Shisha tayyorlash Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy


Download 297.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.05.2023
Hajmi297.51 Kb.
#1449483
Bog'liq
Presentations | A4(2)



SHISHA VA
KERAMIKA
TOVARLARI


Shisha tayyorlash
Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy
sanoat tarmoqlaridan biri bo'lib, ilk
bor eramizdan 4 ming yil oldin Misrda
boshlangan.
Evropaga shisha ishlab chiqarish
sirlari I asrda (Rim) yetib kelgan.
Keyinchalik shisha ishlab chiqarish
Bogemiyaga (Chexiya) o'xshash
tog'lik va o'rmonzor joylarda
(1526-yili) rivojlangan.
O'zbekistonda shisha buyumlari
Toshkentdagi «Mikond» zavodi,
"Quvasoyshisha» ishlab chiqarish
birlashmasi, Toshkent shisha va
G'azalkent oyna zavodlarida
ishlab chiqariladi.


Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan oshmagan
kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan iborat bo'lmish toza
qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va
probirkalar tayyorlanadi.
Ammo elektr pechlarda buyum ishlab chiqarish qimmatga tushganligi
sababli bu usulda uy-ro'zg'or idishlari ishlab chiqarilmaydi. Qumning erish
harorati 1713°C bo'lganligi tufayli uni 1580°C ga bardosh beradigan
shamot va dinasdan yasalgan domna pechlarda eritib bo'lmaydi.


To
varshunislik
Shuning uchun qumga natriy
sulfiti qo'shib, erish harorati
1088°C gacha pasaytiriladi, lekin
natriy shishaning kimyoviy va
termik xususiyatlarini
pasaytiradi. Shishaning kimyoviy
xususiyati yaxshilanishi uchun
xomashyo tarkibiga bo'r
qo'shiladi.
Uning termik xususiyatini oshirish
maqsadida eritmaning qotish
jarayonini sekinlashtiruvchi dolomit va
issiqlikda kengayish darajasini
kamaytiruvchi dala shpati ishlatiladi.
Qum tarkibidagi temirning ko'kimtir
ikki valentli oksidini sarg'aytirish uch
valentli oksidga aylantirib, shishani
rangsizlantirish uchun selitra
aralashtiriladi.


To
varshunoslik
Ohakli natriy shishasi tayyorlash
uchun shamot yoki dinas toslarida,
rangli va billur shishalar olishda
xumlarda ustidan gaz yoqib eritiladi.
Boshida 900°C da xomashyo kaliy,
kalsiy, natriy va boshqa metallar
silikatidan iborat yaxlit bo'tqaga
aylanadi. 1200°C da eriydi, 1500°C da
pufakchalardan va erimay qolgan
moddalardan xoli bo'lib tinadi. Eritma
1200°C gacha sovitilib, qolip yoki
puflash naychalari yordamida
shakllantiriladi.
Birinchi usulda shakllantirilgan
buyumlar qalin, naqshdor va
konussimon bo'ladi. Puflash usulida
murakkab shakldagi yupqa idishlar
tayyorlanadi. Idish qurama usulda
tayyorlansa, yuzasida qolipning choki
qoladi. Shakllangan buyumlar
issiq-sovuqqa chidamli bo'lishi uchun
pech bilan birgalikda 530-580°C gacha
sovitiladi.


To
varshunoslik
Shakllanish jarayonida bezash
quyidagi to'qqiz turga bo'linadi:
1. Rangli shisha iplari. Buning
uchun puflash naychasi uchiga
olingan rangsiz shisha bo'tqasi
ichiga turli ranglarga bo„yalgan
shisha qalamchalari terilgan
qolipga solib puflanadi. Bunda
ketma-ket o'tkaziladigan qizdirish
va puflash jarayonlari 3-4
bosqichdan iborat bo'ladi.
2.Shisha to'qimasi. Buning uchun
nay bo'tqasi to'qima joylashtirilgan
qolipga solib ketma-ket 3-4
qizdirish va puflash natijasida
buyum shakllantiriladi.
Shisha buyumlarni bezash


To
varshunoslik
5. «Muz naqshi» (krakle
bezagi) hosil qilish, Naycha
uchidagi shisha bo'tqast
5-10 soniya suvga botirib
olingandan keyin yana
qizdirib puflansa, buyum
sirtidagi yoriqchalar erib,
devor ichidagllari qoladi.
3. Shisha uvog'i yoki
zarrachalari. Bunda naycha
uchiga olingan shisha bo'tqasi
maydalangan shisha sepilgan
taxta ustidan dumalatib
o'tkazib puflanadi.
4. Havo pufakchalari. Bu
bezak naycha uchidagi shisha
bo'tqasini ichi qirrali yoki
chuqurchali qolipda va
tashqarida 3-4 puflash
natijasida hosil qilinadi.


To
varshunoslik
6. Irizatsiya (yunon. «kamalak») usulida bezak solish uchun shakllantirilgan
issiq buyum sirtiga ketma-ket xlorli qalay, surma, temir va xrom
hamda kobalt atsetati sepilib, 560-580°C da qizdirilsa, kamalakni
eslatuvchi ko'k, binafsha, sariq, yashil va jigarrang pardalar hosil bo'ladi.
7.Marmarsimon bezak berish. Sut rangli shisha bo„tqasiga boshqa
qo'shimchalar aralashtirmagan holda massa naycha uchiga olinib
puflaganda ko'zlangan maqsadga erishiladi.
8.Rangli dog'lar» bezagi solish uchun naycha uchidagi bo'tqaga turli
rangdagi shisha parchalarini yopishtirib, 3-4 bosqichda ketma-ket
qizdirib puflanadi.
9.Ко'p qavatli rangdor shisha olish. Bunday shisha 2-3 xil rangda
bo'tqalardan naycha uchiga olinib, ketma-ket qizdirish va puflashl
natijasida paydo bo'ladi.


To
varshunoslik
Shisha boshqa materiallarga
nisbatan yuqori optik va
xususiyatlari hamda yetarli
darajada qattiqligi bilan farq qiladi.
Shisha tushgan nurlarning 4%ni
qaytarib, qolganini o'tkazadi.
Shishaga tushgan nurlar uning
orasidan o'tayotib tarqalish
tezligini o„zgartiradi (nur sinadi).
Bu koe"tsiyent shisha yuzasiga
tushgan nur bilan unga bo'lgan
perpendikular orasidagi burchak
sinusini shisha orqali o'tayotgan
siniq nur bilan shu perpendikular
orasidagi burchak sinusiga
nisbatini ko'rsatadi.Ohakli-natriy
shishalarning nur sindirish
koe"tsiyenti 1,5 va billurniki
1,6 ga teng.


E'tiboringiz
uchun rahmat

Download 297.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling