- MAVZU:
- Majburiyatlar hisobi
- Reja:
- 1. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
- 2. Xaridor yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar
- 3.Mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob-kitoblar
- 4.Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar.
- Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga majbur bo'ladi, kreditor esa — qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi
| - Olingan va hisobvaraq-faktura taqdim etilgan yoki mol yetkazib beruvchi bilan rasmiy ravishda kelishilgan mahsulot, ish va xizmatlarning haqini toʻlash yuzasidan kelib chiquvchi majburiyat
| - Hisoblangan ajratmalar
- Olingan, ammo hisobvaraq-faktura taqdim etilgan yoki mol yetkazib beruvchi bilan rasmiy ravishda kelishilmagan mahsulot, ish va xizmatlarning haqini to'lash yuzasidan kelib chiquvchi majburiyat
- Olingankreditlar va qarzlar
- Xo'jalik yurituvchi subyektlarning kredit muassasalaridan oladigan kreditlari, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektdan oladigan qarzlari
- Baholanumajburiyatlarvchi
- Muddati tugamagunga qadar aniq bo'lmagan qarzdorlik summasi
-
- Kelgusida zarar yoki qarzdorlikni keltirib chiqaruvchi voqea va hodisalar ta'sirida vujudga keladigan majburiyatlardir
- Shartli majburiyatlar
- Kreditorlik
- Qarz kapitali quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
- jalb qilishning yetarlicha keng imkoniyatlari;
- aktivlarini jiddiy kengaytirish va xo'jalik faoliyati hajmining o'sish surʼatlarini oshirish zarurati tufayli korxonalar moliyaviy potensiali o'sishini taʼminlash;
- o'z kapitali bilan qiyoslanganda nisbatan past qiymati (foyda solig'i to'lashda soliqqa tortiladigan bazadan unga xizmat ko'rsatish bo'yicha xarajatlar chiqarib tashlanadi).
- Qarz kapitalidan foydalanish quyidagi kamchiliklarga ega:
- moliyaviy barqarorlik va to'lov qobiliyati pasayishi riski;
- qarz kapitali qiymatining moliya bozori konyunkturasining tebranishlariga yuqori darajada bog'liqligi;
- jalb qilish protsedurasining murakkabligi (xususan katta hajmda).
- MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLARDA ODATDA UCHRAYDIGAN XATOLIKLAR QUYIDAGILARDIR:
- shartnomalar yo'qligi yoki ular noto'g'ri rasmiylashtirilganligi
- Mol yetkazib beruvchilardan olingan TMBlarni kirim qilinmasligi
- mol yetkazib beruvchilardan olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni o'z vaqtida kirim qilmaslik natijasida mol-mulk solig'ining kamayishi
- asl nusxadagi hujjatlarni yo'q qilib yuborish (to'lov talabnomalari va topshiriqnomalari) va odatda, qonunga xilof ravishda ushbu summalarni boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblar evaziga hisobdan chiqarish bugalteriya hisob
-
- MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLARNI AUDIT QILISHDA ODATDA UCHRAYDIGAN XATOLIKLAR QUYIDAGILARDIR:
- hisob yuritish schetlarida haqqoniy bo'lmagan debitorlik va kreditorlik qarzlarni aks ettirilishi
- mol yetkazib beruvchilar schetlarida ajratib ko'rsatilgan QQS summalarini schetlarda noto'g'ri va qonunga xilof ravishda aks ettirish
- hisobni tegishli ravishda olib bormaslik, schetlarni noto'g'ri korrespondensiyalanishi, tahliliy hisob yo'qligi va boshqalar
- MEHNATGA HAQ TO'LASH BO'YICHA KORXONA MAʼMURIYATI TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN XATOLIKLAR
- xodimlarga to'lovlar qonuniy va maqsadga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning yo'qligi yoki ular noto'g'ri va o'z vaqtida yuritilmasligi
- o'rtacha ish haqi asosida hisoblanadigan to'lovlardagi xatoliklar (mehnat ta'tili uchun, vaqtinchalik ishga qobiliyatsizligi uchun va boshqalar)
- daromad solig'i noto'g'ri hisoblanishi, imtiyozlar asossiz ravishda qo'llanilishi
- tunda ishlaganligi, ishdan tashqari vaqtda ishlaganligi va boshqalar uchun turli qo'shimcha to'lovlar noto'g'ri hisoblanishi
- ish haqini to'lash va boshqa to'lovlar hisobi schetlarining noto'g'ri korrespondensiyalanishi
- HISOBDOR SHAXSLAR BO'YICHA KORXONA MAʼMURIYATI TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN XATOLIKLAR
- hisobdor summalar berilishi mumkin bo'lgan qat'iy chegaralangan shaxslar ro'yxati tuzilmaganligi
- hisobot uchun naqd pullar ro'yxatida yoki korxona xodimlar jadvalida bo'lmagan shaxslarga berilishi
- bank orqali to'lanishi mumkin bo'lgan xarajatlarni qoplash uchun (masalan yo'l haqini to'lash va boshqalar) hisobdor shaxslarga naqd pullarni berilishi
- hisobdor summalar ko'rinishida avans berish yo'li orqali xodimlarni yashirin kreditlash
- avval olingan avans bo'yicha qarzdor bo'lgan shaxslarga hisobdor summalar berish
- belgilangan me'yorlardan ko'p miqdorda avanslar berish
| - avans hisobotlarini o'z vaqtida taqdim etmaslik va ishlatilmagan pullarni o'z vaqtida kassaga qaytarmaslik
- pullarni boshqa hisobdor shaxslarga berish
- avans maqsadga muvofiq bo'lmagan holda ishlatish
- avansni ishlatilishi yoki avans hisobotini tasdiqlovchi hujjatlarni noto'g'ri rasmiylashtirish
- amalda ishlatilgan pulni yo'nalishi va miqdorini buzib ko'rsatuvchi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish
- hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo'yicha o'tkazmalar chizmasi yo'qligi
- buxgalteriya o'tkazmalarini noto'g'ri tuzish
- avans hisobotlaridagi va 7-sonli jurnal-orderda yoki boshqa hisob registrlarida yozuvlarni nomuvofiqligi
- hisobot davrining oxiriga qoldiqlarni noto'g'ri chiqarish
| - HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR BO'YICHA BUXGALTERIYA HISOBINING TARTIBI BUZILGANDAN KELIB CHIQQAN XATOLIKLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |