Ship pog‘onali qazib olish tizimida atrof tog‘ jinslarini saqlab turish
Download 14.98 Kb.
|
6-Ship pog
Ship pog‘onali qazib olish tizimida atrof tog‘ jinslarini saqlab turish Gorizontal yо‘nalish bо‘yicha tirgaklar orasidaga masofa yondosh jinslarining turg‘inligiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Vertikal yо‘nalish bо‘yicha tirgaklar orasidagi masofa odatda pog‘ona balandligiga teng. Juda mustaxkam tog‘ jinslarida uning о‘lchami ikkita pog‘ona balandligigacha oshiriladi. Ayrim xolatlarda burg‘ilovchi uchun taxta tо‘shama о‘rnatish maqsadida asosiy tirgaklar qatori oralig‘iga tirgaklar vaqtincha о‘rnatiladi. Gorizontal yо‘nalish bо‘yicha tirgak qatorliri orasidagi masofa 1,0–1,8 m ni tashkil etadi. Yondosh jinslarining buzilgan joylarida doimiy joylashtirilgan asosiy tirgaklar oralig‘iga qо‘shimcha tirgaklar о‘rnatiladi. Keskin qiya ruda tanalaridan ajratilgan rudani yig‘ishtirish unchalik qiyinchiliklarini yuzaga keltirmaydi, chunki ajratilgan ruda о‘z og‘irlik kuchi ta’sirida shtrekgacha kelib tushadi. Blok asosidagi uchta pog‘onadan (105-rasm) ajratilgan ruda qazib olishdan xosil bо‘lgan bо‘shliq bо‘ylab shtrekgacha erkin tushadi va bunda rudani yetkazishni tashkil qilish oddiy hamda kо‘p mexnat sarf qilinmaydi. Juda yuqorida joylashgan pog‘onalarni qulatganda tirgaklar shikastlanishi yoki sinishi natijasida rudani blokdan chiqarish ishlari qiyinlashadi. Qulatilgan rudaning zarbasini о‘ziga qabul qilish va uning harakatini sekinlatish uchun shikastlanishi mumkin bо‘lgan tirgaklarga qiya holatda nov (taxta tо‘shama) о‘rnatiladi. Qiya va gorizantal holatda о‘rnatilgan taxta tо‘shamalar 6 yumaloq xoda yoki qalin taxtalardan hosil qilinadi. Afzalliklari va kamchilliklari.Tirgak mustaxkamlagichlar bilan rudani ship pog‘onalab qazib olish tizimi quyidagi afzalliklar va kamchilliklarga ega. 1. Tirgak mustaxkamlagichli ship pog‘onalab qazib olish tizimi yetarlicha xavfsiz hisoblanadi, kon ishchisi qazib olish joyi shipining va yonining holatini kuzatishi oson va о‘z vaqtida salbiy holatlar bartaraf qilinadi, pog‘ona shipi tо‘xtovsiz yangilanishi hisobiga ularning turg‘unligi oshadi. Qazib olish bо‘shlig‘ining ochilgan yon tomoni ish joyining pastida bо‘lgani uchun yondosh jinslarning qulagan bо‘lagidan ishchilar jaroxat olmaydi. Xavfli xolatni keltirib chiqaradigan sabablardan biri qazib olish bо‘shlig‘idagi taxta tо‘shamadan ishchilarning yiqilib tushish ehtimoli. Chunki ayrim holatlarda portlatishdan keyin tirgaklar shikastlanishi mumkin. Bundan tashqari shikastlangan tirgaklarni almashtirish yoki qayta tiklash ishlari xavfli sharoitlarda olib boriladi. 2. Portlatishdan keyin tirgaklarni о‘rnatish va qayta tiklash kо‘p mexnatni talab qiladi, ayrim holatlarda rudani ruda tushirgichga qо‘l bilan tushirishga tо‘g‘ri keladi (106-rasm). Bu esa qazib olish joyi ishchisining unumdorligini pasaytiradi. Yog‘och mustaxamlagich sarfining yuqoriligi sababi tufayli ruda tannarhi ortishi kuzatiladi. Odatda qazib olish bо‘shlig‘iining 1 m3 ga о‘rtacha 0,06–0,12 m3 yog‘och mustaxkamlagich tо‘g‘ri keladi. 3. Ruda yо‘qotilish miqdori nisbatan kam. Ushbu qazib olish tizimi qо‘llanilishi oddiy va sharoitga moslashuvchan bо‘lganligi uchun tarmoqlanuvchi-tomirsimon ruda tanalarini (bunday ruda tanalarining elementlari keskin о‘zgaruvchan bо‘ladi) qazib olishda keng qо‘llaniladi. Sal qiya ruda tanalarini qazib olishda ship pog‘onali qazib olish tizimi juda kam qо‘llaniladi. Shuning uchun bu tizim variantlarida skreper va boshqa mexanik kо‘rinishdagi yetkazish usullaridan foydalanilmaydi. Download 14.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling