Щозирги ызбек адабий тили


-dagi qo`shimchasi so`zga son formasidan so`ng, agar bo`lsa, egalik qo`shimchasi, hurmat ifodalovchi -lar


Download 0.6 Mb.
bet33/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

-dagi qo`shimchasi so`zga son formasidan so`ng, agar bo`lsa, egalik qo`shimchasi, hurmat ifodalovchi -lar qo`shimchasidan, shuningdek, qarashlilik ifodalovchi -niki qo`shimchasidan ham keyin qo`shiladi: daraxtlardagi, kitoblarimdagi, opamlardagi, tog`amlarnikidagi (tog`alarimnikidagi) kabi.
-dagi qo`shimchasi substantiv formani atributiv formaga aylantiradi. Shuning uchun ham o`rin belgisi formasi kelishik qo`shimchasini olmaydi. Agar bu formadagi so`z otlashsa (o`zi bog`lanib kelgan otning vazifasini ham o`z ustiga olsa), u holda -dagi qo`shimchasidan so`ng yana ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalari qo`shilaveradi: kolxozlarimizdagilarga kabi: Saltanat onasini yana quchoqladi va faxrlangandek yonidagilarga qaradi. (Oydin.) Ular orqada qolib, bir nimalar kavshab, bir-birlaridan moxorka tutatishar,... orqaroqdagilari bo`lsa, egarda bemalol uxlab kelishar edi. (As. M.)
Chegara formasi
Otning bu funksional formasi -gacha (-kacha, -qacha) qo`shimchasi yordamida yasaladi: aeroportgacha, parkkacha, qishloqqacha kabi: Oq ko`ylagining yenglarini bilagigacha shimargan Ahmadjon kabinaga egilib kirdi-da, rulga o`tirib, mashinani haydab ketdi. (H.G`.)
-gacha qo`shimchasi jo`nalish ko`rsatkichi -ga va chegara ma'nosini ifodalovchi -cha qo`shimchalarining birikuvidan hosil bo`lgan qo`shma qo`shimchadir. Bu qo`shimcha bilan yasaluvchi forma orqali ifodalanadigan chegara ma'nosi jo`nalish kelishigidagi ot + qadar ko`makchisi yordamida ham ifodalanadi. Qiyoslang: uygacha uyga qadar, kechgacha kechga qadar. Demak, shahargacha, peshingacha kabi, formada ifodalanadigan chegara ma'nosi -cha qo`shimchasiga xos. Shunga ko`ra bunday formada -cha mustaqil qo`shimchadek ko`rinadi. Haqiqatda esa bunday emas. Chunki, birinchidan, bu formada -cha mustaqil qo`shimcha bo`lsa, jo`nalish kelishigi qo`shimchasi (-ga) ham o`z mustaqilligini saqlashi, o`z ma'no va vazifasida qo`llanishi kerak bo`ladi. Vaholanki, chegara formasi tarkibida -ga va -cha o`zicha mustaqil emas, balki ikkalasi birlikda bir ma'noni (chegara ma'nosini) reallashtiruvchi vositadir. Bir misol: Povestka xabarini eshitgan kuni esa, ishni to tun qorong`isigacha davom ettirgan. (H. N.) Bu misoldagi tun qorong`isigacha davom ettirgan birikmasidagi chegara formasi kesimga jo`nalish kelishigi formasida ham, -cha qo`shimchali formada ham birika olmaydi, ya'ni tun qorong`isiga davom ettirgan yoki tun qorong`isicha davom ettirgan deyilmaydi. Bu fakt chegara formasida -ga va -cha o`zicha mustaqil emasligini, ular shu formani yasovchi bir qo`shimcha ekanini ko`rsatadi. Ikkinchidan, chegara formasi tarkibidagi -cha qo`shimchasi o`rnida qadar ko`makchisi qo`llanishi mumkinligi ham -cha qo`shimchasining o`zicha mustaqilligini emas, balki -ga qo`shimchasi bilan birga bir qo`shimcha ekanini tasdiqlaydi. Chunki uyga qadar, kechga qadar kabilarda ham jo`nalish kelishigidagi so`z o`zicha mustaqil forma emas, balki u qadar ko`makchisi bilan birlikda yaxlit bir formani (analitik forma) hosil qiladi.
-gacha qo`shimchali forma ifodalaydigan chegara makondagi chegara, zamon (payt)dagi chegara yoki konkret narsadagi chegara bo`lishi mumkin:
1. Makonda: Bu atroflarga avtobus kelmas ekan, markazgacha piyoda ketishga to`g`ri keldi. (X. To`xtaboyev.)
2. Zamon (payt)da: Lekin shy buqungacha na plandagi maishiy xizmat kombinatiga bitta g`isht qo`yildi, na bir metr sim tortildi. (O. Y.)
3. Zamon va makondan boshqa narsalarda: Rustamjon har gal safardan qaytdi deguncha maktabdan xabar olar, ota-onalar majlisidan tortib, bayram kechalari, pioner sborlargacha ishtirok etardi. (H. N.) ...hamisha unga nimadir yetshimaydi, goh maktabga ko`mir deydi, goh oyna, goh bo`r, hatto lattagacha so`raydi. (CH. Aytmatov.)



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling