Shirin makkajo’hori. (Megaton F1 navi)
Download 13.99 Kb.
|
Shirin makkajo'ri 2020 yil kuzgi
Shirin makkajo’hori. (Megaton F1 navi). Megaton F1 navi qutusini 430 000 so’mga olindi. Qutusida 5 000 dona urug’ bo’larkan. Birinchi nam chirindi paketchalarga solinib, ola ko’lankaga terib chiqildi. Keyinchalik sug’orish oson bo’lishi uchun yerga nisbatan chuqurroq bo’lsa, leykada sug’organdan ariq suvida nasosda sug’orish oson bo’lar ekan. Urug’ 13-iyun kuni 8-10 soat atrofida kuduz kuni suvga ivitib qo’yildi. 8 soat yetarli ekan. 10 soatdan ko’payib ketsa, issiqda achib qolar ekan. 8 soat ivigandan so’ng, surp materialni ho’llab biror idishga suzib olinadi va 10 soat nam lattada butilka yoki og’zi berk idishda dimlab qo’yiladi. Shu kuni chirindi solingan paketchalarni suvga to’dirib qo’yiladi. Ertasi kuni ertalab, ya’ni 14 iyun kuni unishni boshlagan urug’larni paketchalarga 2-3 sm chuqurlikda suqub chiqdik. Ustidan 1 sm atrofida chirindi tashlandi. Chirindi solingandan so’ng urug’ chuqurligi 3 smdan oshib ketmasligi kerak ekan. Bo’lmasa chirib qolar ekan. 1-urug’ seshanba 16 iyun kuni unib chiqdi. Ertasiga ko’paydi. Payshanba kuni ancha 40-50 % atrofida unib chiqdi. Namligiga qarab 1-suvni payshanba kuni 18 iyun kuni leykada sepdik. Namligiga qarab kunora suv quydik. Urug’ ekilganiga 10 kun bo’lganda yerga ekishni boshladik. 24 iyun kuni 4 qator (o’rtacha 600 tup); 25 iyun kuni 4 qator (o’rtacha 600 tup); 26 iyun kuni 3 qator (o’rtacha 450 tup); 27 iyun kuni 6 qator (o’rtacha 900 tup); 28 iyun kuni 5 qator (o’rtacha 750 tup); 29 iyun kuni 5 qator (o’rtacha 500 tup) taxminan 3800-4000 tup atrofida ko’chat o’tqazildi. Bir necha marta sug’orilgandan so’ng, 4-iyul kuni dori solindi. Bir aravacha go’ng+yarim qop xoka+ikki paqir ammafos+ikki paqir selitra+to’rt hovuch kaliyli o’g’itni aralashtirib ikki tup orasiga bir hovuchdan solindi. Doridan so’ng ikki – uch kundan so’ng suv berildi. Yetilishiga qarab kultivatsiya va chopiq qilindi. 2-avgustda makka popiltirigi ko’rina boshladi. 7-8 avgustda to’liq ko’rindi. 5-6-avgust kunlari makka so’tasi tagiga mochevina solayotib bargini yonida dumbul bargi ko’rindi. Keyin zahar sepdim. 7-avgustda doridan keyin suv ochdim. 8-avgust kuni makka sochini ko’rdim. Download 13.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling