Shomuratova fotimajon maqsud qizining o‘zbekistonning eng yangi tarixi
Download 40.76 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrning 80-yillari so‘ngida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar REJA
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “PEDAGOGIGA” FAKULTETI “MAKTABGACHA TA`LIM“ YO`NASLISHI 221- GURUH TALABASI SHOMURATOVA FOTIMAJON MAQSUD QIZINING O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN Urganch-2022-yil MAVZU: XX asrning 80-yillari so‘ngida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar REJA: 1.XX asr 80-yillarida respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi inqirozli holatlar. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan siyosati. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi. XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi. O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan. Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar. Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. Yuqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib, ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi. 1983-yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25 apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari, viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta ichki ishlar vazirligi generallari bor edi. 1985-yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet organlari xodimlari bo‘lgan. “Paxta ishi” bo‘yicha paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan soxa vakilari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hatto, maktab o‘qituvchilarini ham paxta ishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish holatlari yuz bergan. 1982 yilda Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanidagi 27-maktab o‘qituvchilari To‘raev, Sultonov, Ahmedov, Raximov, Ismoilov, Qayumov, Po‘latovlar paxtaga qo‘shib yozish bo‘yicha to‘lov vedomostlariga imzo qo‘yganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata olmadi. Xolbuki bu davrda AQSHda bir yilda bitta maktab o‘quvchisiga 3386 dollar, Angliyada 2285 dollar sarflangani holda SSSRda 257 rubl sarflangan, bog‘cha tarbiyalanuvchisiga AQSHda 3000 dollar, Yaponiyada 11 000 dollar saflangani holda SSSRda 533 rubl mablag‘ ajratilgan. Bu ko‘rsatkich ittifoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘lib, O‘zbekistondagi ahvol o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past edi. O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi: Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln. gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, hudud iqlimining kontinentalligi yanada keskinlashdi. Yoz faslida issiqlik 2 darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qishdagi harorat 2 darajaga pasaydi. CHunki shimoldan va boshqa tomonlardan keladigan har xil oqimlarni to‘sib turish uchun dengiz suvi endi ma’lum ma’noda yo‘qolgan edi. Natijada, sovuq kunlar erta tushib, kuzdagi hosillar, xususan paxta va boshqa ekinlar ayrim hollarda pishmay qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston va xorazmlik dehqonlar kuzni bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi. Hatto, ayrim sho‘ro olimlari bu hududning ob-havosi kelajakda CHelyabinskdagidek bo‘ladi, deb ta’kidlay boshlashdi. Lekin, bu holat markazdagi rahbariyatni qiziqtirmadi. Paxta etishtirish muttasil oshib bordi. Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi. Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. Tuz changlarini 15 km balandlikka ko‘taruvchi va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga kela boshladi. Har yili atmosferaga 150 mln. tonna tuz changgi ko‘tarilib, 800 km uzoqlikka etib boradigan bo‘ldi. Havodagi tuz miqdori 5-12 % ga etdi. Bu holat qumlik maydonining kengayishiga, to‘qayzorlar, turli o‘simliklar, qushlar va hayvonlar turlarining yo‘qolishiga olib keldi. SHuning ta’sirida yaylovlarning tabiiy potensiali keskin pasayib, taxminan 5 mln. tonnaga yaqin qimmatli ozuqabop o‘simliklar yo‘qotildi. 80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy inson O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi. I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktyabrda O‘zSSR Oliy Soveti tomonidan “O‘zbekiston SSR davlat tili to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, u o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi huquqiy asoslarini belgilab berdi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989-yil 24-may kuni Quvasoy shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi. Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo‘lsin xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi. Download 40.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling