Shovot tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan shartnoma


II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


Download 3.71 Mb.
bet2/117
Sana01.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1736470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
BOLALAR SHARTNOMASI YANGI KICHIK GURUH

II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
2.1.DMTTquyidagi huquqlarga ega:
a) DMTTxodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati vaqiziqishlarini himoyaqilish;
b) DMTT ustavida belgilangan tartibda ota-onaning istagidan hamda, tarbiyalanuvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib bolani guruhga taqsimlash;
d) tibbiy ko‘rik va tarbiyalanuvchining kasallanish inatijasida uning DMTTdabo‘lishini ta’qiqlovchi holler aniqlanganda shifokor tomonidan berilgan tegishli tibbiy xulosa berilgan vaqtlarda uni DMTTga qabul qilishni rad etish;
e) tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun to‘lanadigan badal to‘lovi har oyning
15-sanasidankeyinikkihaftamobaynidauzrlisabablarsizto‘lanmagantaqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnomaDMTT tomonidan bir taraflama bekor qilish mumkin;
f) shartnoma bekor qilingan hollarda DMTTga bola qatnovini tikla (kelmagan kunlari uchun to‘lov qoplangan taqdirda) yoki yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
g) tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish;
h) DMTTda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda ota-onalar hohishiga ko‘ra pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;
i) DMTTdagi tibbiyot hamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchini kunlik filtratsiyadan o‘tkazish jarayonida bolada DMTTda bo‘lishni ta’qiqlaydigan kasallik aniqlanganda uni muassaga qabul qilishini rad etish.
2.2.DMTTning majburiyatlari:
a) tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi DMTTlarga bolalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari markazi tomonidan beriladigan yo‘llanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish;
b) bolaning DMTTda bo‘lgan davrida tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixik sog‘lig‘ini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni ta’minlash, bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, rioya qilish;
d) pedagog kadrlar tomonidan odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash, tarbiyalanuvchi va ota-onaning qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga ko‘maklashish, tarbiyalanuvchini turli tazyiqlardan himoya qilish;
e) DMTTda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
f) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish;
g) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi- profilaktik tadbirlar (reja asosida profilaktik emlash, sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rik) o‘tkazish;
h) tarbiyalanuvchida o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, ularni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash;
i) ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal to‘lovlarni hisoblamaslik;
j) belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
k) tarbiyalanuvchiga tegishli bo‘lgan narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;
l) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;
m) ota-onalarni DMTT ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari, muassisning manzili va telefoni hamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish;
n) DMTT tomonidan tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib ota-onadan majburiy tarzda pul yig‘ish va moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi;
o) pandemiya davrida karantin sharoitida har bir guruhga 15 tadan ortiq bolalarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik nuqtai nazaridan eng zarur holatlarda (harbiylarning bolalari, tungi smena va 15 kunlik vaxta sharoitida ishlovchi ota-onalarning bolalari) qabul qilinadigan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish;
p) ro‘yxatga kiritilgan bolalarning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar olib borish;
q) ro‘yxatdagi bolalarning hududiy oilaviy poliklinikalardan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini tashkil etish;
r) ota-onalar uchun bolalarni DMTTga keltirish va olib ketishni tashkil etish uchun
kelib-ketish grafigini ishlab chiqish;
s) farzandini DMTTga olib kelgan ota-onalarning DMTT hududiga kiritmaslik;
t) DMTT darvozasi oldida oyoq ostida 50 x30 o‘lchamda o‘zida namlikni saqlab turuvchi matodan dezinfeksiya barerini tashkil etish va muntazam ravishda uni dezinfeksiya vositasi bilan namlab turish;
u) DMTTning kirish qismidan tortib, o‘yingoxlarigacha bo‘lgan hududlarida sanitariya me’yorlariga amal qilgan xolda ishni va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
v) ijtimoiy masofani saqlagan xolda ishni tashkil etish;
x) tarkibida xlor moddasi bo‘lmagan ammo spirti bo‘lgan antiseptik vositalardan foydalanish;
y) guruhlarda yuvish va namlab artish imkoni bo‘lgan o‘yinchoqlar va didaktik vositalardangina foydalanish;
z) yozgi sog‘lomlashtirish davrida umumiy suv xavzasidan foydalanmaslik;
2.3. Ota-ona quyidagi huquqlarga ega:
a) tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
b) DMTTning ustavi bilan tanishish;
d) DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlarva h.k.) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
e) DMTTda tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
f) DMTTda bolasi uchun ta’lim berish tilini tanlash;
g) DMTTda tarbiyalanuvchita’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
h) DMTTning kun tartibi davomida soat 8:00 dan 17:00gacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchinini DMTTdan olib ketish;
i) DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
2.4. Ota-onaning majburiyatlari:
a) mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
d) tarbiyalanuvchiniDMTTga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
e) tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati yoki tibbiy hamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish;
f) tarbiyalanuvchiningDMTTdagi ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) shaklda to‘lash hamda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini DMTTga taqdim etish;
g) agar tarbiyalanuvchi joriy oyning 15-sanasidan keyin DMTTga kelgan taqdirda ta’minot uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;
h) tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish) taqdim etish;
i) DMTT ishchi xodimlari va tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
j) tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini DMTTga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
k) tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
l) DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda DMTT ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi;
m) yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, DMTT rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar berish;
n) bolani DMTTdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
o) pandemiya davrida bolalarga antiseptik vositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi sochiqlar olib berish;
p) ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling