Shining Purple Curves


-modda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari


Download 1.29 Mb.
bet4/8
Sana14.05.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1460544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sapayev umid prezintatsiya

10-modda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
  • terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo’yish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yo’li bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
  • alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob’ektlarning qo’riqlanishini va xavfsizligini ta’minlaydi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlar to’g`risida axborot taqdim etadi;

TERRORCHILIKKA QARSHI OPERATSIYANING O’TKAZILISHI

  • 15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo’yish
  • Terrorchilik harakatiga chek qo’yish uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar qo’llaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operastiyalar o’tkaziladi.

19-modda. Terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazayotgan shaxslarning operastiya o’tkaziladigan zonadagi huquqlari

  • Terrorchilikka qarshi operastiya o’tkaziladigan zonada mazkur operastiyani o’tkazayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
  • zarurat bo’lganda transport vositalari va yo’lovchilarning ko’cha va yo’llarda harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, transport vositalarini, shu jumladan diplomatiya vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining va fuqarolarning transport vositalarini joyning ayrim uchastkalariga va ob’ektlarga kiritmaslik, fuqarolarni joyning ayrim uchastkalaridan va ob’ektlardan chiqarib yuborish, shuningdek maxsus ruxsatnomasi bo’lmagan transport vositalarini shatakka olib chiqarib tashlash choralarini ko’rish;
  • jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, bunday hujjatlar bo’lmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
  • huquqbuzarliklar sodir etgan yoki terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablariga to’sqinlik qilishga qaratilgan, shuningdek terrorchilikka qarshi operastiya o’tkaziladigan zonaga ruxsatsiz kirish yoki kirishga urinish bilan bog`liq harakatlar sodir etgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling