Shimoliy amerika
Download 26.45 Kb.
|
11-mavzu 11111111
SHIMOLIY AMERIKA AQSh va Kanada hududida transport tizimining Shimoliy Amerikacha turi shakllangan. G’arbiy Yevropadagi singari u tarkibining xiima xilligi, muvozanati, barcha transport turlari texnik jihozlanishi darajasining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. O'ziga xosligi - yuk tashish va ishlov berish quwatlarining ortiqchaligi, tarmoq hududiy yuklamasining keskin farqlanishidan iborat bo’lib, bular transport uzellari rivojalanishiga ta’sir ko’rsatdi. AQSh transporti umumtransport ko’rsatkichlarining aksariyati bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. AQSh aloqa yo'llari tarmog'i jahon transport tarmog’ining 1/3 qismini tashkil etadi; AQShga kuchlanishli tortish vositalarining 40 foiz va harakatlanuvchan tarkib yuk ko'tarishining j qismi to’g’ri keladi. AQSh da jahon ichki yuk aylanmasining 30 foizi va yo'lovchi aylanmasining 35 foizidan ortig’i jamlangan. AQSh butun hududida barcha transport turlari aloqa yo’llarining yaxshi rivojlangan tarmog’iga ega, faqat Alyaska bundan mustasno. Har tomonlama rivojlangan magistral tizimga qo’shimcha yo’llar, asosan avtomobil yo'llarining zich tarmog’i, shuningdek yig’uvchi neft quvurlari hamda haddan ziyod tarmoqlangan taqsimlovchi gaz quvurlari bilan birga amal qiladi. Tarmoqqa xos xususiyat dengiz bandargohlari rivojjanishidagi qoloqlik (hanuzgacha AQShning bironta bandargohi, qirg’oqdan tashqaridagilarni hisobga olmaganda, yirik supertankerlarni qabul qilishga layoqatli emas), shahar umumfoydalanish transportidagi muammolar, neft quvurlari tarmog’ida kichik diametrli quvurlarning ko’pligi bilan bog’liq. Mamlakatning aksariyat hududiarida transport infratuziimalasi to'yingan, temir yo’llarning avtomobil yo’llari tomonidan takrorlanishi kuzatiladi. Bular temir yo’llarining, bir necha shtatlarda esa - avtomobil yo’llarining muntazam ravishda qisqarishiga olib keladi (ularni sifat jihatdan yaxshilagan holda). Ichki suv yo’llarining uzunligi barqaror qolmoqda, neft quvurlari tarmog'i iqtisodiy-ijtimoiy sekin rivojlanmoqda. Boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan jiddiy texnik-iqtisodiy va foydalanishga oid tafovutlar mavjud. AQSh temir yo’llarida G'arbiy Yevropaga nisbatan bir turdalilik xos - bir yo’lli liniyalar ustunlik qiladi, tortishishning yagona turi teplovoz bilan tortish bo’lib qolgan. Yuk tashishlar quwatli lokomotivlar va ko'p yuk ko'taruvchi vagonlar tomonidan o'zlashtirilmoqda, bunda sostavlar kamroq qatnaydi va yuk ko’tarish yuklamasi yuqori bo’ladi, ayni paytda bu ko’rsatgichlar Rossiyadagiga qaraganda 4 baravar past. Tarmoqning 1/3 qismi takomillashtirilgan ogohlantirish, ular bir yo’lli liniyalarning o’tkazuvchanligining keskin o'sishini ta’minlaydi. Takomillashtirilgan konteyner texnologiyalari joriy etilishi tufayli ichki konteynerda yuk tashishlar tez sur’atlar biian o’smoqda. Bu yuk tashishlarning hududiy jamlanishi, yirik yuk shakllantirish markazlarida - Chikago, Detroyt, Atlantada hududiy va hududlararo majmuaviy konteyner terminallari tashkil etilishi bilan zich bog’liq. Ular o'rtasida yo'nalishli poyezdlar tomonidan konteynerlarni muntazam tashish yo’lga qo’yilgan. Yuk avtomobil parkining keskin tabaqalanishi 500 km.gacha masofaga yuk tashish sohasida unga temir yo’llar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish imlosini berdi. Amerika bandargohlari konteynerlarda yuk tashish sohasida yetakchilik qiladi, u esa dengiz transport oqimlarining jamlanishiga, yirik yuk ortish markazlarining yaratilishiga olib keladi. AQShda 100 dan ortiq yirik bandargoh mavjud bo’lib, ularning 18 tasida 20 mln. t.dan ortiq yuk aylanmasi kuzatiladi, ularda barcha kelib tushayotgan va jo'natilayotgan yuklarning 80 foizga ishlov beriladi. Ishlarning jamlanishi darajasi bo'yicha AQShning yirik bandargohlari birinchi o’rinni egallaydi. Ichki suv tizimida yuk tashishlarning aksariyat qismi itaruvchi tarkiblarga 20-30 talab ulangan, 10-20 ming t.yuk ko’taruvchi o’zi yurmaydigan barjalar tomonidan o’zlashtirilmoqda. Kanada daryolarida o'zi yurar kemalar ustunlik qiladi. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI (AQSH) AQSh Shimoliy Amerikadagi yuksak darajada taraqqiy etgan mamlakatdir. Maydoni - 9 826 ming km2 (3-o’rin). Aholisi 301 mln. kishidan (2007 yil) iborat (3-o’rin). Aholi zichligi: 1 km2 ga - 27,2 kishi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 12034 kmni tashkil etib, shimolda Kanada, janubda esa Meksika bilan chegaradoshdir. Qirg’oqbo'yi hududi uzunligi 19924 kmni tashkil etadi. AQSh poytaxti -Vashington shahri. Mamlakat ma'muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugidan iborat. Karib dengizidagi Puerto-Riko va Virgin orollari, Okeaniyadagi Sharqiy Samoa, Guam orollari, Miduey, Djonston va Ueyk, Tinch okeanidagi Karolina, Marshall va Marian orollari ham AQShga taalluqlidir. Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSh relyefiga ko’ra tog'li g'arb va sharq tekisliklaridan iborat. Mamlakat g'arbida Mak-Kinli tog'i joylashgan bo'lib, u Shimoliy Amerika qit'asining eng baland cho'qqisidir (6193 m). Mamlakat sharqida nisbatan zich bo’lgan daryolar tizimi mavjud bo'lib, markaziy hududlardan Missisipi va Missuri daryolari havzasi bilan to'yinadi. Eng yirik ko'llarga Buyuk ko’llarni tashkil etuvchi Yuqori, Guron, Michigan, Eri, Ontario ko’llari va alohida Katta Tuz ko'lini kiritish mumkin. Mamlakat iqlimi kontinent qismida mo'tadil subtropik bo'lib, janubda tropik iqlim hukm suradi. Foydali qazilmalar qatorida mamlakatda energoresurslar zaxirasi kattaligini alohida ta'kidlab o’tmo’q joiz. Jumladan, ulaming 4/5 qismi toshko’mir va qo’ngir ko’mir hissasiga to’g’ri keladi. Ko'miming umumiy zaxirasi 3,6 mln. t bo'lib, u topilgan viloyatlar mamlakat hududining 10 foizini tashkil etadi. Ayni damda «qora oltinwning tasdiqlangan zaxiralari 4,6 mlrd. t, tabiiy gazniki esa 15,6 tiln. m3 dir. Nett konlari asosan Alyaskada (1/5), Buyuktekisliklarjanubida hamda Kalifomiyadajoylashgan. Gaz konlari asosan nett konlari bilan bir joyda makon topgan. AQSh tarkibida temir moddasi ko’p bo'lmagan temir rudasiga ham boy mamlakat hisoblanib, uning zaxiralari asosan Yuqori ko'lida to’plangan. Mis rudasining sanoat zaxiralari Arizona, Yuta, Nyu-Meksiko va Montana shtatlarida joylashgan. QoYg'oshin AQShning Yuta, Montana, Kolorado va Missuri shtatlarida topilib, uning zaxiralari bo'yicha mamlakat dunyodagi eng yirik uchlikka kiradi. Uran rudasi ko'p miqdorda ayrim g'arbiy shtatlarda topilgan. Ayni damda mamlakatda marganets, xrom, qalay, nikel, kobalt va graft kabi strategik xom ashyo turiari yetarli darajada bo’lmay, ushbu tabiiy boyliklar xorijdagi import qilinadi. . Aholisi. AQSh aholisining 82,8 foizi asli kelib chiqishi evropaliklar, 12,6 foizi afrikaliklar, 3,6foizi osiyoliklar, 1 foizi hindular, eskimoslar, aleutlardan iborat. Diniy. e’tiqodi bo’yicha aholining 52 foiz protestantlar, 24 foiz- roman katoliklari, 1 foiz - yahudiylai, 1 foizi - niusulmonlar, qolgan 22 foizi - boshha dinlarga e'tiqod qiluvchiiar. Shaharlarda AQSh aholisining 80 foiz istiqomat qiladi. Yirik shaharlari safiga Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Filadelfiya, Detroyt, Oklend bilan birgalikda San- Frantsisko kabilarni kiritish mumkin. Davlat tili - ingliz tili. Davlat tuzumi. AQSh federativ respublika. Davlat va hukumat boshlig’i - prezident. Prezident 4 yilga saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi organ Kongress bo'lib, u ikki palatadan iborat. Senatga harbir shtatdan ikki kishidan 6 yil muddatga saylanib, umumiy a'zolari soni 100 senatordan iborat. Vakillar palatasi esa 435 kongressmendan tashkil topib, ular har ikki yilda saylanadi. Shtatlarda ijro etuvchi hokimiyat vakolati gubernatorlarga yuklatilgan. SanoatL AQSh sanoatida to’rt asosiy funksional ishlab chiqarish majmuasi yuzaga kelgan: yoqilg'i-energetika, material ishlab chiqarish, mashinasozlik va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish. Qora va rangli metallurgiya hamda mashinasozlik (avtomobilsozlik, avia- raketa ishlab chiqarish sanoati, radioelektronika, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, turli xil dastgohlarni ishlab chiqarish) AQSH qayta ishlash sanoatining asosiy bo’g'inlariga aylangan. Mamlakatda qudratli harbiy sanoat ham tashkil etilganki, u ko' plab tur va maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan harbiy texnika va qurol-yaroq ishlab chiqaradi. Nyu-York Detroyt, San- Fransisko, Los-Anjeles, Xantsvill, Rod-Aylend, Sietl va Fort-Uezt harbiy ishlab chiqarish markazlari hisoblanadi. AQSh yoqilg'i-energetika majmuasi dunyodagi eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi va iste'mol qiluvchi hisoblanadi. Mamlakat ko'mir sanoati Xitoydan keyin ikkinchi Orinda turadi. Elektroenergiyaning asosiy manbalari issiqlik elektrostansiyalari (70 foiz), gidrostansiyalar (10 foiz) va yadroviy elektrostansiyalar (20 foiz) hisoblanadi. ChOyan va pOlat ishlab chiqarish bOyicha AQSh Yaponiya va Xitoydan keyin uchinchi Orinni egallaydi. Mamlakat kimyo sanoati ishlab chiqarish hajmi bo'yicha birinchi, eksport hajmi bo'yicha esa ikkinchi Orinda turadi. Mashinasozlikda avtomobilsozlik yetakchi bO’g'indir. Uning markazlari - Michigan, Kentukki, Tennessi, Missuri, Ogayo shtatlari, Dirborn va Detroyt shaharlari. Elektrotexnika va elektronika sanoatining asosiy markazlari Chikago, Nyu- York, Boston, Pitsburg, Filadelfiya kabi shtatlar hisoblanadi. Xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat va yengil sanoatining Orni muhim bO’lib, ular deyarli har bir shtatda mavjud. AQSh tekstil sanoati mamlakat janubida joylashgan bO’lib, uning hissasiga mamlakat to'qimachilik mahsulotlarining 90 foizi to'g’ri keladi. Qishloq xOjaligi. AQSh agrartarmog'i keng kO’lam, yuqori unumdorlik, texnik jihatdan yuqori darajada ta’minlangani bilan izohlanadi. Qishloq xO’jaligi yalpi mahsulotida chorvachilik 60 foizni tashkil etadi. Chorvachilikning asosiy bo’g’inlari - chorvadorlik (gO’sht), sut xO’jaligi va chOchqachilik. Mamlakat yirik don xO’jallgiga ham ega bO’lib, uning tarkibida bug'doy va jo’xorining ulushi katta. AQShning asosiy agrar mintaqalari Shimol va Shimoli-Sharqdir. Janubiy regionlar paxta va tamaki yetishtirish bo’yicha mashhur hududlar safiga kiradi. Kaliforniya vinochilik, bog’dorchilik va sitrusli mevalami yetishtirish markazi hisoblanadi. Transport. AQSh yuqori darajada taraqqiy etgan transport infratuziimasiga ega. Temir yO'llarining uzunligi 226,6 ming km bo’lib, dunyoda birinchi o’rinda turadi. Avtomobil yO'llarining umumiy uzunligi -6,4 mln. km. Neft quvurlari uzunligi 244,6 ming km bo’lib, ular orqali transportirovka qilinadigan neftning 3/4 qismi oqib O'tadi. Tabiiy gaz quvurlarining uzunligi esa 548,7 km. ni tashkil etadi. Kema qatnovi ycOga qO’yilgan AQSh daryolariga Missisipi va Muqaddas Lavrentiya daryolarini kiritish mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo’yicha AQSh dunyoda yetakchilik qiladi. Biroq eksport hajmi bo’yicha 2007 yilda mamlakat Xitoyga 1-o'rinni boy berdi. Eksport tarkibida samolyotlar, avtomobillar, kompyuterlar, kimyo va telekommunikatsiya jihozlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, dori-darmonlar asosiy o'rinni egallaydi. AQShda import hajmi 2006 yilda 1,861 trln. doll. ga yetib, bu borada u yetakchilik qiladi. AQSh asosan sanoat yarimtayyor mahsulotlari, kapital sig'imi yuqori bo'lgan mahsulotlar (kompyuterlar, telekommunikatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, ofis texnikasi), iste’mol mahsulotlarini (avtomobil, kiyim-kechak, dori-darmon, mebel, o'yinchoqlar) import qiladi. AQShning asosiy tashqi savdo hamkorlari Kanada, Meksika, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniya hisoblanadi. KANADA
Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududining 3/4 qismi tekislik, tepalik va platolardan iborat bo’lib, qolgan hududlar tog’lardir. Eng baland tog’ Kordiler tog’i hisoblanib, uning cho'qqisi Logan tog'iga to’g'ri keladi (6050 m). 0'zaro zich joylashgan daryolar va o'ziga xos ko’l-daryo tizimlari mamlakatda ko’plab uchraydi. Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy sarhadlari -umumiy hududining yarmi o'rmonlar bilan qoplangan. Yog'och zaxiralari bo’yicha Kanada faqatgina Rossiya va Braziliyaga yon berib, uni jon boshiga hisoblaganda dunyoda birinchi o’rindaturadi, Kanada shimoli izg'irin, subarktik va arktik iqllmga xos bo'lib. markaziy mintaqalarda mo’tadil kontinentaldir. Kanada foydali qazilmalarning, shu jumladan, ko’mir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi (3-o'rin), ko’rg'oshin va rux (1-o'rin), nikel va platina (2-o’rin), oltin (3- o’rin), radioaktiv rudalar (uran zaxirasi bo’yicha 1-o'rin), asbest (1-o'rin), qaliy tuzining (1-o'rin - dunyo zaxiralarining teng yarmi) eng yirik zaxiralariga ega. Aholisi. Kanada aholisining asosiy qismi ingll^^l^^nadaliklar (44 foiz) va fransuz-kanadaliklardan (28 foiz) iborat bo’llb, mamlakatda hindu va eskimoslar, nemis, ukrain, italyan, golland, venger va ruslar ham istiqomat qiladi. Diniy e'tiqodi bo’yicha aholining 42,6 foizi - roman katoliklari, 23,3 foiz - protestantlar, 4,4 foiz - qolgan xristianlar, 1,9foiz - musulmonlar va h.k. Aholining 80 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Monreal, Toronto, Vankuver. Rasmiy tili - ingliz va fransuz tillari. Davlat tuzumi. Ma'muriy jihatdan 10 viloyat va 3 hududdan tashkil topgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yil 17 aprelda qabul qilingan. Kanada - Britaniya hamdo’stligi tarkibidagi federativ davlat. Rasmiy davlat boshlig'i Buyuk Britaniya qirolichasi bo'lib, u Bosh vazir maslahati bilan general- 102 gubernatorni 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organ parlament bo’lib, u Jamoalar palatasi va Senatdan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amaiga oshiradi. Sanoati. Kanada sanoati yuqori texnik darajaga ega bo’lib, ilm sig'imi pastroq va xom ashyo muhim bo’lgan, tarmoqlarning murakkab tizimi bilan ajraiib turadi. Mam’akatda energetika va tog’-kon sanoati, rangli metallurgiya hamda xom ashyoni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari yuksak darajada rrvojlangan, Sanoat mahsulotlari yalpi ichki mahsu’otning 29 foizini tashkil etadi. Uning muhim tarmoqlari quyidagilardir: o’rmon xo'jaligi, sellyuloza-qog’oz, neftni qayta ishlash, tog’-kon qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan transport), harbiy, e’ektroenergetika sanoatlari. Kanada gaz qazib o’ish, uran kontsentrat’ari va p’atina ish’ab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi Orinda turadi. Uning hissasiga asbest va kaliy tuzi ish’ab chiqarishning tegishli ravishda 30 va 25 foizi tOgri ke’adi. Qishloq xOjaligi. Kanada yalpi ichki mahsu’otining 2,1 foizi qudrat’i qishloq xo’ja’igi tarmog’i tomonidan yaratiladi Mazkur tarmoq mamlakatning oziq-ovqat mahsu’otlaridagi ehtiyojini to’la’igicha qoplaydi. Agrar sohadagi asosiy tarmoq go’sht va sut olinadigan chorvachiiikdir. Uning hissariga qishioq xo'jaligi yalpi mahsulotining 60 foizi to’g'ri ke’adi. Kanadaning asosiy agrar hududlari cho’’ viloyatlari (don xo'ja’igi, chorvadorlik, go’sht-jun qo’ychi’igi) va Markaziy tumandir (sut xo'ja’igiga asos’angan chorvachi’ik, mevachilik). Urug’lik kartoshka yetishtirish Shahzoda Eduard oroli ixtisoslashgan tarmoqdir, Mevachilik Yangi Shotlandiya va Britan Kolumbiyasida keng tarqa’gan. Britan Kolumbiyasi janubiy qismi sut xo'jaligi, markaziy qismi esa go’sht chorvachiligi makonidir. Kanada bug’doy va yem-xashak yetishtiruvchi dunyodagi eng yirik rnam’akat’ar safiga kiradi. Transport. Kanada temir yo'llari umumiy uzun’igi -48 ming km, avtomobil yo’l’ariniki - 1,042 m’n. km, neft va gaz quvurlari uzun’igi esa tegishli ravishda 23564 hamda 74980 kmdir. Kanadaning yuk tashish bo’yicha eng yirik portlari quyidagilardir: Vankuver, Monreal, Tander-Bey, Galifaks, Kvebek, Set-ll. Xalqaro aeroport’ari: Dorval (Monreal), Toronto, Ottava, Vankuver. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksport hajmi bo’yicha Kanada yirik o’ntalikka kiradi (401,7 mlrd.doll, 2006 yil). Mamlakatdan asosan transport va uning ehtiyot qismlari, sanoat asbob-uskuna’ari, samo’yot, te’ekommunikatsiya jihozlari, kimyo va p’astmassa mahsulotlari, mineral o ' g' itlar, yog’och, neft, tabiiy gaz, elektroenergiya va alyuminiy eksport qilinadi. Import hajmi bo’yicha esa 356,5 mlrd. do’l. bilan jahonda 8-o'rinda turadi. Xorijdan olib kiriiadigan mahsulotlar tarkibida mashina va asbob-uskunalar, avtomobi’lar va ularning ehtiyot qismiari, neft, kimyo mahsulotlari, elektroenergiya, uzoq muddat’i iste’mol uchun mo'ljallangan mahsuiot’arning ulushi katta. Kanadaning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Xitoy, Meksika, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir. Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling