Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzilishi
Naushnik va tikinlarning akustik samaradorligi
Download 91.81 Kb.
|
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzilishi.
Naushnik va tikinlarning akustik samaradorligi
To’qimachilik korxonalarining tovush bosim satxi 100-105 dBdan kam bo’lgan sexlarda O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon, FPP-15 markali o’ta ingichka tolada yasalgan tampon (Berushi) va yezinadan yasalgan kattik tikinlar bilan ta’minlanadir. Shovqinga qarshi qo’llaniladigan himoya vositalariga bir kator gigiyenik talablar kuiyladi. Tozalab turish imkoniyati bo’lgan, kulay ishlatiladigan, uzidan zararni va terini kichishtiruvchi moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak. Bulardan tashkari ular bo’tun ish kuni davomida kulokni ogritmasligi va kishining gashiga tegmasligi lozim. Himoya vositalarini tanlash ish joyidagi shovqining chastota bo’yicha spektoriga, mikroiklim sharoitlariga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga boglik. Ular shovqinni GOST 12.1. 003-76 da ko’rsatilgan, yo’l kuysa bo’ladigan kiymatlarigacha pasaytira olsagina, to’g’ri tanlangan hisoblanadi. Tikinlar turiga tolali, govak va yushmok plastik materiallardan yasalgan zaglushkalar, vtulkalar, tamponlar va probkalar mansubidir. Ular yushmok va elastikligi tufayli eshitish kanaliga kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular kuzoynak takishga, bosh kiyim kiyishiga xalakit bermasligi bilan kulaydir, yengil va ixcham, gigiyena nuqtai nazaridan toza va ishlatilishda kulay. Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB dan katta bo’lmagan xollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga yaraydigan (O’TV va FPP tolali materiallardan yasalgan “Berushi”) tikinlar, bilan odatda, bir varakayiga kup ishchilar bo’tun ish smenasi davomida ta’minlanadi. O’TV tolasidan kilingan tikinlar kuyidagicha tayyorlanadi: ulchamlari 4x4 sm li tola katlamini diagonali bo’yicha bir necha marta ketma-ket buklab konus xoliga keltirilgan va kulokning tashki kanaliga tikib kuyiladi. Kulokning tashki kanal terisi yalliginlagan paytda bu tikinni qo’llash mumkin emas. Bunday xollarda naushniklar qo’llagan ma’kul. FPP tolali materiallaridan kilingan bir marta ishlatiladigan “Berushi” tikini oxirgi paytlarda keng qo’llanilmokda. Bu tikining ulchamlari 40x40-1,4 mm, massasi 140-220 mg bulib, terini kichitmaydi va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi ( rasm). Kup marrta ishlatiladigan tikinlar “Antifonlar” eshitish a’zolarini yukori chastotali ishlab chiqarish shovqinlaridan himoya kiladi rasm. Ular yumshok rezina kapsula shaklida bulib, ichki urta qismiga kichkina plastmassa uzak kirgizib kuyilgan bo’ladi. Kamida bir xaftada ularni sovunli ilik suv bilan yuvib turish tavsiya etiladi. Xozirgi paytda ilgor to’qimachilik korxonalarida monoton va bir xil ritmli ishlarda (tukuvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va sh.u) ishchilarni shovqin ta’siridan saqlash uchun radiolashtirilgan naushniklar qo’llanilmokda. Bu ishlarda funksional muzika dasturlarini qo’llash asab, psixik kuchlanish, xolatini kamaytiradi, charchokni oladi, ishchining kayfiyatini yaxshilaydi va ish unumdorligini oshiradi. Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalari VSNIIOT - 2M turidagi naushniklarga o’rnatilgan bulib, uning himoya xususiyatini saqlagan xolda, past chastotalarda beriladigan muzikali ridioeshittirishlarni xam olib boradi. Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi. Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoyaladigan ekranlar shovqinning yukori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang ulchamiga nisbatiga boglik. Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya meyorlariga kadar pasaytirib bo’lmasa, u xolda shovqindan yakka tartibda himoyalag vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalarga kulok tikmalari (vkladishlar), kulok kopkoklar (naushniklar) shlyomlar kiradi. Kulok tikmalar juda ingichka toladan kilingan, ba’zan mum va parafin aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuiladigan aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuyladigan paxta yoki doka bulagidir. Konus shaklidagi kattik (ebonit, rezina) tikmalar xam bo’ladi (shovqinni 5-20 dB ga pasaytiradi). Kulokkopkoklar. Sanoatimizda kulokkopkoklar keng qo’llaniladi. Ular yoysimon prujina hisobiga kulok chiganogiga zich tegib va uni berkitib turadi, yukori chastotalarda eng samarali ishlaydi (shovqinni 20-30 dB ga pasaytiradi). Tovush kuvvati 120 dB bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomalardan foydalaniladi. Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling