Shoshtepa yodgorligi

Download 1.87 Mb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1361296
1   2   3
Bog'liq
SHOSHTEPA

Joʻnariqning soʻl sohilida joylashgan bal. 18–19 m li tik tepa (maydoni 150– 120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi boʻlib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qad. deqqonchilik madaniyati (qarang Burganli madaniyati )ning soʻnggi bosqichi (mil. av. 6-4-asrlar)da yashagan oʻtroq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan.

Arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, mil. av. 3-asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan jan.ga tomon siljigan koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar.

Mil. av. 2 — 1-asrlarda shahrida qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼaqoʻrgʻon qad koʻtargan. Qalinligi 4 m li qoʻrgʻon devori yirik xom gʻishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 m li qoʻrgʻon devorining ichki aylanasi boʻylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yoʻlak bino qilingan. Ioʻlak qismlarga boʻlingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad koʻtargan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yoʻlaklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shim. qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qoʻrgʻon binosining umumiy tarhi: yoʻlakli aylanma tashqi devoriyu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqiyu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta oʻylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir meʼmoriy obidalaridan hisoblangan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling