Shovqin darajasini shovqin to’sish qopqoqlari yordamida kamaytirishni hisoblash


Download 31.32 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1367633
  1   2
Bog'liq
Shovqin darajasini shovqin to


Shovqin darajasini shovqin to’sish qopqoqlari
yordamida kamaytirishni hisoblash


Darsning maqsadi: Shovqin to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishish, unuing kishi organizmiga ta’sirini o’rganish va xavf chegarasini aniqlab shovqindan himoyalovchi vositalarni tanlash hisobini o’rganish.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Oxrana truda v mashinostroyenii . Ye . Ya . Yudina, S . V . Belova taxriri ostida . –2- nashr.–M .: Mashinostroyeniye , 1983.
2. Borba s shumom na proizvodstve : Spravochnik pod red. Ye. Ya. Yudina
– M .: Mashinostroyeniye, 1985.
3. SNiP 11-12-77. Zaщita ot shuma– M .: Stroyizdat , 1978.


Darsni o’tkazish tartibi:

  1. Shovqin to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar o’gganish;

  2. Shovqinning inson organizmiga ta’siri va unuing oqibatlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish;

  3. Shovqindan himoyalanish materiallarini tanlash va hisoblash uslublari bilan tanishish




  1. Umumiy ma’lumotlar

Yoqimsiz, kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi turli chastota va kuchga ega bo’lgan birlashgan tovushlar yig’indisiga shovqin deb ataladi.


O’zining fizik mohiyatiga ko’ra, shovqin elastik muhit zarrachalarining to’lqinsimon tarqaluvchi mexanik o’zgaruvchan harkati ko’rinishida namoyon bo’ladi. Shovqin suyuq va gazsimon muhitda faqatgina bo’ylama to’lqin shaklida tarqaladi.
Tovush to’lqinining muhitda tarqalishidagi o’zgarishi tovushning kuchi P– bilan baholanadi va paskalda o’lchanadi.
Qulay atmosfera muhitida (harorat 293K va bosim 1034GPa) shovqinning havoda tarqalish tezligi 344 m/s, suyuqlikda 1500 m/s, qattiq jismlarda 4000 m/s ni tashkil etadi. 16Gs-20kGs oralig’idagi chastotali shovqin to’lqinlari kishilarning eshitish a’zolari orqali tovush sifatida qabul qilinishi mumkin. 16Gs past infratovushlar va 20kGs dan yuqori bo’lgan ultratovushlar to’lqinlari kishilar tomonidan qabul qila olmasligi mumkin va inson a’zolari uchun noqulayliklar yaratishi mumkin .
GOST 12.1.029-80 muvofiq ishlab chiqarishda vujudga keladigan shovqinlar, sharoitiga ko’ra mexanik, aerodinamik, elektromagnit va gidrodinamik va tarqalishi jihatidan havoli va strukturali bo’ladi.
Mexanik shovqinlar asosan asbob uskunalarning tebranishlari, mexanizm va detallarning yakka tartibda o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Aerodinamik shovqinlar- havoli ( gazsimon) mo’hitdagi o’zgaruvchanlik yoki gazsimon mo’hitning boshqa bo’shliqqa o’tishi natijasida vujudga keladi.
Elektromagnitli shovqinlar- elektroqurilmalarda magnit kuchlarini o’zgaruvchanligi natijasida (masalan elektromashinalarning rotor va statorlaridagi o’zgarishlarda, transformatorlarning g’altak o’ramlarida va boshq.).
Gidrodinamik shovqinlar- suyuqsimon muhitdagi o’zgaruvchanlik yoki suyuqlik muhitning boshqa bo’shliqqa o’tishi natijasida vujudga keladi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy shovqinlar manbai (90% ga yaqin) bu mexanik shovqinlardir.



Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling