ishonch tuyg'usini uyg'ota olsin. Shifokorning samimiyligi u qilmoqchi bo'lgan muolajaning avvalidir».
Xo'sh, hamshira bemor bilan qanday so'zlashgani ma'qul: uzoqmi yoki qisqa? Kasal bilan so'zlashish hajmi ko'pgina omillarga bog'liq bo'lib, hamshiradan juda nozik, o'ziga xos me'yorini talab etadi. Suhbat davomiyligi va mazmuni bemoming ahvoli, uning madaniyat darajasi, fe'1-atvor xususiyatlariga bevosita bog'liqdir. Shunga ko'ra, bemor bilan suhbatlashayotganda hamshira me'yorni bilishi, kasalning suhbatdan qanday ta'sirlanayotganini sinchkovlik bilan kuzata olishi kerak. Barcha tushuntirishlar lo'nda, aniq, qat'i, bemorlar uchun mutlaqo tushunarli bo'lmog'i lozim. Yoqimli va shirin so'z bilan murojaat qilishda, samimiy tabassumda hamshiraning o'z bemorlariga g'amxo'rligi va diqqat-e'tibori ifodalanadi. Biroq hamshiraning diqqat-e'tibori va samimiyligi xufiyona tarzda bo'lmasligi, bemorlar o'zlari bilan hamshira o'rtasidagi yaqinlik munosabatlarini suiste'mol qilishga yo'l qo'ymasligi va shunga muvofiq o'zining xatti-harakatlarini tartibga solishi va bemorning xulq-atvorini kuzatib borishi kerak. Bemor bilan suhbatda uning kechinmalarini yengillashtirishga intilish belgilangan dori-darmonlarga qaraganda yaxshiroq ta'sir ko'rsatadi. Bemorni diqqat bilan tinglay olish kasal haqida zarur ma'lumotga ega bo'Iishda yordam beradi. Hamshira ishga kelgani zahoti o'zining barcha bemorxonalaridan xabar olishi va ish kuni yakunida hech boimaganda juda qisqa muddatga barcha bemorlarining xonasiga kirib chiqishi ayni muddao bo'lar edi. Bu bemor ruhiyatiga bag'oyat ijobiy ta'sir ko'rsatadi: bemorlar o'zlarini bir necha soat davomida hamshiraning uzluksiz kuzatuvi ostida bexatar sezadilar, hamshira ana shu vaqt ichida o'zlariga xizmat ko'rsatishiga, uning juda ham ziyrak ekanligiga, kun davomida xastalardan bir necha marotaba xabar olishiga ishonch hosil qiladilar. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o 'rganganidan so 'ng, o 'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi. Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti 101A guruh talabasi Usmonov Hikmatjon tayorladi. Etiboringiz uchun raxmat Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling