Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet39/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Sifatlarning otlashuvi
Sifatlarning otlashuvi ularning ot bajargan vazifalarda kelishidir. Bunda sifat butunlay otga aylanmaydi. Sifatlar otlashganda otga xos sintaktik funksiyalarni bajaradi: Yomonning yaxshisi bo`lguncha, yaxshining yomoni bo`l. (Maqol.)
Sifat quyidagi hollarda otlashadi: a) predmet-aniqlanmish (sifatlanmish) tushib qolganda: Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini (ko`r odam, kar odam ma'nosida). Kambag`alni tuyaning ustida it qopadi; b) kishi yoki hayvonlarning tabiiy holatini (nuqson, kamchiliklarini) bildiruvchi sifatlar aniqlanmishsiz ot tarzida qo`llanadi: cho`loq, maymoq, pakana, malla, kal, semiz. Demak, sifatlarda konversiya (aylanish, o`zgarish) - bir turkum o`rnida ikkinchisining qo`llanishi ham mavjud.
Sifatlar ot o`rnida qo`llangani kabi boshqa so`z turkumlari ham sifat o`rnida qo`llana oladi. Otlar emotsional-ekspressiv yoki ko`chma ma'no ifodalaganda: zahar (odam), tilla (bola), shakar (qiz).
Sifatdoshlar: kelishgan yigit, kelishgan qiliq.
Ravishlar: oqilona maslahat, ruscha kitob.
Otga ko`chgan sifatlar ham mavjud qiz, o`g`il, yosh, qari, erkak, xotin, kasal kabi so`zlar bir vaqtlar sifat bo`lib, keyinchalik ot kabi qo`llanadi. Buning belgisi ularning sifat bilan ifodalanganda aniqlovchi olishidir. Yosh yigit, qari chol, chiroyli xotin.
Sifatlar gapda asosan aniqlovchi vazifasida keladi: qizil olma, shirin qovun kabi.
Sifat turkumi bo`yicha tahlil namunasi:
1. So`z turkumiga ko`ra (sifat).
2. Predmet belgisini to`ppadan to`g`ri ifodalay olish, ifodalay olmasligiga ko`ra (asliy yoki nisbiy sifat).
3. Sifatlarning ma'noga ko`ra turlari (xususiyati, rang-tus, ta'm va h.k.)
4. Sifat darajasiga ko`ra (oddiy, orttirma, ozaytirma).
5. Sifatlarning tuzilishiga ko`ra (sodda, qo`shma, juft).
6. Sifatlarning yasalishiga ko`ra (tub, yasama).
7. Sifatlarning gapdagi vazifasi.

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Sifat, sifatning umumiy ma'nosi, asliy sifat, nisbiy sifat, turg'un belgi, o'zgaruvchan belgi, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, leksik usul, takroriy usul, sifatning kuchaytirma shakli, ozaytirma shakl, xususiyat bildiruvchi sifat, holat bildiruvchi sifat, rang bildiruvchi sifat, maza-ta'm sifatlari, shakl sifatlari, sifat darajalari, sifat yasovchi qo'shimchalar, qo'shma sifatlar va ularning qolipi, sifatning gapdagi vazifasi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling