Sho’rchi tumanining kelib chiqishi Sho’rchi tumani tarixiy qadamjolar Sho’rchi tumanining bugungi ko’rinishi


Download 92.19 Kb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi92.19 Kb.
#1720846
1   2   3
Bog'liq
SHO

Dalvarzintepa — qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalarhunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da „Kushonlar davrida Markaziy Osiyo“ mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. D.ning shim.-gʻarbiy qismidan Kushon maʼbudalaridan biriga bagʻishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohkoʻchalardan biri oʻtgan shahar markazida budda majmuasi — ulugʻvor haykallari boʻlgan ibodatxona qad koʻtargan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin D. vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qalʼa (hisor) shoh saroyi oʻrnida) saqlanib kelgan.
Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.
DALVARZINTEPA — so’nggi jez davriga mansub qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 10-8-asrlar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining oyim qishlog’i yaqinidan topilgan. Dalvarzintepaning 6000 metr kvadratga yaqin qismi ochilgan (1966). 2,5 metrdan 3,5 metrgacha madaniy qatlam 3 qurilish qavatiga bo’linadi. Har bir qavatidan uy-joy qoldiqlari, jez quyish ustaxonalari, g’alla o’ralari, mehnat qurollari topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vaetarli o’rganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar o’rnida yon tomoni bilan g’ujanak holda yotgan bir qancha murdalar, ko’p miqdorda alohida suyaklar topildi. Bular Dalvarzintepada yashagan kishilar antropologik jihatdan evropeoid irqqa mansub bo’lganligini ko’rsatadi. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lgan. Donni qayta ishlash uchun yorg’uchoqdan foydalanilgan. Topilgan hayvon suyaklari aholi uy hayvonlarining barcha turini parvarish qilganligini ko’rsatadi. Dalvarzintepada jez quyish ishi ancha rivojlangan. Jezdan qilingan o’roq, iskana, bigiz, igna, nayza, o’qning uch qismi va zeb-ziynat buyumlari uchraydi. Dalvarzintepadan topilgan temir pichoq va temir parchalar qadimgi Farg’ona aholisi metall bilan ancha erta tanish bo’lganligini ko’rsatadi. Topilmalar orasida to’qimachilikning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va boshqalar) bor.
DALVARZINTEPA — qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumani markazi — Sho’rchi shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Maydoni 47 gektar. Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 metrgacha) bilan o’rab olingan shoh saroy qal’asi va shaharning o’zidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega bo’lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutining san’atshunoslik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 yil dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba shahrida «Kushonlar davrida Markaziy Osiyo» mavzuida o’tgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o’rganish natijalari va hokazolar) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o’rnida bo’lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi Dalvarzintepa o’rnida kichik manzilgoh paydo bo’lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy boshlarida shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohko’chalar, shuningdek, torko’chalar bo’lgan. Kengligi 12 metrga yaqin shoh ko’chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib taqaladi. 1972 yil ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kilogramm chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimgi bo’lgan shaxmat donalarini topdi. Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo’rg’onga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda ko’p xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish maydonchasi va 11 xumdon ochildi. Qadimgi sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shimoliy-g’arbiy qismidan Kushon ma’budalaridan biriga bag’ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko’chalardan biri o’tgan shahar markazida budda majmuasi — ulug’vor haykallari bo’lgan ibodatxona qad ko’targan (dala belgisi: DT-25). Milodiy 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hozirgi qal’a (Hisor) shoh saroyi o’rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so’ng shahar batamom vayron qilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 kilometr chamasi sharqda, Budrochtepa o’rniga ko’chgan. 1989 yil Dalvarzintepani o’rganishda yangi bosqich bo’ldi — O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashixaradagi Arxeologiya institutining professor Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi hamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o’rganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaharsozlik jarayonining o’ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo’li izlari, kushonlar davridagi diniy e’tiqodlarning o’zaro ta’siri va ular Baqtriya-Toxariston san’atida aks ettirilishi yapon va o’zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. Ly.; Dalverzintepe [Kollektiv], T., 1978; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepe — Kushanskiy gorod na yuge Uzbekistana, T., 1978; Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put. Entsiklopedicheskiy spravochnik, T., 1999. Bahodir Turg’unov.

Download 92.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling