Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш


Download 428.92 Kb.
bet3/29
Sana30.03.2023
Hajmi428.92 Kb.
#1309185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
11Kichik biznes korxonalarida maxsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta\'minlash

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Marketingni tarmoq kompleksi darajasida tashkil etish muammolariga xorijlik olimlar D. Aaker, G. Assel, L. Bun, D. Kurtts, F. Kotler, G.A. Cherchil va boshqalarning ilmiy izlanishlari bag’ishlangan. Ularda, aksariyat hollarda, bozor iqtisodiyoti sharoitida faol marketingdan foydalanish, takomillashtirishning metodologiyasi, amaliyoti har tomonlama va keng tarzda yoritilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarinig etakchi iqtisodchi olimlari

    1. Bagiev, I.K. Belyavskiy, E.P. Golubkov, A.E. Ziryanov, D.T. Novikov, A.N. Romanov kabilarning ilmiy ishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida faol marketingdan foydalanish masalalari mufassal tadqiq etilgan. Biroq, ularning izlanishlarida ayrim tarmoqlar, shuningdek, korxonalarining mintaqaviy sharoitlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faol marketingdan foydalanish masalalari chuqur aks ettirilmagan.

O’zbekistonda iste’mol tovarlari bozori, korxonalarining iqtisodiyotiga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar bilan respublikamizda A.Sh. Bekmurodov, M.R. Boltaboev, J.J. Jalolov, M.A. Nasriddinova, A.S. Soliev, A.A. Fattohov, Sh.J. Ergashxodjaeva kabi olimlar maxsus shug’ullanmoqdalar.
Xullas, respublika korxonalarida faol marketingdan foydalanish masalalari etarli o’rganilmaganligi bitiruv malakaviy ishining mavzusi, maqsad va vazifalarini belgilab berdi va ushbu masalaga BMI darajasida yondashishga asos
bo’ldi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish shart-sharoitlarini o’rganish, ayniqsa faol marketingdan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslangan tavsiyanomalarni ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-faoliyatda faol marketingdan foydalanish masalalarini o’rganib chiqish;
-oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish;
-oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish yo’llarini o’rganish;
-faol marketingdan foydalanishning darajasi, usullarini o’rganish;
- korxonalarni rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning asosiy yo’llarini ko’rsatish.

Download 428.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling