Школьная грамота


Download 132.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi132.11 Kb.
#1150974
Bog'liq
Школьная грамота



ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI TABIY FANLAR FAKULTETI 
BIOLOGIYA 205 GURUH TALABASI 
MUHTOROV JAVOHIRBEKNING 
MIKROBIOLOGIYA VA VIRISOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI


Mavzu: O’g’itlar.
Reja:
1.O’GITLAR TURLARI.
2.O’GITLARNI QISHLOQ HOJALIGIDAGI 
AHAMIYATI.
3.MINERAL O’GITLAR


Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar 
uchun zarur oziq elementlari boʻlgan 
anorganik moddalar, asosan, tuzlar. 
Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar 
agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida 
ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy 
tuzlar, mas, natriyli selitra (chili 
selitrasi), sanoat chiqindilari ham 
ishlatiladi. M.oʻ. 19-asrdan 
tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan 
M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez 
oʻsdi


Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, 
kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. 
M.oʻ. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va 
biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir 
qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq 
elementlari bilan boyitadi, tuproq 
eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, 
mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi


Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali 
oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar 
tuproqqa solinganda oʻsimliklarning 
oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin
dalalar, utlokdarning umumiy biol. 
mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. M.oʻ. 
ekin hosilini oshiradi, sifatini 
yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub 
ekinlari tolasining texnologik 
xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum 
tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, 
dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi.


M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib 
ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. 
Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. 
bevosita va bilvosita ishlatiladigan 
oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita 
ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida 
oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, 
fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, 
rux, mis, molibden, marganets, 
oltingugurt kabi elementlar boʻladi.


Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, 
bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli 
yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash 
va murakkab oʻgʻitlardan iborat. 
Aralash M.oʻ. zavodda yoki xoʻjalikning 
oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib
murakkab oʻgʻitlar esa zavodda 
tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan 
M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va 
boshqalar) asosan, tuproqning 
agrokimyoviy va fizikkimyoviy 
xususiyatlarini yaxshilashda 
qoʻllaniladi.


M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador 
hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq 
ammiak, ammiakatlar holida ishlab 
chiqariladi.
M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning 
biologik xususiyatiga, har ga yerga 
solinadigan oʻgʻit normasiga, organik 
oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, 
qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari 
sifatiga va boshqalarga bogʻliq.


Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori 
hosil olish uchun tuproqqa solinadigan 
M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan 
foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu 
meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi 
oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan 
belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik 
xususiyatlari, ularning oziq moddalarga 
talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan 
elementlar miqdori, ishlatiladigan 
oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning 
normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur 
sharoitlarni hisobga olgan holda 
qoʻllanilishi kerak.


M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda 
(asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va 
oʻsuv davrida (oʻsimliklarni 
oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri 
qoʻllash biotsenozga katta zarar 
keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga 
sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar 
tuprokda har xil oʻzgarishlarga 
uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq 
moddalarning eruvchanligiga, tuprokda 
harakatlanishi va usimliklarga 
singishiga taʼsir kursatadi.


Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda 
yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t 
paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg 
azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni 
oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy 
hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni 
qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% 
yetishtirish texnologiyasi orkali 
taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda 
koʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har 
bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga 
ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi 
maxsulotlarini beradi.


I.t. muassasalarining tekshirish 
natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, 
fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi 
nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.
Jahonda 20-asrning 90-yillari boshida 150 
mln.t. dan koʻproq M.oʻ. ishlab chiqarildi. 
AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Yaponiya va 
boshqa mamlakatlarda M.oʻ. ishlab 
chiqarish rivojlangan va ularni qoʻllash 
aholi jon boshiga 32– 80 kg va undan ortiq 
NPK ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda M.oʻ. 
20-asrning 20-yillaridan qoʻllanila 
boshlagan. 


E’tiboringiz uchun 
Rahmat !

Download 132.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling