Shixnazarova Sarvinozning "Texnologiya proktikumi"
Download 23.38 Kb.
|
33-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yogʻochga ishlov berish jihozlari
Ajiniyaz Nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutining 1-kurs Texnalogik talim o’zbek gruppa sirtqi bo’lim talabasi Shixnazarova Sarvinozning “Texnologiya proktikumi” fanidan Yozgan mustaqil ishisi MAVZU: Yog’ochlarga ishlov beruvchi yumaloq arrali dasgohlar turlari ularning kinematic sxemasi vazifasi va tuzilishi. Yog’och materiallarga yumaloq arrali dasgohlarda ishlov berish texnologiyasi. REJA: Yogʻochga ishlov berish jihozlari Yog‘ochlarning turlari, ularning tuzilishi va xossalari. Dasgohlar asosiy unsurlarining tavsiflari Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va b.), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va b. yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va b.) tayyorlanadi. Yo.i. b. j. bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bn), jilvirlar va b. kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, i. ch. korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik Yo. i. b. j., asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va b.dan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (mas, plitalar) i. ch.da foydalanish mumkin (qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va b. tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish sta nokl ar i changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi Yog‘ochlarning turlari, ularning tuzilishi va xossalari. Yog‘och deganda, arralab yiqitilgan va ildiz hamda shox-shabbalardan tozalangan daraxt tushuniladi. Daraxt yog‘ochligini ko‘ndalanggiga qirqib hosil qilish jarayoni saralab arralash deyiladi. Yog‘ochni saralashda ishga yaroqli va o‘tinbob qismlari olinadi. Ishga yaroqli yog‘och dumaloq holatda va mexanikaviy va kimyoviy ishlash uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan hamda ishga yaroqli asortimentlarga tegishli, GOST yoki TU talablariga javob beradigan yog‘och va uning bo‘laklariga aytiladi. O‘tinli yog‘och yoqilgi sifatida hamda pista ko‘mir va quruq haydash uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan past sifatli yog‘och. Xodalar deb, arralash materiallar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan dumaloq ishga yaroqli asortimentlarga aytiladi. G‘o‘la deb, maxsus (faner, chang‘i, aviatsiya, g‘altak) mahsulot turlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan dumaloq asortimentlarga aytiladi. G‘o‘la deb, yog‘och ishlash dastgohlarida ishlatish uchun zarur bo‘lgan o‘lchamlarga ega bo‘lgan uzunlikdagi g‘o‘laga aytiladi. Yog‘och materiallariga qo‘yiladigan talablar daraxtlarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yaproq va nina bargli daraxtlarning dumaloq yog‘och materiallariga qo‘yiladigan talablar GOST 9462-71 va GOST 9463-72 da dumaloq yog‘och materiallarining standartlarida belgilangan daraxt tanasini 3 zonaga, to‘nkali, o‘rta va cho‘qqi zonaga ajratishni ko‘zda tutadi. Daraxt tanasining to‘nkasi yuqori fizik ko‘rsatkichlarga ega va tananing yon sirtlarda teshib chiqqan ko‘zlar bulmaydi. Daraxt tanasining o‘rta qismida ko‘p miqdorda o‘sib turgan va qurib qolgan ko‘zlar uchraydi, cho‘qqi qismida turli o‘lchamdagi butoqlar uchraydi. Yog‘ochning sifatiga hamda ishlanish nuqsonlariga qarab dumaloq yog‘och materiallari 4 navga ajratiladi va bu navlarga qo‘yiladigan talablar GOST da 17 ko‘rsatilgan. Dumaloq yog‘och materiallarining qalinligi o‘rtacha (14-24 sm va yo‘g‘onligi 26 sm dan katta) guruhlarga ajratiladi. Daraxtlarning turiga qarab ulardan olinadigan yog‘ochlar har xil maqsadlarda ishlatiladi. Masalan: nina bargli va yaproqli daraxtlardan olingan yog‘och materiallari vazifasiga ko‘ra 4 guruhga ajratiladi: 1. Sortimentlarni arralash va frezalash yo’li bilan ishlashga mo‘ljallangan yog‘och materiallari (avia sanoat, mashinasozlikda, qurilishda) qo‘llaniladi. 2. Shponlarni yo‘nish yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun yog‘och materiallari. 3. Sellyuloza va qog‘oz massasini ishlab chiqarish uchun yog‘och materiallar. 4. Turli maqsadlarga mo‘ljallangan yordamchi va muvaqqat qurilishlarda dumaloq holatda foydalaniladigan yog‘och materiallari. Nina bargli daraxtlarga tilog‘och, qarag‘ay, oq qarag‘aylar kiradi. O‘sayotgan daraxt ildiz, tana va shoxlardan tuzilgan. Daraxt tanasi esa o‘zak, po‘stloq va yillik qatlamlardan tuzilgan. Yog‘ochlarning tuzilishi asosan ikki xil bo‘ladi: makroskopik va mikroskopik. Daraxt tanasini ko‘ndalang qirqib olib qaralsa uning mikroskop tuzilishi: 1-o‘zak, 2-o‘zak nurlari, 3-yadro, 4-po‘kak qatlami, 5-lub qatlami, 6-po‘stlog‘i, 7-kambiy va 8 yillik qatlamlardan iborat. Bundan tashqari, nina bargli daraxtlarda smola yo‘llari ham mavjud va ular gorizantal yoki vertikal o‘qlar bo‘yicha o‘tadi. Makroskopik tuzilishini biz oddiy ko‘z bilan ko‘ra olamiz. Mikroskop tuzilishini ko‘rganimizda yillik qatlamlar ancha qiziqish orttirishi mumkin. O‘zak atrofida kontsentrik qatlamlar joylashadi. Bu aylanalar daraxtning yillik o‘sishini ko‘rsatadi va ularga yillik qatlamlar deyiladi. Radial qirqimda yillik qatlamlar bo‘ylama polosa ko‘rinishida, tangentsial qirqimda egri-bugri chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Yog‘ochning mikroskopik tuzilishiga mikroskop ostida ko‘rinadigan tuzilishi kiradi. Yog‘ochning mikroskopik tuzilishida daraxtlarning turiga qarab bir-biridan farq bo‘lishi mumkin. Biz misol sifatida nina bargli daraxtlarning yog‘ochini tuzilishini ko‘rib o‘tamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, yog‘och asosan yog‘och hujayralari va to‘qimalaridan iborat bo‘lib, ular yana kichik guruhlarga bo‘linadi. 18 Nina bargli daraxt yog‘ochining tuzilishi oddiyligi va to‘g‘riligi bilan farq kiladi. Uning asosiy massasi (90-95%) qiyshiq kesimli uchli radial qatorlar bo‘yicha joylashgan cho‘ziq to‘qimalar -traxendlardan iborat. O‘zak nurlari kambar, ko‘z bilan bir ko‘rinadigan yoki umuman ko‘rinmaydigan, ammo juda ko‘p bo‘ladi va ular parexim hujayralaridan tuzilgan. Yog‘ochning asosiy qismini o‘simlik hujayralari tashkil etadi va ularni faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. Hujayralar Yog‘ochning turli qismida shakl va kattaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Protoplazma organik va mineral moddalardan iborat bo‘lib, uning asosini oqsil moddalari tashkil etadi. Yadro protoplazmada zichligining kattaligi va tarkibida fosfor bo‘lishi bilan farq qiladi. Yadro yumaloq yoki pila shaklida bo‘lib, hujayra markazida joylashgan bo‘ladi. Protoplazma va yadrodan tashqari yumaloq yoki dong ko‘rinishiga ega bo‘lgan plastiklar 2 guruhga bo‘linadi: 1. Xloro plastlar yoki florov donachalari ko‘k rangda. 2. Leykoplastlar rangsiz ularda qand zapasi kraxmalga aylnadi. Hujayralar yadroning asta-sekin bo‘linishi mumkin uchlarida kaibiyda ya’ni qayerda o‘sishi ro‘y bersa shu erda ko‘payadi. O‘sayotgan daraxtlardagi hujayralar vazifasiga ko‘ra oziqlantiruvchi, o‘tkazuvchi va tayanch hujayralarga bo‘linadi. Hujayralar o‘sib bir-biriga chirmashib to‘qima deb ataluvchi ingichka tolalar hosil qiladi va Yog‘ochga mos bo‘lgan tus beradi. To‘qimalar ham huddi hujayralardek to‘plovchi, oziqlantiruvchi, o‘tkazuvchi va tayanch yoki mexanik to‘qimalarga bo‘linadi. To‘plovchi to‘qimalarni tashkil qilgan hujayralar uzunligi 0,01 dan 0,1 mm gacha bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qimalarni tashkil qilgan hujayralar qator naychalar hosil qiladi va ularning uzunligi o‘rtacha 100 mm bo‘ladi. Tayanch yoki mexanikaviy to‘qimalarni uzunligi 0,7 dan 1,6 mm gacha, eni 0,2 dan 0,05 mm gacha bo‘ladi. Yog‘ochlarning tuzilishi uning fizik-mexanik xossalariga ta’sir qilib, bu xossalarini belgilaydi. Masalan: nina bargli daraxt tolalari to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, yaproq bargli daraxtlarniki egri-bugri bo‘ladi. SHuning uchun nina bargli daraxtlar mustahkamroq bo‘lsa, yaproqli daraxtlar Yog‘ochining zarbiy qovushqoqligi esa yuqoriroq bo‘ladi. 19 Yog‘ochning xossalarini 3 ta guruhga bo‘lish mumkin: 1) fizikaviy; 2) mexanikaviy; 3) texnologik. Yog‘ochning fizik xossalari deb, sanaladigan namunaning yaxlitligi va uning kimyoviy tarkibini buzmay ko‘zdan kechirish, tarozida tortish, o‘lchash, quritish yo‘li bilan aniqlanadigan xossalariga aytiladi. Yog‘ochning fizikaviy xossalariga: tashqi ko‘rinishi, hidi, zichligi, namligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar - qurishi, shishishi va tob tashlashi kiradi. Yog‘ochning fizikaviy xossalariga, shuningdek, elektr, tovush va issiqlik o‘tkazuvchanligi va makrostruktura ko‘rsatkichlari ham kiradi. Yog‘ochlarning fizikaviy xossalari kichik guruhlarga bo‘linadi. Masalan, Yog‘och namlik darajasiga qarab quydagi xillarga ajratiladi: 1. Ho‘l Yog‘och - namligi 100 % dan ortiq va suvda turgan; 2. Yangi kesilgan - namligi 50-100%; 3. Havoda quritilgan - namligi 15-20%; 4. Xonada quritilgan - namligi 8-12%; 5. Absolyut quruq Yog‘och - namligi 0%. Yog‘ochning mexanikaviy xossalari uning tashqi kuchlar tasiriga qaratishlik ko‘rsatilish xususiyatini xarakterlaydi. Tashqi kuchlar ta’sirida Yog‘ochning ayrim zarrachalari orasidagi bog‘lanish buziladi va uning shakli o‘zgaradi. Yog‘och tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsatgani uchun ichki kuchlar vujudga keladi, agar bu kuchlarni qirqim birlik maydoni birligiga bo‘lsak, kuchlanish kelib chiqadi. Kuchlanish kvadrat santimetrga kilogrammlarda ifodalanadi. Yog‘ochlarda elastik va qoldiq deformatsiyalar kuchlar ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Yog‘ochning mexanikaviy xossalariga mustahkamligi, qattiqligi, deformatsiyalanishi, zarbiy qovushqoqligi kiradi. Mexanikaviy xossalarning har biri yana kichik guruhlarga bo‘linadi. Masalan: Yog‘ochning qattiqligini olib qaraylik. Yog‘ochning begona qattiq buyumlar botishiga qarshilik ko‘rsatish xossasi qattiqlik deb ataladi. Qattiqligi bo‘yicha Yog‘ochlar 3 guruhga bo‘linadi: 1) Yumshoq (ko‘ndalang sirtning qattiqligi 385 kgk/sm 2 va undan kam)- qarag‘ay, archa, kedr, terak va boshqalar; 20 2) Qattiq (ko‘ndalang sirtining qattiqligi 386-825 kgk/sm 2 gacha)-qayin, shamshod, qayrag‘och, olma va boshqalar; 3) Juda qattiq (ko‘ndalang sirtining qattiqligi 825 kgk/sm 2 .dan katta) - oq akatsiya, temir qayin, grab, qizil shamshod va boshqalar. Quyidagi jadvalda ayrim Yog‘ochlarning mexanik xossalari keltirilgan Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov berish dastgohlarining qurilmalari va ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri - randalash uchun, boshqalari — parmalab teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi qurilmadagi dastgohlar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi. Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, tayanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, dastgohni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar — zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan unsurlar to‘pla-mi bilan dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi. Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim unsurlari o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi. 21 Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi. Stannalarning shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga hamda qurilmasiga bog‘liq. Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari — shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun moijallangan. G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismlari — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi. Supportlarga dastgohning ish bajaradigan yoki boshqa qismlari mahkamlanadi. Supportga mahkamlangan ish qismlari, dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan, vertikal) yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin. Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida supportlardan tayanch unsurlar — stollarni mahkamlash maqsadida ham foydalaniladi. Bunday dastgohlarda supportlar ba‘zida zagotovkalarga surish harakatini uzatish uchun ham xizmat qiladi. O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari zagotovkalarga uzluksiz bir tekis harakatni uzatib turadi; pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zagotovka yoki kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham zagotovka, ham asbobga qaytma - ilgarilama harakat — surish harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi. Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi oraliq zvenolardan (masalan, tasmali uzatma yoki elektr dvigatel 22 valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, masalan, elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga hojat qolmaydi. Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga solish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy rusumdagi dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda boshqariladi; yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan holatida ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish tizimlarida buzilib qolgan yuritmaning avtomatik ravishda to‘xtashi ko‘zda tutilgan. Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov berish jarayonida zagotovkalarning turg‘unligini ta‘minlaydi va surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi. Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan vaziyatda mahkamlaydi. Siqish moslamalari o‘tish operatsiyalari bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib turishini ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga yordam beradi. Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni uzatadi va ishlov berilgan zagotovka yoki detallarni dastgohdan olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi. Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda charxlash va shaklini to‘g‘rilashga mo‘ljallangan. Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘naltiruvchi va tayanch unsurlarning kesish asbobiga nisbatan vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qismlarga nisbatan vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga ishlov berganda hosil bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvurlarga ulanadi. 23 Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun ishlatiladi. Arra vali. Arra vali disk arrali va agregat dastgohlarning ish qismi hisoblanadi. Arra vali (9-rasm, а) korpuslar (2) ga o‘rnatilgan ikkita sharikli podshipnik (3) da aylanadi, val dastgohning tayanch qismiga (masalan, staninaga) shu korpuslar yordamida o‘rnatiladi. Valning bir uchiga shkiv (1) mahkamlangan; elektr dvigatelning aylanish harakati shu shkivga kiygizilgan tasma orqali valga uzatiladi. Valning ikkinchi uchiga disk arra (5) maxsus shaybalar (6) va (4) orasiga olinib, gayka (7) yordamida siqib qo‘yilgan. Shayba 4 valga, odatda, prizmatik shponka yordamida qo‘zg‘almas qilib, shayba 6 esa sirpanadigan qilib o‘rnatiladi. Shayba bilan disk arrani siqib turuvchi gayka 7 disk arraning aylanish tomoniga teskari yo‘nalishda burab mahkamlanishi lozim. shunda u ish jarayonida buralib bo‘shamaydi. Shu boisdan arra valining uchidagi rezbasi valning qaysi tomonga aylanishiga qarab o‘ng rezba yoki chap rezba bo‘lishi mumkin. 3 4 5 6 7 89 7 6 5 2 1 11 12 13 18 10 a) b) 14 15 1617 9-rasm. Bir arrali (a) va ko‘p arrali (b) dastgohlardagi arralar valining yig‘ilgan holati: 1-shkiv, 2,13-korpuslar, 3-sharikli podshipnik, 4,6-shaybalar, 5-disk arra, 7-gayka, 8-vtulka, 9-shpilka, 10-arralar vali, 11-oraliq halqa, 12,15-flanetslar, 14,18-chiqiqlar,16-shkiv, 17-shponka. 24 Disk arrali dastgohlarning ba‘zi (muvozanatlovchi va torsaviy mayatnikli) qurilmalarida arra vali sharikli podshipniklarining har ikkala korpusi yaxlit qo‘yilgan bo‘ladi va staninaga sharnirli mahkamlanadi yoki qo‘zg‘almas o‘qda buriladigan yaxlit ramkadan iborat bo‘ladi. TSDK - 5 va TSMR - 2 tipidagi ko‘p arrali dastgohlarda taxtalar yoki zagotovkalar bir o‘tishda bir necha qismga kesiladi. Arra vali {10) (9-rasm, b) quyma korpus {13) ga mahkamlangan podshipniklarda o‘rnatiladi; korpusning toretslari flanetslar {12) va (15) bilan bekitilgan. Valning bir uchiga uni tasmali uzatma orqali elektr dvigatelga ulaydigan shkiv {16) otkazilgan. Shponka {17) /ramda boltli torsaviy shayba shkiv {16) ni valda qo‘zg‘atmay qo‘yadi. Valning ikkinchi uchiga arra (5) otnatilib, shayba (6) va gayka (7) bilan mahkamlanadi. Arralar valga bevosita mahkamlanishi bilan birga, maxsus opravka - vtulka (8) ga ham biriktirilgan bo‘ladi; vtulka sirpanuvchan shponkada val bo‘yicha suriladi. Shpilka (9) li halqalar (11) arralar oralig‘ining o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chiqiqlar (18) valni staninaga sharnirli mahkamlash uchun, chiqiq (14) yordamida esa val o‘rnatilgan korpusni arraning vaziyatini balandligi bo‘yicha o‘zgartirib buriladi. Picboqlar vali. Yog‘ochga uzunasiga frezalash usulida ishlov beradigan dastgohlarda, chunonchi: randalash dastgohi, reysmusli dastgoh, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalashrandalash dastgohida pichoqlar vali ishlatiladi (10-rasm). 3 4 4 2 2 a) b) 1 10-rasm. Pichoqlar vali: a-pichoqlar to‘g‘ri chiziqli valda joylashgan, b-pichoqlar vint chiziq bo‘yicha joylashgan, 1-shkiv, 2-val, 3-podshipnik, 4-pichoq. 25 Pichoqlar vali (2) po‘latdan yasaladi (10-rasm, a). Valning qurilmasi unga pichoqlar (4) ni o‘rnatish va ularni aylanma harakatlantirish imkonini beradi. Valda pichoqlar joylashadigan o‘yiqlar va ularni mahkamlaydigan qurilmalar bo‘ladi. Valning chekka uchlarida bo‘yinlar bor, val shu bo‘yinlarga podshipniklar (3) da o‘rnatiladi. Valning bir uchiga mahkamlangan shkiv (1) valga aylanma harakat uzatadi. Ba‘zan shkiv o‘rnida yarim mufta bo‘ladi; yarim mufta pichoqlar valini elektr dvigatel valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel valining o‘qi bilan pichoqlar valining o‘qi o‘qdosh bo‘lishi lozim. SR6 - 8 tipidagi reysmusli dastgohlarda pichoqlar valiga (10- rasm, b) o‘roqsimon yassi pichoqlar o‘rnatiladi; bu pichoqlarning tili valning silindrik sirtida vint chiziqlari bo‘ylab o‘rnatiladi. O‘roqsimon pichoqlarning tillari yo‘niladigan yog‘ochga deyarli hamma vaqt tegib turganligidan, bunday pichoqlar vali boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib turadi. Bunday pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g‘adirbudurlar kam bo‘ladi. Pichoqlar vali bir daqiqada 6000 marta va undan ham ko‘p aylanadi, shunga ko‘ra val hamda pichoqlar shunday muvozanatlanadiki, valning qarama - qarshi tomonlariga o‘rnatilgan ikki pichoqning og‘irlik markazlari aylanish o‘qidan baravar masofada joylashgan bo‘ladi. Aks holda, muvozanati buzilgan markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo‘lib, kuchli titrash paydo boiadi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda dastgoh unsurlarining sinishiga olib keladi. Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko‘p pichoqlar juftini o‘rnatishga mo‘ljallangan. Pichoqlarni o‘rnatish usullari 11-rasmda ko‘rsatilgan. Pichoqlar (3) valdagi o‘yiqlarga o‘rnatilgan. Har bir pichoq o‘yiqning devori bilan ponasimon vkladish (4) orasiga boltlar (5) bilan siqib qo‘yilgan; boltlar vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan o‘yiqning qarama-qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda 26 siqib qo‘yish uchun valni uzunligi bo‘yicha bir necha bolt bilan siqib qo‘yish ko‘zda tutilgan. O‘tmaslashgan pichoqni almashtirish uchun hamma boltlar bo‘shatilib, pichoq olinadi va o‘rniga o‘tkir pichoq qo‘yiladi, so‘ngra valning o‘rtasidagi boltdan boshlab barcha boltlar bir necha usulda buralib, pichoq qattiq siqib qo‘yiladi. Pichoq tig‘ining vaziyatini o‘zgartirish uchun, shuningdek, pichoqni valga o‘rnatishda vintlar (2) (11-rasm, a) yoki prujinalar (6) (11- rasm, b) ishlatiladi. 3 3 1 2 4 4 5 6 a) b) 5 Shpindellar. Shpindellar uzunasiga frezalash, frezalash, turum qirqish, parmalash, zanjirli - o‘yish dastgohlan va yog‘ochga frezalash yoki parmalash usuhda ishlov berishga mo‘ljallangan boshqa xil dastgohlarda kesish asbobmi o‘rnatish va aylantirish uchun ishlatiladi Shpindellar dastgoh supportining stakani ichiga sharikli podshipmklar bilan mahkamlanadi. Shpindelning yuqori qismida kesish asbobi bo‘lgan valga kiydirish uchun konussimon chuqurcha yoki mahkamlash vositasi ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Shpindellar dastgohlarning vazifasiga ko‘ra turlicha qurilmalarda bajarilgan bo‘lishi mumkin. Ba‘zi hollarda ish jarayonida shpindelning uzunligini o‘zgartirish uchun teleskopik shpindellar ishlatiladi. 13-rasmda shunday shpindellardan 27 birining tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu shpindel ikki qismdan iborat; qismlardan biri ikkinchisi bo‘ylab shponkada yoki shlitsli birikmada sirpanishi mumkin. Shpindelning shkiv (4) li yuqori qismi (6) podshipniklar (5) ga, pastki qismi (2) esa stakan (3) ning podshipniklari (7) ga o‘rnatilgan. Bu holda shpindelning pastki qismiga parma (1) mahkamlangan. Shpindelning pastki qismini dasta (8) yordamida vertikal tekislikda siijitish mumkin, bunda shpindelning yuqori qismi (6) tishlashgan holda turadi (13- rasm). 3 2 1 8 7 6 5 4 13-rasm. Murakkab shpindelning sxemasi: 1 — parma, 2 — shpindelning qo‘zg‘aluvchan qismi, 3 — stakan, 4 - shkiv, 5,7 — podshipniklar, 6 — shpindelning yuqorigi qismi, 8 - dastak. Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, ko‘pincha, elektr dvigatellarning uzaytirilgan vallari shpindel vazifasini o‘taydi. Kesish asbobi valga bevosita yoki shpindelni valga o‘tqazish yordamida mahkamlanadi. Ток chastotasi 50 Gs bo‘lganda elektr dvigatel val-shpindellar daqiqasiga taxminan 3000 marta aylanishi mumkin; biroq mahsulot sifatli chiqishi va uskuna yuqori unum bilan ishlashi uchun val-shpindellar daqiqada taxminan 4500, 6000 marta va bundan ham tezroq aylanadi. Buning uchun dastgohlarga tok chastotasini mos ravishda 75, 100 Gts gacha va undan ko‘proq oshiradigan o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi Download 23.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling