Shisha tayyorlash Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy
Download 297.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Presentations | A4(2)
SHISHA VA KERAMIKA TOVARLARI Shisha tayyorlash Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy sanoat tarmoqlaridan biri bo'lib, ilk bor eramizdan 4 ming yil oldin Misrda boshlangan. Evropaga shisha ishlab chiqarish sirlari I asrda (Rim) yetib kelgan. Keyinchalik shisha ishlab chiqarish Bogemiyaga (Chexiya) o'xshash tog'lik va o'rmonzor joylarda (1526-yili) rivojlangan. O'zbekistonda shisha buyumlari Toshkentdagi «Mikond» zavodi, "Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shisha va G'azalkent oyna zavodlarida ishlab chiqariladi. Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan iborat bo'lmish toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va probirkalar tayyorlanadi. Ammo elektr pechlarda buyum ishlab chiqarish qimmatga tushganligi sababli bu usulda uy-ro'zg'or idishlari ishlab chiqarilmaydi. Qumning erish harorati 1713°C bo'lganligi tufayli uni 1580°C ga bardosh beradigan shamot va dinasdan yasalgan domna pechlarda eritib bo'lmaydi. To varshunislik Shuning uchun qumga natriy sulfiti qo'shib, erish harorati 1088°C gacha pasaytiriladi, lekin natriy shishaning kimyoviy va termik xususiyatlarini pasaytiradi. Shishaning kimyoviy xususiyati yaxshilanishi uchun xomashyo tarkibiga bo'r qo'shiladi. Uning termik xususiyatini oshirish maqsadida eritmaning qotish jarayonini sekinlashtiruvchi dolomit va issiqlikda kengayish darajasini kamaytiruvchi dala shpati ishlatiladi. Qum tarkibidagi temirning ko'kimtir ikki valentli oksidini sarg'aytirish uch valentli oksidga aylantirib, shishani rangsizlantirish uchun selitra aralashtiriladi. To varshunoslik Ohakli natriy shishasi tayyorlash uchun shamot yoki dinas toslarida, rangli va billur shishalar olishda xumlarda ustidan gaz yoqib eritiladi. Boshida 900°C da xomashyo kaliy, kalsiy, natriy va boshqa metallar silikatidan iborat yaxlit bo'tqaga aylanadi. 1200°C da eriydi, 1500°C da pufakchalardan va erimay qolgan moddalardan xoli bo'lib tinadi. Eritma 1200°C gacha sovitilib, qolip yoki puflash naychalari yordamida shakllantiriladi. Birinchi usulda shakllantirilgan buyumlar qalin, naqshdor va konussimon bo'ladi. Puflash usulida murakkab shakldagi yupqa idishlar tayyorlanadi. Idish qurama usulda tayyorlansa, yuzasida qolipning choki qoladi. Shakllangan buyumlar issiq-sovuqqa chidamli bo'lishi uchun pech bilan birgalikda 530-580°C gacha sovitiladi. To varshunoslik Shakllanish jarayonida bezash quyidagi to'qqiz turga bo'linadi: 1. Rangli shisha iplari. Buning uchun puflash naychasi uchiga olingan rangsiz shisha bo'tqasi ichiga turli ranglarga bo„yalgan shisha qalamchalari terilgan qolipga solib puflanadi. Bunda ketma-ket o'tkaziladigan qizdirish va puflash jarayonlari 3-4 bosqichdan iborat bo'ladi. 2.Shisha to'qimasi. Buning uchun nay bo'tqasi to'qima joylashtirilgan qolipga solib ketma-ket 3-4 qizdirish va puflash natijasida buyum shakllantiriladi. Shisha buyumlarni bezash To varshunoslik 5. «Muz naqshi» (krakle bezagi) hosil qilish, Naycha uchidagi shisha bo'tqast 5-10 soniya suvga botirib olingandan keyin yana qizdirib puflansa, buyum sirtidagi yoriqchalar erib, devor ichidagllari qoladi. 3. Shisha uvog'i yoki zarrachalari. Bunda naycha uchiga olingan shisha bo'tqasi maydalangan shisha sepilgan taxta ustidan dumalatib o'tkazib puflanadi. 4. Havo pufakchalari. Bu bezak naycha uchidagi shisha bo'tqasini ichi qirrali yoki chuqurchali qolipda va tashqarida 3-4 puflash natijasida hosil qilinadi. To varshunoslik 6. Irizatsiya (yunon. «kamalak») usulida bezak solish uchun shakllantirilgan issiq buyum sirtiga ketma-ket xlorli qalay, surma, temir va xrom hamda kobalt atsetati sepilib, 560-580°C da qizdirilsa, kamalakni eslatuvchi ko'k, binafsha, sariq, yashil va jigarrang pardalar hosil bo'ladi. 7.Marmarsimon bezak berish. Sut rangli shisha bo„tqasiga boshqa qo'shimchalar aralashtirmagan holda massa naycha uchiga olinib puflaganda ko'zlangan maqsadga erishiladi. 8.Rangli dog'lar» bezagi solish uchun naycha uchidagi bo'tqaga turli rangdagi shisha parchalarini yopishtirib, 3-4 bosqichda ketma-ket qizdirib puflanadi. 9.Ко'p qavatli rangdor shisha olish. Bunday shisha 2-3 xil rangda bo'tqalardan naycha uchiga olinib, ketma-ket qizdirish va puflashl natijasida paydo bo'ladi. To varshunoslik Shisha boshqa materiallarga nisbatan yuqori optik va xususiyatlari hamda yetarli darajada qattiqligi bilan farq qiladi. Shisha tushgan nurlarning 4%ni qaytarib, qolganini o'tkazadi. Shishaga tushgan nurlar uning orasidan o'tayotib tarqalish tezligini o„zgartiradi (nur sinadi). Bu koe"tsiyent shisha yuzasiga tushgan nur bilan unga bo'lgan perpendikular orasidagi burchak sinusini shisha orqali o'tayotgan siniq nur bilan shu perpendikular orasidagi burchak sinusiga nisbatini ko'rsatadi.Ohakli-natriy shishalarning nur sindirish koe"tsiyenti 1,5 va billurniki 1,6 ga teng. E'tiboringiz uchun rahmat Download 297.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling