Щозирги ызбек адабий тили
Bir so`zi va uning xususiyatlari
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob so`zlar haqida
Bir so`zi va uning xususiyatlari
Sanoq sonlar orasida bir so`zi turli ma'no va vazifalarda qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Bir so`zining ma'nosi kontekstda boshqa so`zlar bilan bog`langanida konkretlashadi. Bir so`zi o`zak holida, asosan, quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Bir so`zi o`lchov va miqdor ma'nosida sanoq son vazifasida keladi: bir metr atlas, bir kilo uzum. 2. Bir so`zi yakka-yagona degan ma'noni anglatadi: Xalqqa xizmat qilish Oybek uchun bir ideal edi. 3. Ayiruv, chegaralov yuklamasi ma'nosini anglatadi: Mening mehribonim bir sensan, onajon. 4. O`xshashlik ma'nosini anglatadi: Opa-ukaning xarakteri bir. 5. Predmetning konkret emasligi, noaniqligi kabi ma'nolarni bildiradi: bir kishi, bir kun, bir gap kam. 6. Kuchaytiruv yuklamasi yoki ravish bo`lib keladi: Kechagi to`yda Gulnora bir o`ynadi, hamma hayron qoldi. Bir tez yurdiki (juda). 7. Bir so`zi takrorlanganda, hodisaning ketma-ketligini bildiradi: Do`konlarni bir-bir aylandi. 8. O`zi bog`langan so`z bilan takrorlanib ayiruv bog`lovchisi ma'nosini anglatadi: bir kulib, bir yig`lab gapirdi; bir unday, bir bunday deysiz (goh, goh) va boshqalar. Hisob so`zlar haqida Sanoq sonlar ba'zan hisob so`zlar bilan qo`llanadi. Son bilan predmet o`rtasida qo`llaniladigan numerativ (lot: hisob) so`zlar predmetning xususiyatiga qarab qo`shiladi. Numerativ so`zlar sanalayotgan konkret predmetni ko`rsatmay, o`sha predmetni hisoblashda, uning qaysi kategoriyaga, guruhga oid ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi. Sanoq so`zlar ko`pincha ot turkumidagi so`zlardan ifodalangan bo`ladi: dona, tup, nusxa, bog`lam, siqim. O`zbek tilida numerativ so`zlarning ishlatilish doirasi juda keng va turli-tumandir. Qadimdan predmetlarni o`lchash uchun turli idishlar yoki boshqa o`lchov vositalari ko`plab ishlatilgan. Ularning ayrimlari hozir kam iste'mol qilinadi. Qadoq: yarim qadoq go`sht. Tanob: o`n tanob yer. Tosh: uch tosh manzil. Gaz: besh gaz chit. Keyingi vaqtda iste'moldan chiqqan so`zlar o`rniga rus tilidan hisob so`zlari kirib keldi: Gektar: uch gektar yer. Sotix: ikki sotix joy. Metr: besh metr gazmol. Minut: ikki minut dam. O`zbek tilida numerativ so`zlar qo`llanishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan so`zlar: dona, nusxa bosh, tup, nafar. 2. Butunning, guruhning yoki to`daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so`zlar: burda, parcha, varaq, og`iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, tomchi va h.k. 3. To`dalab, guruhlab, ko`rsatuvchi hisob so`zlar: gala, to`p, guruh, to`da, dasta, bog`, quchoq, shoda va h.k. 4. Juft predmetlar hisobini ko`rsatuvchi so`zlar: juft. 5. Og`irlikni o`lchash uchun ishlatiladigan hisob so`zlar: gramm, litr, pud, tonna, qoshiq, piyola. 6. Uzunlik o`lchovi uchun: metr, quloch, qarich, qadam va h.q. 7. Vaqt o`lchovi uchun: kun, yil, oy, hafta, soat, minut va h.k. 8. Qiymat (pul) hisobi uchun: so`m, tiyin, tanga va boshqalar. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling