Щозирги ызбек адабий тили


Sonning tuzilishiga ko`ra turlari


Download 0.6 Mb.
bet41/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Sonning tuzilishiga ko`ra turlari:
Tuzilish jihatidan sonlar uch xil bo`ladi: sodda sonlar, tarkibli (murakkab) sonlar, juft sonlar.
Bir o`zakdan iborat sonlar sodda sonlar deyiladi: bir, uch, besh, olti, ellik, ming. Aslida ikki o`zakdan tuzilib, hozirgi kunda bir o`zak tarzida qo`llaniladigan sakson (sakkiz+o`n), to`qson (to`qqiz+o`n) so`zlari ham sodda son gruppasiga kiradi.
O`zbek tilida sodda sonlar ichida ayrimlarining sinonim variantlari mavjud: bir, yakka, yagona, yolg`iz, ikki, qo`sh, juft: yakka otning changi chiqmas; qo`sh ordenli olim.
Bir miqdor tushunchasini anglatuvchi ikki va undan ortiq sonlar tarkibli (murakkab) sonlar deyiladi: o`n uch, yigirma besh, ikki yuz uch, o`ndan besh kabi. Tarkibli sonlarning o`zaro ichki munosabatlari bir xil emas. O`nlar xonasi doirasidagi tarkibli sonlar o`zaro teng bog`lanish zaminida vujudga keladi. Shu sababli biri ikkinchisini aniqlamaydi va izohlamaydi, ammo ikki yuz, uch ming kabi tarkibli sonlarda ikki, uch sonlari ming sonlariga nisbatan aniqlovchidir. Chunki yuz, ming, million sonlari tugal va yaxlit son hisoblanadi.
Ketma-ket keladigan ikki son tizmasidan tuzilgan sonlar juft son deyiladi. Juft kelgan sonning birinchi komponenti miqdor jihatdan ikkinchi komponentidan oz bo`ladi: uch-to`rt, olti-yetti.
Juftlanish ikki xil bo`ladi: 1) bir xil o`zaklar aynan takrorlanadi: beshta-beshta, o`nta-o`nta; 2) har xil o`zaklar takrorlanib keladi: ikki-uch, o`ttiz-qirq.
Sonning ma'no jihatdan turlari
Sonlar ma'no va grammatik xususiyatlarga ko`ra dastlab ikkiga bo`linadi: miqdor son va tartib son.
Miqdor sonlar
Miqdor sonlar predmetni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Miqdor sonlar quyidagi turlarga bo`linadi: 1) sanoq son, 2) chama son,
3) jamlovchi son, 4) donalik son, 5) taqsim son, 6) kasr son.
1980-yil nashr qilingan «Hozirgi o`zbek adabiy tili» kitobida miqdor sonlar to`rt ko`rinishga ega deyilgan. Dona va taqsim sonlar sanoq sonlar sirasiga kiritib yuborilgan. Holbuki, bu son turlari ham o`ziga xos semantik belgilarga ega. Jumladan 5 metr libosni 5 ta metr libos deb bo`lmaydi, beshtalar oltitalar deb bo`lmaydi. Taqsim son ham xuddi shunday xususiyatlarga ega.
Sanoq son
Predmetning sanog`ini bildiruvchi miqdor sonlar sanoq sonlar deyiladi: uch bola, ikki do`st.
Sonlarning bu turi boshqa so`zlarga bog`lanmay, mustaqil holda qo`llana oladi. Bu hodisa uning otga yaqinligini ko`rsatadi. Lekin sanoq, son predmet ma'nosini emas, uning miqdorini bildiradi. Sanoq sonlar bog`langan ot tushib qolganda, bunday sanoq sonlar subtstantivlashadi: O`n to`qqizdan oshmay tur, go`zal. (H.O.). Sanoq sonlar sonning boshqa turlari uchun asosdir. Sanoq sonning o`zida maxsus morfologik belgi yo`q: bir, ikki, uch, to`rt, besh va h.k.
Sanoq son miqdorni ko`rsatib turganligidan sanaluvchi predmet (ot) -lar qo`shimchasini olmaydi: o`n kishi (o`n kishilar emas). Ammo gumon, taxmin ma'nosidagi sanoq sonlar -lar qo`shimchasini qabul qiladi: Sen ketganda soat uchlar edi.
Sanoq son o`zidan oldin sifatlovchi aniqlovchi olmaydi: yaxshi beshta kitob emas, beshta yaxshi kitob deyish kerak.
Sanoq sonlar otlashganda egalik, kelishik qo`shimchalarini olishi mumkin: uchga, uchdan, uchim.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling