Shisha ishlab chiqarish


Download 115.5 Kb.
bet4/5
Sana05.10.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1692246
1   2   3   4   5
Bog'liq
NMKT 4 kurs Ma\'ro\'za 4 (4)

Vallar asbest bilan qoplangan, ularning orasida shisha listi bo'lib, ikki tomonidan vallar aylanib, uni yuqoriga ko'taradi. Vallarni umumiy vertikal val konissimon tishli gildirak yordamida harakatga keltiradi. Qaysiki, u elektromatorga ulangan shisha listining harakat tezligi 120 m/s gacha bo'ladi. Olingan shisha mashinaning yuqori qismiga chiqqach qirqib olinadi, uning qalinligi 2- 6 rom, qayiqcha usulida olingan shishalar ko'pincha nuqsonli bo'ladi. To'lqinsimon shakldagi yoki yuzasida chiziqlari bo'lgan shishalar olinadi. Qayiqchasiz usulda nuqsonsiz, sifatli shish a olinadi, suyuqlanmasi olinadiganjoyga maxsus o'tga chidamli panjara o'rnatiladi, suyuqlanmaga tushiriladi va bir tekisda shisha suyuqlanmasi tortiladi. Bunda ham qayiqcha usulda qo'llaniladigan mashina ishlatiladi. Muhim shisha mahsulotlardan biri shisha tolasidir. U shisha to'qimalar, shisha paxta va boshqa narsalar uchun ishlatiladi. Shisha tolasi olish uchun elektr pechlarida tayyorlangan shisha suyuqlanmasi pechning maxsusjoyda teshikchalari (teshikchalarning kattaligi 1-3 mm bo'ladi) orqali oqib ostga tushadi, cho'ziladi va qotib (2-30 kkm, qalinlikdagi) shixta tolalariga aylanadi. Sayqallangan shisha olish uchun (82- rasm) shisha suyuqlanmasi, shomotli quygich orqali ichi bo'shliqdan iborat bo'lgan va ichki tomonidan suv bilan sovitiladigan, metalldan yasalgan vallar oraligidagi bo'shliqqa tushadi, vallar aylanib to'kadi (ikkalasi bir tomonga aylanadi).

Valdan chiqqan shisha lentasi yurnshatish uchun maxsus tunnel pechiga o'tadi (tunnel pechi - yer ostida qurilgan pech). Olingan shisha listlari pardozianib, silliqlangach (sayqal berilgach), oyna tayyorlash uchun, avtomobillar kabinasiga qo'yish, vitrinalarga o'rnatish uchun ishlatiladi. Olingan shisha listlarini qizdirib tez sovitish (havo oqimi yordamida) orqali toblangan (chinniqtirilgan) shishalar olinadi. Ular xavfsiz shisha bo'lib, avtomobil va samolyotlarning kabinalariga o'rnatiladi. Puflash usulida tara va kimyoviy idishlar olinadi. Hozirgi paytda puflash, siqilgan havo bilan mashinalar yordarnida amalga oshiriladi. Presslash usulida turli buyumlar: bankalar, stakanlar, izolyatoriar, munchoqlar, tugmalar va boshqalar tayyorlanadi. Bunda, cho'yandan yasalgan presslash qoliplariga shisha suyuqlanmasi quyilib, uning ustidan bosuvchi kern bilan bosiladi, natijada qolip bilan kern oralig'ida shisha, qolip shaklini egallaydi, bir tekisdataqsirnlanadi. Quyish usulida po'lat qolipga (biron bir buyum shakliga) shisha suyuqlanmasini quyish yo'li bilan buyum tayyorlanadi. Bu usulda turli xildagi arxitektor qurilish va san'at buyumlari hamda optic asboblar uchun shish alar olinadi. Ayniqsa, ko'pik shishada ajoyib foydali xossalar mujassamlashgan, u g'ovak-g'ovak tuzilgan bo'lib, ajoyib issiqlik va tovush o'tkazmaslik xossalariga ega. U ning zichligi 100-700 kg/m3 , mexanik jihatdanjuda mustahkam, uni shisha kukuni va 3% gacha gaz hosil qiluvchi moddalar (koks, qurum va boshqalar) aralashmasini 700- 9000e da o'tga chidamli po'lat qoliplarga solib pishirish orqali olinadi.


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling