Shodmonov shaxruzning
Download 226.2 Kb.
|
1 2
Bog'liqShodmonov ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikativ kompetensiya
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Kattaqo’rg’on tumani 89-umumiy o’rta ta’lim maktabi Davlat va huquq asoslari fan o’qituvchisi SHODMONOV SHAXRUZNING bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Sinf: 9 Mavzu: ______________________________ ________________________________ Sana ___ ______”____-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: ___ Mavzu: 12-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK UMIMIY QOIDALARI Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. I. Darsning maqsadi: «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Darsning texnik chizmasi:
Download 226.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling