Shonazar to’xtayev feruza ganiyeva g’O’za zararkunandalari va entomofaglarni nazorat qilish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana06.09.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1673346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G\'o\'za zararkunandalari va entomofaglarni nazorat qilish

XON QIZI QO’NG’IZLARI 
Xon qizi qo’ng’izlari g’o’za maydonlarida 9ta turi uchraydi. Bu 
bеozor jonivor qo’ng’izi va lichinkalari o’simlik bitlari (shira)ni o’nlab 
miqdorda qirib tashlaydi. Xon qizi qo’ng’izlari cho’zinchoq sharsimon 
shaklda, sarg’ish-qizil, qanot ustlari bo’lib bu qanot ustlarida qora 
nuqtalar va dog’lar bo’ladi. Lichinkalari kulrang, sariq rangda, qornining 
ikki yonida qora va sarg’ish qizil dog’lari bor. Tuxumlari sarg’ish, 
tayoqchasimon shaklda bo’lib, ularni to’p-to’p qilib bitlarning to’dalari 
orasiga, g’o’za shonalari ichiga qo’yadi. Xon qizlari xo’radir. Bir sutka 
davomida lichinkasi 100tadan ortiq, еtuk qo’ng’izi esa 200taga yaqin 
o’simlik bitlariga qiron soladi. 
Bitta xon qizi o’zining hayoti davomida 5000 ta bitni еydi. 7 nuqtali 
xon qizi ko’sak qurti tuxumi va kichik yoshdagi qurtlari bilan oziqlanadi. 


20 
OLTINKO’ZLAR 
Oltinko’zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar 
hisoblanadi. Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon 
tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19 dan 55 mm gacha yetadi. 
Mo’ylovlari tuksimon, peshonasi yassi bo’ladi. Yorug’lik tomon yaxshi 
uchadi. Endigina qo’yilgan tuxumlari och yashil tusli, keyin esa asta-
sekin qorayadi. Urg’ochisi tuxumlarini g’o’zaning shoxiga, barglariga 
yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to’p-to’p qilib, nozik ipaksimon 
asosga qo’yadi. 
Oltinko’zlarning g’o’za ekinida 5 turi uchraydi. Bular juda nozik,
tiniq yashil qanotli va tillasimon ko’zlarining mavjudligi bilan boshqa 
hasharotlardan farq qiladi. Ular o’simlik ustida uchib yurib, tuxumlarini 
o’simlik bitlari (shira) va o’rgimchakkana to’dalariga qo’yadi. Tuxumlari 
kichkina yashil rangda bo’lib, ingichka poyachalari bilan o’simlik 
organlariga mahkam o’rnashib oladi. Lichinkalari och sariq rangli, yaxshi 
rivojlangan o’roqsimon jag’lari bor. Ular juda xo’ra bo’lib, 1 sutkada 50-
60 tadan ortiq o’simlik bitlarining va 200 ta o’rgimchakkana lichinka va 


21 
tuklarini, zararkunanda tuxumlarini esa 800 tasini qirib tashlaydi. 
Oltinko’z lichinkalari o’simlik bitlari va o’rgimchakkanadan tashqari 
ko’sak qurti tuxumlarini va kichik yoshdagi qurtlarni va boshqa 17 turdagi 
zararkunandalarni еydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling