Shimoliy Muz okeaning tekshirilish tari- XI bir necha mamlakat fuqarolari rossiyalik
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy
Shimoliy Muz okeaning tekshirilish tari- xi bir necha mamlakat fuqarolari - rossiyalik norvegiyalik, shvesiyalik dengizchi, sayyoh va olimlarning kahramonona jasoratlari tarixidir. Eramizdan oldin 325 yillar atrofida Marsellik Pifey Shimoliy Muz okeanning janubiy qis- mi-qutbyoni kengliklarigacha suzib borgan, Islandiyada bo‘lgan va u yerni Tule deb ata- gan. X asrda normanlik dengizchi Otar Barens dengizining janubiy qismidan - Nord- kap burni yaqinidan suzib o‘tib, Oq dengiz- ning Kandalaksha qo‘ltig‘igacha borgan va ku- zatishlar o‘tkazgan. Inglizlar o‘z sayyohlarini faqat g‘arbga emas, balki sharqqa qarab jo‘natish- ni ham o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘yishdi. 1553 yilda Uillobi, Chensler va Barrou bosh- chiligidaga ingliz kemalari okeann ing shar- qiy regioniga yo‘l olib, 700 sharqiy uzoqlikkac- ha suzib borishdi. Gollandiyalik dengizchi Vil- lem Barens rahbarlik qilgan ekspeditsiya ish- tirokchilari 1594-1597 yillarda Yugorskiy Shar bo‘g‘ozidan suzib o‘tib, Yamay yarim oroligacha yetib bordilar. Ular Medvejiy va Shpitsbergen orollarini kashf etib, Novaya Zemlyaning shi- moli-sharqiy qirg‘oqlarida qishladilar va shu yerda V.Barens vafot etdi. V.Barensning oke- anshunoslik faniga qo‘shgan hissasidan biri XVI asrning oxirida Shimolliy Muz okeanining g‘arbiy qismini haritasini tuzdi va ayrim ge- ografik tafsilotlarini berdi. Dengizda orollar kam uchraydi. Eng yirigi antropogen davri dengiz va morena yotqiziqlaridan tarkib top- tan Kolguyev oroli bo‘lib, uning maydoni 3728 km2 ga teng. Barens havzasiga Nordkap oqi- mi orqali Atlantika okeanidan iliq va materik daryolaridan chuchuk suv kelib qo‘shiladi va dengizning gidrologik rejimiga ta’sir etadi. Materikning o‘zidan yiliga 163 km3 suv qu- yiladi, shundan 70% Pechora daryosiga to‘g‘ri keladi. Barens dengizi iqlimi arktika iqlimi- ga mansub bo‘lib, unga bir tomondan arktika havzasining sovuq havo massasi va ikkinchi to- mondan iliq Nordkap oqimi ta’sir etadi. Binobarin, dengizning janubiy qismi iliq oqim ta’sirida bo‘lganligi tufayli uning akvatoriyasida muz qoplami kuzatilmaydi. Qish oylarida dengizning janubi-g‘arbiy qismida havo haro- rati -4°S dan shimolida -20-25°S gacha pasa- yadi. Yoz oylarida esa harorat shimolda 0°S dan janubi-g‘arbda 10°S gacha ko‘tariladi. Hud- di shunday yillik yog‘ingarchiliq miqdori ham shimolda 250 mm dan janubi-g‘arbda 500 mm gacha ortib boradi. Nordkap oqimi yuzasida suvning harorati yil davo mida 4°S dan 12°S gacha bo‘ladi. Suvining sho‘rligi 32,0 -35,0°/ 00. Dreyf muzlari aprel oyida ham iliq oqim yaqinlarida suzib yuradi. Avgustda muzlar Shpitsbergen va Frans-Iosif Yerigacha cheki- nadi. Dengiz sohilida muzlamaydigan port Murmansk shahri joylash gan. Shimoliy Muz okeani maydonining kichik bo‘lishiga qaramas- dan orollar soni jihatidan Tinch okeanidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Orollarning ko‘pchiligi materik sayozligida joylashgan. Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari so- hillaridan Arktika havzasi tomon borgan sari orollarning soni keskin kamaya boradi. Okean- ning eng yirik orollari Grenlandiya, Elsmir, Viktoriya, Banks, Kanada-Arktika arxipelagi, Islandiya, Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri arxi- pelagi, Novaya Zemlya, Severn aya Zemlya, Novosibirsk orollari, Vaygach, Kolguyev, Vrangel va boshqalar. Barcha orollarning umumiy ma- ydoni 4 mln. km2 . Grenlandiya. Shimoliy Muz okeani orollari orasida eng kattasi Grenlandiya (Yashil o‘lka) oroli bo‘lib, uning maydoni 2176 ming km 2 . Shundan 1834 ming km2 maydoni muz bilan qoplangan. Muzlik yuzasi qirg‘oqdan orol ichkarisiga qarab ko‘tarilib boradi va gumbazsimon shaklni hosil qiladi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2300 m, eng qalin joyi markazda 3400 m gacha boradi, hajmi 2,6 mln. km3 . Orolning sharqiy sohilida tog‘ tizmalari mavjud. Ular muzliklar bilan qoplangan. Tizmaning eng ba- land chuqqisi Gunbyorn okean sathidan 3700 m ko‘tarilib turibdi. Grenlandiyaning iqlimi arktika, subarktika va dengiz iqlimiga ega. Qishda harorat orolning janubida -7°S dan shimolida -3/5 °S gacha pasayadi, yozda esa janubda 10°S va shimolda 3°S atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘ingarchilik mikdori janubda 800-1100 mm ni va shimolda 150-250 mm ni tashkil etadi. Orolning muzdan holi bo‘lgan sohillarida o‘simliklar ning 450 ga yaqin turi uchraydi. Shimolda mox va lishayniklar, eng janubda olxa, qayin, tol, chetan va turli xil o‘tlar o‘sadi. Sohillarda shimol bug‘usi, qutb tulkisi, oq ayiq qutb bo‘risi, lemming kabi ha- yvonlar yashaydi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling